Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining yana bir hududi Taxiatosh tumanida takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega yangi va zamonaviy imorat qad koʻtardi. Bino tuman markaziy koʻchalarining biri hisoblangan Mustaqillik koʻchasida joylashgan. Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari endi markazga keluvchi tumanning 74 mingdan ziyod aholisiga keng va ixcham, barcha qulay shart-sharoitlar ega boʻlgan joyda xizmat koʻrsatadi.
Tantanali ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi raisi oʻrinbosari R.Saparbayev, Oʻzbeksan Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari X.Melliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri S.Mambetkadirov, tuman hokimi vazifasini bajaruvchi A.Amanov va adliya boʻlimi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok qilishdi.
Shuni taʼkidlash joiz, inshoot qurilishi zamonaviy shaharsozlik meʼyorlarga mos keladi, fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari uchun keng sharoitlar yaratilishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Markazda elektron navbat tizimi, maʼlumot kioski, oʻz -oʻziga elektron xizmatlar olish burchagi, bolalar maydonchasi va mini kutubxona joylashgan. Shu jumladan, markazga kelgan fuqarolarning erkin davlat xizmatlaridan foydalanishining turli imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirish maqsadida maʼlumotnoma stendlari va koʻrgazmali plakatlar oʻrnatilgan.
Bundan tashqari, davlat xizmatlaridan eksterritorial asosida, yaʼni yashash va roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼiy nazar foydalanishi mumkin. Bu yerda 170 dan oshiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Markaz aholining barcha qatlamlariga, shu asnoda, yosh bolali ayollar, turli toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar va faxriylarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Bu imoratda adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish (FHDY) boʻlimi va Davlat xizmatlari markazining bitta oʻrinda joylashishi hudud aholisiga qulaylik yaratadi.
Inshootning tantanali ochilish marosimida oʻzlarining yangi hayotga qadam qoʻyayotgan yosh oila Taxiatosh tumanida yashovchi Kurbanbayev Mansur Baxtiyarovich va Kenjebayeva Aynur Baxit qizining oilasida ham unutilmas kun boʻldi. Bu yosh oila yangi dargohda ish boshlagan Taxiatosh tumani FHDY boʻlimida oʻzlarining nikohini rasmiylashtirgan birinchi oila boʻlib hisoblanadi.