
12-13-oktabr kunlari poytaxtimizda an’anaviy ravishda VI Toshkent reklama festivali TAF! 2024 bo‘lib o‘tadi. Bugun, 4-oktabr kuni, TAF! 2024 hakamlar hay'ati tomonidan tanlovga topshirilgan saralangan ishlar ro‘yxati – short-listi e’lon qilindi. 16 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 91 ta keys nominatsiyaga qo‘yilgan.

Hamkorbank yaqinda keng omma orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan yangi logotipini taqdim etdi. Fursatdan foydalanib, biz jamoatchilik xotirasida iz qoldirgan boshqa brendlarni ham esladik.

2024-yilgi Red Jolbors Festivali ijodiy sanoatdagi eng muhim voqealardan biri bo‘lib, mintaqadagi eng yaxshi reklama va kommunikatsiya loyihalarini taqdim etish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda Toshkent shahrida ICT WEEK 2024 haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, unda 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etmoqda. Hafta doirasida turli tadbirlar o‘tkazilishi va nufuzli ekspertlarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

CREO UZBEK kanali siz uchun O‘zbekistonda marketing, brending va reklamaga bag‘ishlangan eng zo‘r kanallar ro‘yxatini tayyorladi.