July 19, 2022

2022-yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar haqida

2022-yilning birinchi yarmi davomida jami 231 450 ta tadbirkorlik subyektlari – jismoniy va yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, yangi tashkil etilgan boʻlsa, 64 590 tasi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining 196 016 tasi (84,7 foizi) DXMlar orqali, 35 434 tasi (15,3 foizi) Internet orqali amalga oshirilgan.

Qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarining 54 968 tasi (85,1 foiz) DXM orqali, 9 622 tasi (14,9 foiz) Internet orqali amalga oshirilgan.

Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining 49 907 tasi (21,6 foiz) yuridik shaxs, 181 543 tasi (78,4 foiz) jismoniy shaxs (YATT, yuridik shaxs boʻlmagan, oilaviy tadbirkorlik va dehqon xoʻjaliklari) hisoblanadi.

Shuningdek, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarining 44 867 tasi (59,4 foiz) yuridik shaxslar, 19 723 tasi (30,5 foiz) jismoniy shaxslar hisoblanadi.

2021-yilning mos davri bilan solishtirganda davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 92 798 taga, yaʼni 66,9 foizga, qayta roʻyxatdan oʻtkazilganlar soni 11 769 taga, yaʼni 22,3 foizga oshgan.

Shuningdek, Internet orqali davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni ham oshgan.

Internet orqali davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 211,2 foizga, qayta roʻyxatdan oʻtganlar soni 10 foizga oshgan.

Biroq, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari turlari boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak, barchasida ham bir xil oʻsish qayd etilmagan.

Masalan, joriy yilda oʻtgan yilga nisbatan 8 649 taga (-14,8 foiz) kam yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Oʻsish surʼati asosan jismoniy shaxslar (YATT, yuridik shaxs boʻlmagan, oilaviy tadbirkorlik va dehqon xoʻjaliklari) hisobiga toʻgʻri keladi.

Joriy yilda oʻtgan yilga nisbatan 101 447 ta koʻp (126,6 foiz) jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Shuningdek, 2021-yilga solishtirgan holda, tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllari boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak, joriy yilda 341 ta (-104 ta) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, 7 ta (+3 ta) yuridik shaxs birlashmalari, 2 ta (-1 ta) aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari, 1 ta (+1 ta) uditorlik tashkiloti, 1 ta (-1 ta) lombard, 156 ta (+91 ta) advokatlik tuzilmalari, 49 399 ta (-8 639 ta) alohida maqomga eka boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari yaʼni oddiy MCHJ, AJ, DUK, UK, OK, XKlar hamda 181 543 ta (+101 447 ta) yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari (YATT, yuridik shaxs boʻlmagan, oilaviy tadbirkorlik va dehqon xoʻjaliklari) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Shuningdek, joriy yilda birorta ham bozorlar, soliq maslahatchilari, sugʻurta tashkilotlari, birjalar, investitsiya fondlari, xususiy bandlik agentliklari davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.