.bat fayllar haqida
.bat fayllar – oddiy tekst fayl bo‘lib .bat yoki ba’zida .cmd kengaytma (“rasshireniya”)siga ega bo‘ladi. .bat fayllarda cmd-konsolda ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyruqlar yoziladi. cmd konsolda ishlatish mumkin bo‘lgan har qanday buyruq dasturni .bat faylida ham ishlatish mumkin. .bat fayllardan asosan ma’lum ishlarni avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. .bat fayllar bilan har qanday tekst redaktori yordamida ishlash mumkin (masalan bloknot dasturi yordamida).
echo buyrug‘i
Konsolda echo > 1.bat
deb buyruq bersak, yangi 1.bat fayli tuziladi. Bu faylni bloknot yordamida ko‘rish uchun: notepad.txt 1.bat
deb buyruq beramiz. Ya’ni, bloknot dasturiga argument sifatida 1.bat faylini nomini berib yuboramiz.
Shunda bloknot dasturi 1.bat faylini ochib beradi. Ko‘rib turganimizdek echo buyrug‘i 1.bat fayli ichiga ECHO is on degan tekstni yozib qo‘yibdi. Uni o‘chirib tashlaymiz va quyidagi tekstni yozamiz:
echo assalomu aleykum @echo valekum assalom @rem echo assalomu aleykum 2 @echo =============================================
1.bat faylini ishlatib yuborish uchun konsolda 1.bat
deb yozamiz. Konsoldagi natija:
Keling, 1.bat faylga yozilgan tekstni o‘rganamiz. Birinchi qatorda echo assalomu aleykum deb yozilgan. echo buyrug‘i unga berilgan tekstni konsolga chiqarish uchun ishlatiladi. Ammo, shu bilan birga buyruqni o‘zi ham konsolga chiqariladi. Ya’ni, avval buyruqni o‘zi echo assalomu aleykum konsolga chiqariladi. Keyin esa buyruq bajariladi va konsolga assalomu aleykum keyingi qatordan yana chiqariladi. Har qanday buyruq avvaliga @ (kuchukcha belgisi) qo‘yilsa, faqatgina buyruqni natijasi konsolga chiqariladi, buyruqni o‘zi konsolga chiqarilmaydi. Shuning uchun ham ikkinchi qatordagi @echo valekum assalom buyrug‘ida konsolga faqatgina valekum assalom teksti chiqarildi, ya’ni echo buyrug‘ini natijasi. Uchinchi qator esa umuman ishlamadi. Sababi, rem buyrug‘i qatorni sharxlashni bildiradi. Ya’ni, qaysi kod avvalida rem buyrug‘i bo‘lsa, u qator sharh (kommentariy) hisoblanadi shuning uchun u bajarilmaydi.
To‘rtinchi qatorning xam avvalida @ bo‘lgani uchun konsolga buyruqni o‘zi chiqarilmasdan balki buyruqni ishlash natijasi chiqarildi.
https://t.me/CMD_UZ - Ushbu link orqali telegram kanalimizga a'zo bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!