“@tezkor_murojaat_bot”ga murojaat – masalaga tezkor yechim
Jalaquduq tumani Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari Rahmatillo Arziyev, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Otabek Bozorov, Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
🔅Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi:
Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan maqsadli koʻrsatgichlarda joriy yil oxirigacha xizmatlar sonini 172 dan 200 taga yetkazish belgilangan edi. Bugungi sanaga, kelib koʻrsatgichlarni 147 foizga bajarishga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy boʻlmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning haqiqiy...
Qoraqalpogʻiston Respublikasining yana bir hududi Taxiatosh tumanida takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega yangi va zamonaviy imorat qad koʻtardi. Bino tuman markaziy koʻchalarining biri hisoblangan Mustaqillik koʻchasida joylashgan. Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari endi markazga keluvchi tumanning 74 mingdan ziyod aholisiga keng va ixcham, barcha qulay shart-sharoitlar ega boʻlgan joyda xizmat koʻrsatadi.
Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar namoyishi ICTWEEK 2022 oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirning “Raqamli hukumat siyosatining asoslari” seminarida Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Юридик шахслар бирлашмалари жамиятимиз ривожида муҳим ўрин тутади, айрим юридик шахслар бирлашмалари томонидан бошқа тадбиркорлик субъектларига маълум бир фаолият билан шуғулланиши учун рухсат берувчи ҳужжатлар расмийлаштириб берилади.
Yuridik shaxslar birlashmalari jamiyatimiz rivojida muhim oʻrin tutadi, ayrim yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan boshqa tadbirkorlik subyektlariga maʼlum bir faoliyat bilan shugʻullanishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirib beriladi.