“Sirli mijoz” – davlat xizmatlarini sifatli rivojlantirishga xizmat qiladi
Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliyavazirliginingasosiy vazifalaridanbiri hisoblanadi.
Bu borada “Sirli mijoz” institutining roli va ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Ushbu institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi PQ–4210-son “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida sohada joriy etilgan.
Shu maqsadda, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil II-choragi davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tarkibidagi korxonalar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish holati “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi asosida oʻrganildi.
Monitoring davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida muddat buzish, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish va boshqa qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi.
Misol uchun, “Sirli mijoz” tomonidan paxta titish sexini elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha Jizzax shahar ETK tomonidan tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda kadastr hujjatlari taqdim qilinishi lozimligi ma’lum qilingan.
Yuqorida qayd etilgan qonun buzilishi holatlarini elektr ta’minoti korxonalari faoliyatida tizimli ravishda kuzatish mumkin.
Bu kabi salbiy holatlar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, vakolatli tashkilotlar tomonidan fuqarolarning arizalarini asossiz ravishda rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlariga takroran murojaat qilishlariga va buning natijasida qo‘shimcha resurslar, shu jumladan elektr energiya sarflanishiga, davlat xizmatlari markazlari xodimlarining boshqa xizmatlarni belgilangan tartibda hal etishga vaqti cheklanishiga, markazlarda navbatlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining bu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rniga salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Mazkur qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish maqsadida Vazirlik tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qonunchilik hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida Taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomaga asosan, qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan 13 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Bu borada Adliya vazirligi nazorat faoliyatini yanada kuchaytirishini va kelgusida bu yo‘nalishda boshqa nazorat tadbirlarini o‘tkazgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik masalasini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.