November 4

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Mega Planet» savdo majmuasi yaqinida joylashgan avtobus bekatining holati aks etgan videolavha tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ushbu avtobus bekatida qurilish-montaj va unga tutash hududni obodonlashtirish ishlari hali to‘liq yakunlanmagan. Shu bois, videolavhada aks etgan holat obyektning qurilish jarayonidagi ko‘rinishi bo‘lib, uning yakuniy holatini ifodalamaydi.

Hozirda bekat va unga tutash hududni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Yaqin vaqt ichida qolgan barcha ishlarni yakunlash, qurilish materiallari va chiqindilarini olib chiqish, bekat atrofini tartibga keltirish hamda yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘laklarini ta’minlash rejalashtirilgan.

Belgilangan ishlar yakunlangach, bekat jamoat transporti yo‘lovchilari uchun xavfsizlik, qulaylik va barcha toifadagi fuqarolar uchun foydalanish imkoniyati talablariga muvofiq holatga keltiriladi.

Qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolarimizdan uzr so‘raymiz.

Bizning ustuvor vazifamiz — rejalashtirilgan barcha ishlarni sifatli yakunlash hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay bekat infratuzilmasini yaratishdan iborat.