Kristinaning tugʻilganligi oradan 10 yil oʻtib qayd etildi
Bugun har bir soha va tarmoqda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar hal etilib, ularning murojaatlari tez fursatlarda koʻrib chiqilmoqda.
Buloqboshi tumanida yashovchi Oksana Razzoqova mana bir necha yildirki, fuqarolik pasporti yoʻqligi uchun turli qiyinchiliklarga duch keladi. Shunday boʻlsada turmush oʻrtogʻi Nikolay hamda qizi Kristina bilan baxtli hayot kechirib kelmoqda. Er-xotinning shaxsiy hujjatlari boʻlmaganligi sababli 2012-yilda tugʻilgan Kristinaning tugʻilganligini qayd etish imkoni boʻlmagan. Oradan yillar oʻtib, nafaqat oʻzining farzandining ham hujjatlarini toʻgʻrilashga kirishdi. U dastlab, tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga murojaat qildi. Mazkur murojaat batafsil oʻrganilib, fuqaroning farzandlariga tugʻilganlik guvohnomasi rasmiylashtirishga kirishildi.
“Oʻzim Rossiyaning Novosibirsk shahrida tugʻilganman, biroq bolalagim shu yerda oʻtgan. Ayni paytda oilam bilan Buloqboshi tumanida yashab kelamiz. Ayrim sabablarga koʻra, hujjatlarimiz boʻlmaganligi bois farzandimni dunyoga keltirgach uning tugʻilganligini qayd etolmaganmiz. Oʻtgan yilning oxirida hujjatlarni qayta tiklab, Fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olishga muvaffaq boʻldim. Soʻngra tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qildim. Ularning yordam bilan mana bugun qizimga tugʻilgan haqida guvohnoma topshirildi. Endi u ham boshqa bolalar kabi sentyabrdan maktabga borib oʻqiydi. Quvonarlisi dekabr oyida farzandli boʻlaman. Endi bunday eʼtiborsizlik qilmaymiz”,- deydi Kristinaning onasi Oksana Razzaqova.
Kuni kecha Buloqboshi tuman adliya boʻlimi FHDYO boʻlimi tomonidan tugʻilganligi qayd qilingan Kristina Razzoqovaga tugʻilganlik haqida guvohnomani tantanali ravishda topshirdi.