CREO UZBEK dan marketing haqidagi Top 10 TG kanallar
CREO UZBEK kanali siz uchun O‘zbekistonda marketing, brending va reklamaga bag‘ishlangan eng zo‘r kanallar ro‘yxatini tayyorladi.
Tadqiqot doirasida biz 1,5 mingga yaqin kanallarni o‘rganib chiqib, ulardan faqat marketing, brending va reklama sohasiga oid yuzga yaqin kanallarni ajratib oldik. Ulardan Top 10 tasiga faqat sifatli kontent beradigan eng zo‘r, saralangan manbalar kirdi.
Tadqiqot olib borishda qaysi mezonlarga asoslandik?
Ro‘yxatni tayyorlashda biz o‘z saralash mezonlarimizni ishlab chiqdik:
• Yuqori ERR (o‘qish darajasi) va ER (jalb qilish darajasi) kanal sifatini namoyon etadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri. Minimal chegara: 30%.
• Faoliyat muddati. Kamida 1 yil. Agarda kanal anchadan beri faoliyat ko‘rsatsa, bu uning barqarorligini bildiradi.
• Postlarni tez-tez joylashtirilishi. Kanal hozirgi kungacha kontentlarni doimiy ravishda joylashtirishi biz uchun muhim.
• Ochiq kanallar. Hamma ko‘ra oladi.
• Sof obunachilar. Kanalda haqiqiy, real auditoriyaning mavjudligi.
Shu tufayli biz dastlabki tanlov o‘tkazib, keyingi bosqichda chuqur kontent tahlil olib bordik. Natijada marketing to‘g‘risida eng zo‘r TG kanallar ro‘yxatini tuzdik.
Qaysi TG kanallar Top 10 talikka kirdi?
Keling har biri bilan batafsil tanishamiz:
1. Kreativ reklamalar | Marketing - https://t.me/Kreativ_Reklamalar
Mazkur kanal marketing va reklama dunyosiga oid juda boy kontentga ega. Bu yerda siz xorijiy va mahalliy tajriba haqida yuzlab qiziqarli va kreativ reklamalarni topa olasiz. Tezkorlik bilan so‘nggi va e’tiborga sazovor reklama keyslari bilan tanishmoqchimiz? Unda ushbu kanalga obuna bo‘lishingiz kerak.
2. Marketing bo'limi - https://t.me/marketingbolimi
605 agency agentligining asoschisi Otabek Sharapovning TG kanali. Mazkur kanal sizni barcha jihatdan qoniqtirishi mumkin: marketing haqidagi nazariy bilimlar, yana chet el va O‘zbekistondagi marketing va reklama bozorining tajribasidan olingan real keyslar haqida gap ketadi. Kanalda jamiyat, ekologiya, sport haqida dolzarb masalalar ham yoritilmoqda. Doimiy ravishda marketing sohasida faoliyat olib borayotgan top mutaxassislar bilan intervyularning tizerlari chop etiladi.
3. Uchadi Uxladi - https://t.me/UchadiUxladi
FCB Artgroup xalqaro kreativ agentligi Shoxrux Nizamutdinovning TG kanali. O‘z yorqin va ko‘zga tashlanadigan tashqi dizayniga ega bo‘lib, boshqalardan farq qiladigan ma’lumotni taqdim etmoqda. Nazariya an’anaviy matn ko‘rinishida emas, infografika va qiziqarli misollar bilan boyitilgan video formatida taqdim qilinadi. Taniqli biznesmen va ekspertlar bilan tizerlar joylashtiriladi. Brending, digital reklama, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt sohalariga oid trendlardan xabardor.
4. Пятницкий маркетинг - https://t.me/fridaymark
ALPHA education o‘quv markazi va We Digital asoschilaridan biri bo‘lgan Alisher Djumaniyazov TG kanali. Mazkur kanalda yangi mahsulotlar, taniqli mahalliy brendlarning faoliyat natijalari va rejalari to‘g‘risida “birinchi qo‘ldan” qiziqarli va eksklyuziv ma’lumot olasiz, bozordagi asosiy trendlarni o‘rganasiz.
5. Digital Drum - https://t.me/digitaldrum
O‘zbekistondagi digital marketing (raqamli marketing) haqida eng zo‘r kanallardan biri. Kanalni MCA Advertising (mca.agency) media agentligi digital departament rahbari Andrey Barabanshikov olib boradi. O‘z kanalida Andrey digital marketingning asoslarini qisqa va lo‘nda tushuntiradi, bozordagi so‘nggi yangilik va trendlarni yoritadi, qiziqarli reklama va marketing keyslari haqida ekspert sifatida fikr bildiradi. Kanalda yoritilgan eng qiziqarli keyslardan biri uning o‘z shaxsiy restoran biznesi haqida bo‘ldi.
6. Farkhod Kamilov - https://t.me/farhodkamilov_uz
“InMarketing” digital agentligi va Futurum onlayn platformasi rahbari Farxhod Kamilovning TG kanali. Mazkur kanalda Farxod o‘z shaxsiy va professional tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, u va jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan qiziqarli loyihalar haqida so‘zlab beradi. Bugungi kunda Farxod ikkita tilda – rus va o‘zbek tillarida kanallar olib boradi. Qiziqarlisi, ikkinchi kanali ancha vaqt o‘tganidan keyin paydo bo‘lib, hozirgi kunda qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha rus tilida olib borilayotgan kanallarni ortda qoldirdi.
7. ЩА ВСЕ БУДЕТ - https://t.me/vsebudethorosho
“ВСЕ БУДЕТ” marketing agentligi rahbari Vitaliy Xalzunov TG kanali. O‘z kanalida Vitaliy biznes va jamiyatda marketing, brending va PR haqida qayd qiladi, xorijiy va mahalliy marketing va reklama bozoriga oid keyslarni ko‘rib chiqadi.
8. Golden Minds - https://t.me/GoldenMinds_agency
Taniqli marketing agentligining kanali. Bu yerda kompaniya keyslaridan tashqari marketing, brending, reklama va ijtimoiy tarmoqlar to‘g‘risida dolzarb ma’lumotlar ham bor. Puxta o‘ylangan dizaynga ega, me’yor bilan kontent beriladi. Mazkur kanal nafaqat foydali kontent manbayi, balki har bir tadbirkor uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z imijini ko‘tarishda va mahsulotlarni sotishda namuna bo‘la oladi.
9. ABLOGUZ - https://t.me/abloguz
Marketing va brendingga bag‘ishlangan kanal. Dizaynga katta urg‘u bergan. Doimiy ravishda marketing, brending, reklama to‘g‘risida foydali ma’lumotlar joylashtiriladi, bozordagi trendlar tezkorlik bilan yoritiladi.
10. Marketologiya | Marketing eng oson tilda - https://t.me/marketing_ensiklopediyasi
O‘zini marketing sohasi haqida ensiklopedik kanal deb ko‘rsatadi. Mazkur kanal sizga marketing, biznes, brending, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt haqida asosiy bilimlarga ega bo‘lish uchun foydali manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Yuqoridagi ro‘yxatdan o‘rin olgan kanallarni kuzatasizmi? Yana qaysilarni tavsiya qilish mumkin? O‘z fikrlaringizni bizning chatbotimizda (@creo_uzbekbot) qoldirishingiz mumkin.
Bizning Telegram kanalimizga va Instagram sahifamizga a’zo bo‘ling. CREO UZBEK sizlarni O‘zbekistonda marketing, brending, reklama va PR haqida noyob ma’lumotlar bilan ta’minlab turadi.
Telegram: https://t.me/creo_uzbek
Instagram: instagram.com/creo_uzbek