November 4

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/mrdoppi/49961) Toshkent shahridagi yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan o‘zgarishlar yuzasidan tarqalgan videomaterialga munosabat bildiramiz.

Mazkur hududda harakatni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan yechim, avvalo, yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, transport oqimini tartibga solish hamda tirbandliklarni kamaytirish maqsadida amalga oshirilgan.

Ushbu yechimdan ko‘zlangan asosiy maqsad — avtomobillarning harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish, transport oqimidagi ortiqcha to‘xtalish va kechikishlarni kamaytirish, shuningdek, yo‘lning mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlashdir.

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohaza va e’tirozlar ham e’tiborimizdan chetda qolmaydi. Mazkur hududdagi harakat holati kuzatib boriladi hamda zarurat yuzaga kelganda, transport va piyodalar harakati qulayligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha yechimlar ko‘rib chiqiladi.

Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazining asosiy maqsadi — shaharda xavfsiz, qulay va uzluksiz harakatni ta’minlash, tirbandliklarni kamaytirish hamda yo‘l infratuzilmasi samaradorligini oshirishdir.

Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi