November 4

MUNOSABAT

Toshkent shahrining Sariko‘l ko‘chasida, Temiryo‘l poliklinikasi yaqinidagi avtobus bekatida bordyur balandligi sababli keksa yoshdagi fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar yuzasidan bildirilgan murojaat e’tiborimizga olindi. (https://t.me/tashkentpeshkom/1890)

Murojaatingizni eshitdik va unda ko‘tarilgan masalani inobatga oldik.

Mazkur bekatda yo‘lovchilarning, ayniqsa, keksa yoshdagi fuqarolar va harakatlanishi cheklangan shaxslarning avtobuslarga xavfsiz va qulay chiqib-tushishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib boriladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi