MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan "Водители Ташкента" Telegram kanalida yoritilgan (https://t.me/vtchannel/74388) Toshkent shahridagi yangi avtobus bekatlaridan birining holati va yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan bildirilgan tanqidiy fikrlar e’tiborimizdan chetda qolmadi.
Avvalo, ushbu masalaga befarq bo‘lmagani va mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratgani uchun videomaterial muallifiga minnatdorlik bildiramiz.
Bildirilgan e’tirozlarni eshitdik va inobatga oldik. Videoda ko‘rsatilgan holatlar mas’ullar bilan birgalikda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Biz uchun eng muhimi — bekatlarning nafaqat zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi, balki yo‘lovchilar uchun haqiqatan ham qulay, xavfsiz va foydalanishga mos bo‘lishidir.
Aholining fikri va asosli tanqidlari biz uchun muhim. Bunday murojaatlar mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va amalga oshirilayotgan ishlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.