“Pasportni yoʻqotib qoʻyilganda jarima toʻlanadimi?”
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy boʻlmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning haqiqiy boʻlmagan identifikatsiyalovchi ID-kartasi (Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) bilan, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi, identifikatsiyalovchi ID-kartasini (Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini) qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida (150 000 – 900 000 soʻm) jarima solishga sabab boʻladi.