Qoraqalpog'iston Respublikasida o'n ikkinchi Davlat xizmatlari markazi ishga tushdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-may kungi PQ-3701-son qaroriga asos To'rtkól tumani, “Yangiobod” MFY Nukus ko'chasi bo'yida tuman zaxira yerining 0.2 ga yer maydoni tuman Davlat xizmatlari markazi obektini davlat –hususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun “Mustafa farm” MChJga ajratilgan.
Qoraqalpog'iston Respublikasining chekka hududlarining biri hisoblangan To'rtkól tumanida takrorlanmas me'moriy dizaynga ega yangi va zamonaviy imorat qad ko’tardi. To'rtkól tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari endi markazga keluvchilarga keng va ixcham joyda barcha qulay shart-sharoitlarda xizmat ko'rsatadi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi R.Shamuratov, O'zbeksdan Respublikasi Adliya vazirligi Boshqarma boshlig'i J.Nuritdinov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosarlari M.Abdijaliev va E.Tursunov, adliya bo’limi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok qilishdi.
Shuni ta'kidlash joyz, inshoat qurilishi zamonaviy shaxarsozlik me'yorlarga mos keladi, fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari uchun keng sharoyitlar yaratilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Markazda elektron navbat tizimi, ma'lumot kioski, o'z -o'ziga elektron xizmatlar olish burchagi, bolalar maydonchasi va mini kutubxona joylashgan. Shu jumladan, markazga kelgan fuqarolarning erkin davlat xizmatlaridan foydalanishining turli imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirish maqsadida ma'lumotnoma stendlari va kórgazmali plakatlar o'rnatilgan.
Bundan tashqari, davlat xizmatlaridan ekterritorial asosida, ya'ni yashash va ro'yxatdan o’tgan manzilidan qat'iy nazar foydalanishi mumkin. Bu yerda 170 dan oshiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Markaz aholining barcha qatlamlariga, shu asnoda, yosh bolali ayollar, turli toyfadagi nogironligi bo'lgan shaxslar, yoshlar va faxriylarga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan. Bu imoratda adliya bo’limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish (PHAJ) bo’limi va Davlat xizmatlari markazining bitta o'rinda joylashishi hudud aholisiga qulaylik yaratadi.
Inshootning tantanali ochilish marosimida o'zlarining yangi hayotga qadam qo'yayotgan yosh oila To'rtkól tumanida yashovchi Jumaniyazov Muratbek Maxsudovich va Nuratdinova Dinara Adilbek qizining oilasida ham unutilmas kun bo'ldi. Bu yosh oila yangi dargohda ish boshlagan To'rtkól tumani FHDY bo'limida o'zlarining nikohini rasmiylashtirgan birinchi oila bo'lib hisoblanadi.
Tantanali ochilishga tuman hududida faoliyat yurituvshi hunarmandlar ham o'zlarining kórgazmali mahsulotlari bilan ishtirok qilishdi.