C
@coddtashkent
1 post

Toshkentda bekat majmualarini yangilash loyihasi bo‘yicha tushuntirish ishlari davom etmoqda

Toshkent shahar hokimligining Vaziyatlar markazida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyatiga Yo‘l harakatini tashkil etish markazi faoliyati, yo‘l harakatini takomillashtirish loyihalari, ko‘chalardagi vaziyatni monitoring qilish tizimi, shuningdek, poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi.