Baʼzida hammasi koʻringanidan oson...
Oddiy odamlar nima haqida koʻproq qaygʻurishadi?
Menimcha, ular koʻp narsalarga boshqalari qatori qaygʻurishadi. Nisbatan muhimroq rejalar bir necha yilda paydo boʻladi, baʼzilari esa kamroq muddatda: masalan, toʻy. Toʻyga odamlar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab 1-3 yillab qaygʻurishadi. Bunda, kelin topishga nisbatan kam vaqt ajratiladi. Lekin qiz tarafda doim tayyorgarlik boʻlishi kerak. Shuning uchun ham sarpa yigʻishsa kerak. Bular qandaydir hodisaga tayyorgarlik koʻrishdek gap. Lekin hamma baxtli turmush uchun harakat qiladi, deb oʻylayman.
Oddiy odamlarni kundalik ehtiyojlar koʻpam tashvishga solmaydi emas. Ular doim yaxshiroq kundan umidvor(men ham ular kabi). Shuning uchun ularda katta orzular yoʻq deb oʻylash xatodir, balki. Axir kundalik tashvishlarni hal qilishga qurbi yetmayotgan odamning holatini tasavvur qilish qiyin emas-ku. Demak, oddiy odamlarni kundalik tashvishlar hamma narsadan koʻproq bezovta qiladi.
Yillar tez oʻtgandek: eslayman 2013-yilni. Birinchi marta toqqa koʻchib borganimiz-u, toʻlada tunaganimiz. U paytlar buloqda suv koʻp, yer serhosil edi. 40 kg ogʻirlikdagi oshqovoq koʻrganmisiz? Bizdan bundaylari bor edi. Hattoki, sariq arilar hali biz uchun yangi hasharot edi. Har yer haydalganidan sopol idishlarning parchalari-yu, suyaklar chiqardi. Aytishlaricha, bu tepalikda bangilar* yashagan. Ularning qabristoni ham shu yerda boʻlgan. Sal narida joylashgan urugʻimizning qishlogʻida otamizning (otamning otasi) bogʻi boʻlganmisiz. Kambagʻallik, yetishmovchilik sabab otamiz juda sipo, begʻubor, beozor boʻlgan deyishadi. U kishini eshonlar tarbiyasiga olib, qoʻylarini boqishga topshirgan ekan. Mol-qoʻy, yilqi qilgan otam tilla toʻlagan ekan. Keyin esa uni qishloqning eng tepasiga, buloqboshiga, faqat oʻzi biladigan joyga koʻmgan ekan. Hech kim topmagan buni. Lekin sovet tuzumi, kolxozlashtirish otamni koʻlga, paxta dalasiga olib ketgan. Keyin otam dunyoga kelgan. Qoni qaynoq, baquvvat, gavdali odam. Armiyadan kelib, koʻl kengaygani sabab 60-yillar oxirida uyimizni qurishgan ekan. Avvaliga traktor haydab keyin esa kassir boʻlgan. Shu orada kamaz haydab dunyo kezgan. Axir dunyo shu 15 ta qardoshlar boʻlganda. 70-yillar boshida beozor otamiz dunyodan oʻtgan. Uning soʻngi gapi "Lapas boshqa ichma." boʻlgan ekan. Shu-shu otam boshqa ichmagan. Koʻp pul yiqqan otam farzandlarini oʻqitgan. Lekin hammasini emas, 5 tasini(6tadan). 3 ta oliy, 2 ta oʻrta.
Ularni hikoyasini bir necha yil yozsam ham boʻladi. Lekin menga bular ham, hozir menda ham oson tuyuladi. Shunchaki qattiq mehnat bilan hayotda, boshqalar koʻzida nimagadir erishish mumkindek. Men toʻxtalmoqchi boʻlganim, otamning opa-singillari va xotin-qizlariga boʻlgan munosabati. Ikki xillik. Men oʻylayman, agar otam ularga bir xil munosabat qilganida hammasi boshqacha boʻlardi.
Oʻylashingiz mumkin doim erkaklarga qiyin boʻlgan deb. Bu rost. Lekin ayollar ham qarab turmagan. Ulardan soʻz soʻralmaganidan keyin qarorlarimizning oqibatida ularni sherik qilmasak-da, bu bilan ularning salohiyati, muhabbatidan oʻzimizni soqit qilmadikmikin? Bularni oʻzgartirish qiyin emasdek. Bir qaraganda hammasi qiyin: ming asrlik qarashlar buzilishi kerak lekin oʻz oʻrniga ega ayollar bilan aksi. Istardimki, oʻtmishimizda ayollar uchun joy ajratilsin. Ularda ham salohiyat, kuch bor. Hech boʻlmaganda, nimagadir erish olmasak hamsuhbatimiz boʻlishadi-da.