Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati:
I. Avtomototransport vositasini bir turdan boshqa turga o‘zgartirish:
yengil turdan furgon turiga;yengil turdan pikap turiga (kuzovini almashtirish sharti bilan);
yengil turdan yuk turiga (bortli, bortli-tentli);yengil turdan maxsus turga;yengil turdan refrejirator turiga;
mikroavtobus turdan yuk-furgon turiga;mikroavtobus turidan yuk-bortli turga;
mikroavtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;mikroavtobus turidan yuk-yo‘lovchi turiga;
mikroavtobus turidan maxsus turga;avtobus turidan yuk-furgon turiga;avtobus turidan yuk-bortli turga;
avtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;
avtobus turidan yuk-yo‘lovchi turiga;avtobus turidan maxsus turga;
yuk-bortli turdan maxsus turga;
yuk-bortli turdan o‘zi ag‘daruvchi turga;yuk-bortli turdan yuk-furgon turiga;
yuk-bortli turdan yuk-bortli-tentli turga;
yuk-bortli turdan refrejirator turiga;
maxsus turdan yuk-bortli turga;
maxsus turdan o‘zi ag‘daruvchi turga;
maxsus turdan yuk-furgon turiga;
maxsus turdan yuk-bortli-tentli turga;
maxsus turdan refrejirator turiga;
o‘zi ag‘daruvchi turdan maxsus turga;o‘zi ag‘daruvchi turdan yuk-bortli turga;
o‘zi ag‘daruvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;
o‘zi ag‘daruvchi turdan yuk-furgon turiga;
o‘zi ag‘daruvchi turdan refrejirator turiga;
o‘tirma tortuvchi turdan o‘zi ag‘daruvchi turga;
o‘tirma tortuvchi turdan yuk-bortli turga;
o‘tirma tortuvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;
o‘tirma tortuvchi tudan maxsus turga;
o‘tirma tortuvchi turdan refrejirator turiga;
refrejirator turidan maxsus turga;
refrejirator turidan o‘zi ag‘daruvchi turga;
refrejirator turidan yuk-furgon turiga;
refrejirator turidan yuk-bortli-tentli turga;
refrejirator turidan yuk-bortli turga;
beton qorgich turidan yuk-bortli turga;
beton qorgich turidan yuk-bortli-tentli turiga;
beton qorgich turidan yuk-furgon turiga;
beton qorgich turidan o‘tirma tortuvchi turga;
beton qorgich turidan refrejirator turiga.
II. Avtomototransport vositasining kuzovi hamda detallarini o‘zgartirish:
yukxonaning (bortning) gabarit o‘lchamlarini o‘zgartirish (ko‘tarish, uzaytirish);
yukxona eshiklarining ikki yonga vertikal ochilishiga ruxsat berish;chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar kuzovini almashtirish;
avtotransport vositalarining tashqi ko‘rinishiga (kuzov) o‘zgartirish(lar) kiritish (masalan, “Captiva-3” rusumli avtomobilni “Captiva-4” rusumiga);
avtotransport vositasining dvigatelini o‘zgartirish;yarim tirkamani tirkamaga o‘zgartirish;qo‘shimcha yoqilg‘i sig‘imi (bak) o‘rnatish;
qo‘shimcha o‘rindiq o‘rnatish yoki kamaytirish (olib tashlash);
avtotransport vositasiga ishlab chiqargan korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya o‘rnatish;
ehtiyot (zaxira) g‘ildiragini belgilanmagan joyda (orqa eshikka) o‘rnatish;avtotransport vositasining konstruksiyasini o‘zgartirishga olib kelmaydigan yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
maxsus transport vositalariga yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslamalar o‘rnatish;
avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini o‘rnatish.
Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.