50 turdagi bepul davlat xizmatlari
1.Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish;
2.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish;
3.Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish;
4.Umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat nostrifikatsiyasi;
5.Ayrim shaxslarga subsidiyalar toʻlash;
6.Soliq toʻlovchinining soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzi yoʻqligi (borligi) haqida maʼlumotnoma;
7.Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
8.Turar joy maydoni boʻyicha maʼlumotnoma;
9.Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish;
10.Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish;
11.Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish boʻyicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish;
12.Fuqaro pensiya oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma;
13.Pensiya miqdori haqida maʼlumotnoma;
14.Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga va odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqani tayinlash;
15.Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir nafaqani tayinlash;
16.Bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga yoshga doir nafaqani tayinlash;
17.Yoshidan qatʼi nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlash;
18.Davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlash;
19.Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish;
20.Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish;
21.Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;
22.Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish;
23.Fuqaroni pensiya tizimida hisobga qoʻyish;
24.Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestridan tadbirkorlik subyektining oʻzi toʻgʻrisida koʻchirma;
25.Oʻz xohishi bilan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini toʻxtatib turish;
26.Yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish;
27.Yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish;
28.Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
29.Tadbirkorlik subyektlarini tugatish;
30.Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish;
31.Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish;
32.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlari bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish;
33.“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish;
34.Elektr taʼminoti loyihasini kelishish;
35.Elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun dalolatnoma berish;
36.Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish;
37.Elektr hisoblagichini oʻrnatish;
38.Gaz taʼminoti shartnomasini tuzish;
39.Gaz taʼminoti loyihasini kelishish;
40.Gaz tizimini plombalash va shartnoma tuzish;
41.Tabiiy gaz hisoblagichini oʻrnatish;
42.Tabiiy gaz hisoblagichini yechish;
43.Issiq suv hisoblagichini oʻrnatish;
44.Issiq suv hisoblagichini yechish;
45.Issiqlik tizimi ishga tushirishga ruxsatnoma;
46.Issiqlik tizimi plombalash va shartnoma;
47.Ichimlik va oqova suv tizimi loyihasini kelishish;
48.Ichimlik va oqova suv hisoblagichini plombalash va shartnomani tuzish;