🔊Joriy yilning 4 iyul kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida AQSH fuqarolari Marshall Maer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo'lib o'tdi. Ularning nikohi Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan tantanali qayd etildi.
Bugungi kunda adliya tizimida bir qator islohotlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, FHDY sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ana shu islohotlar samarasidir. Masalan, xizmat ko'rsatish tizimining soddalashtirilgani - birgina eksterritorial tamoyili, kompozit xizmatlar, FHDYO arxiv hujjatlarining raqamlashuvi fuqarolarga qulaylik tug'dirmoqda. Bu esa mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijliklar uchun ham keng imkoniyatlar ochmoqda.
Yana bir masala, Samarqand nafaqat o'zining boqiy va betakror tarixiy majmualari, balki mazali taomlari bilan ham dunyoga mashhur. Aslini olganda mazkur juftlikni Samarqandda birlashtirgan ham shu. Marshall va Ebru o'zbek milliy taomlarini juda yaxshi ko'rishadi. Buni qarangki, ularning muhabbat tarixi ham o'zbek taomlaridan boshlangan. Qanday deysizmi, kunlarning birida Ebru Marshaldan velosipedda kelishni so'raydi. Ular yo'l bo'ylab suhbatlashishadi va Ebru Marshallni "Brighton - Beach" dagi o'zining sevimli o'zbek restorani hisoblangan "Nargis Café" siga taklif qiladi. Buni qarangki, Marshall ham o'sha o'zbek restoranining muxlisi edi. Eng muhimi, bu o'ziga xos uchrashuv 4 iyul sanasida bo'lib o'tgan. SHu bois ham juftlik hayotidagi ushbu muhim kunni aynan ushbu sana va aynan Samarqandda nishonlashga qaror qilishdi.
So'nggi ikki yil ichida ikkalasi ham yangi istiqbolli ish topishdi. Ular hatto Turkiyada zaytun bog'ini sotib olishdi va shu yilning sentabr oyida to'y qilmoqchi. Bo'lib o'tadigan katta to'yida mehmonlarga o'zlarining zaytun moylarini berishni rejalashtirishgan. To'y marosimining o'tkazilish joyi haqida savol tug'ilganda, yoshlar uzoq vaqt o'ylab o'tirishmadi. Axir, bir necha yil oldin Samarqandda bo'lgan Marshall shahar tarixi va me'morchiligiga oshiq bo'lgan. SHu sabab ham ular Registonni tanlashdi. Ularning nazdida Samarqand abadiylikni aks ettiradigan mo'jizakor joydir.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat