April 2

Sayyod

3-qism

Bu soya egasi to ko'ringunga qadar Leylaning hayolidan juda kop narsalar o'tti

Xiyonat. Xiyonat
Xiyonat

Miyasida aylanayotgan ushbu so'z oxir oqibat toxtadi ortdan chqb kelgan erkak sharpasi bu hayolotga chek qo'ydi. Ammo shu biroz vaqt ichida yuragidan o'tgan narsalar va ko'z qinidan chiqgudek bo'lib kattarib ketgani bu narsalarni faqatgina o'zi bilardi. Keyinchalik odam gavdasi kattalashib yuzi ko'ringach qiz yanada hayratta qoldi

Lypov:Bu axir o'sha kungi bolaku. Kimnidir kaltaklagan bola

Ammo bu safar kaltaklangan odamlar ikki kishi edi aniqrog'i ular kaltaklangandan ham ko'ra mushtlashganlarga o'xshar edi

Sg:Leyla sen bugun uyinga o'zing borayver tushunarlimi men senga o'zim ertaga hammasini tushuntiraman

Ly:Ammo

:KET DEYAPMAN

Suga negadir juda asabiy va mana shu asab holatida Leylaga baqirgani qizga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Qiz Sugadan ko'z uzib mag'rurlarcha boshini burib ortga ketti

:Unga nega baqirding bizni iahlarimizda uning aybi yoqku

:Sen umuman aralashma Hyunjin

Ertasiga dars boshlandi Leyla xonaga kirib Sugaga qiyo ham boqmay boshqa bo'sh joy qidirdi. Biroq peshonani sho'ri bilan bo'sh joy deyarli yoq bitta qolgan bo'sha parta ham Suganing shundoq yonida joylashgandi.

Lypov:Ayshsh atayin qilyapsilarmi. Mayli shuni bilan birga o'tirmasam bo'lgani

Leyla Suganing yonidagi partaga borib joylashdi Suga unga qarab turarkan u o'z joyini o'zgartirganiga u qadar ahamiyat qaratmadi. Xuddiki u kutgan ish bo'lganidek edi

Xonaga direkto o'rin bosari kirib keldi hamma turib salom bergach u jilmaygancha gap boshladi

:Aziz o'quvchilar orangizda ko'pchiligingizga juda yaxshi tanish bo'lgan bir o'qtuvchini yana ishga qaytgani haqida sizlarga ma'lum qilmoqchiman. Marhamat kirishingiz mumkin Janob Lee Doyon

Xonaga ancha yoshi taxminan qirqlar chamasidagi erkak kirib keldi biroq u kirishi bilan xonada g'alati tovushlar xayratlanish va g'azab uyg'unligidagi yuz ifodalari paydo bo'ldi

Leyla sekin yonida o'tirgan sonfdoshi va yangi partadoshi bo'lgan Jungkookga nigohini qaratdi u qandaydir g'alati va tushunarsz ko'z qarash bilan yangi aniqrog'i Leyla uchun yangi bo'lgan ustozga qaradi

So'ng Leyla ko'zini Suga tomon yugurtirdi Suganing bunday g'azabdan qizarib ketgan ko'zlarini ilk bor ko'rishi edi. Uning qo'li qaltirar buni sezdirmaslik uchun Suga ikkala qo'lini birlashtirdi biroq bir on ham o'qtuvchidan ko'z uzmadi

Leyla boshqa bolalarga ham bir bir nigoh tashlarkan yangilar uchun bu hech qanday muhim o'rin tutmagan o'zgarish edi biroq eski o'quvchilar uchun juda g'alati ta'sir o'tkazayotgan edi bu o'zgarish

JL:Xayerli kun o'quvchilar

O'qtuvchi nim tabassum bilan bosh irg'ib salomlashgach bazi o'quvchilar ham unga javob qaytarib bosh irg'ib qo'yishdi.

:Yaxshi qolinglar

Director o'rinbosari shunday deb jilmaygancha xonadan chiqarkan Suga ham hech kimning ruxsatisz o'rnidan turib o'rinbosar ortidan chiqib ketti. Janob Lee unga qiyo ham boqmay darsni boshlab yubordi. Bir necha daqiqadan so'ng Suganing baland hayqirig'i va ortidan devorga urulgan musht tovushi eshitilgach biroz vaqt o'tib qo'li qonagancha Suga xonaga kirdi

Joyiga borib o'tirarkan Janob Leega shunaqangi qaradiki go'yo nigoxlari bilan uni yoq qiladigandek edi

Leylada qandaydir qo'rquv tuyg'usini uyg'otayotgan bunday muhit uni tobora bug'ayotgandek edi. Dars tugashini bildiruvchi qo'ng'iroq Leyla uchun farishtalarning ohangrabo qo'ng'iroqchalarini eslatib yuborgandek edi. Tanasafus bo'lishi bilan birinchilardan bo'lib xonadan chiqib ketgan Sugani ko'rgan Leyla uning ortidan bordi.

Suga aynan Leyla kutgan joyga yani 2-qavatning zina yonidagi xonaga kirib ketti Leyla biroz chetga o'tib nima bo'lishini kutib xona eshigini poylarkan xonaga yana o'sha kechagi bola kirdi

Lypov:Ayshsh ular nima qilishyapti ekana u xonada

Leyla zina eshigini ushlagancha boshini zal tomon egab asta poylab o'tirarkan ortidan kelgan odamni ko'rmay birdan qaddini roatlaganda ortidagi bolaning to'g'ri boshiga boshi bilan zarba berdi. Leyla boshini ushlagancha ortga qaradi

:Ayshsh jin ursin se...

Leyla ortidagi Jungkook ekanini ko'rib xayron qoldi Jungkook boshini ortga tashlagancha qo'li bilan burnini qisib turardi

:Ortimda nima qilayotganding

Ular maktab hovlisida o'tirib Jungkookning burniga malham surisharkan

:Birinchi qavat xojatxonasi yopiq ekan ikkiga chiqgandim seni ko'rib qoldim. Axxx boshingni o'rnida tosh ko'tarib yuribsanmi boshim ham og'riyapti

:Senga kim aytti ortimda tursin deb battar bo'l

Qiz jerkib berdi

:Sen o'zing nega zina yonida enkayib o'tiribsan ko'rgan bollar qanaqa hayollarga borishdi ekana

:Qanaqa hayolga boribdi

Leyla o'ylamay gapirib yuborganini kech angladi va birdan o'zini holatini tasavur qilib ko'rdi zina yonida qaysidr qiz enkaygancha zinaga ortini qilib o'tiribdi. Shu vaqt qiz o'zini mushtladi

:Jinniman ayshsh

Jungkook kulib yubordi

:Bo'ldi

Leyla yana bir o'zini urmoqchi bo'lganda Jk uni qo'lini tutib qoldi

:Darsga chiqishimz kerak bir daqiqadan keyin qo'ng'iroq chalinadi

Leyla bir Jkga bir uning qo'llarini tutib turgan qo'lga qararkan Jk birdan qo'lini tortib oldi

Dars tugab hamma uyiga qaytarkan Leyla yakka o'zi maktab darvozalari tomon borardi. Shu vaqt ortdan kelgan ovoz uni toxtashga majbur qildi

:LEYLAAAA

Leyla ortga qaramadi biroq ketib ham qolmadi. Shu vaqt hansiragancha orqadan Suga yugurib keldi

:Ayshshsh

Suga ikki qo'li bilan tizzasini mahkam siqqancha nafas rostlarkan gapi uzuq yuluq chiqa boshladi

:Men..Men seni ha..hamma yoq..dan qi..diribman. Uxxx

Suga uzoq uxx tortgach biroz o'ziga kelib qaddini rostladi

:Qayoqqa ketyapsan meni kutmasdan

:Nega seni kutishim kerak menga yaqinlashma

:O'zing ketmoqchimisan

:Yoq sherigim bor

Leyla nega bunday qilganini o'zi ham bilmay qoldi balki Suganing oldida o'zini mart ko'rsatib sensiz ham keta olaman demoqchi bo'lgandir

:Ho'sh kim ekan o'sha ko'rinmas sheriging

Suga shunday deb Leylaning yon atrofiga yolg'ondakam kimnidir qidirgandek bo'lib nazar tashlab qo'ydi. Shu vaqt bir necha qadam naridan ketayotgan Jkni ko'rgan Leylaning miyasida g'oya chiroqchasi yondi

:Ana mening sherigim

Leyla shunday deb Jkning oldiga tez yurib bordida qo'lidan mahkam siqib oldi. Nima bo'layotganini tushunmagan Jungkook qulog'idagi naushnikni olib Leylaga g'alati qarab qo'ydi

:Ouu rostanmi negadir o'xshamayapti

:Hechamda Jungkook o'zing ayt darsda meni uyimgacha kuzatib qo'yish haqida gapirgan edingaa

Leyla Jungkookning qo'lini qisib qoshini chimirob qo'ydi. Jungkook Leylaga so'ng Sugaga qaradi Jungkookning ko'zida birdan alam alangasi cho'g' olib ketti yoki balki Leylaga shunday tuyuldi lekin bir narsa aniq ediki ular o'rtasida qandaydir Leylaga nomalum bo'lgan adovat urug'i mavjud

:Yoq

Leylaning yuzidagi yasama kulgi shu ondayoq so'ndi biroq tezda o'zini o'ngladiyu kulub yubordi

:Shunaqa hazilkash bolada ha aytgancha burning yaxshi bo'ldimi

Qiz yigitni tortqilab yolg'ondan gapga solgancha olib ketti Suga esa g'azab bilan negadr Leylaga emas Jungkookga qarab qoldi

Yarim tun Leyla Suganing bir necha bor qilgan qo'ng'irog'ini o'chirib qo'ygach biroz o'ziga kelish uchun qo'liga chips olgancha televizorni yoqdi. Onasi tepa qavatta uxlab yotibdi dadasi esa yana kamandirovkaga ketgan va u o'zini ayni damda juda erkin his qilardi. Ayni shu vaqtda tashqarida sel qo'yib chaqmoq chaqardi. O'zi yoqtirgan kinoni ko'rib o'tirarkan chaqmoq bilan birga taqillagan eshik tovushidan Leyla uchib tushdi yuragi tez urib qinidan chiqaman derdi

Lypov:Ayshsh jin ursin yuragim yorildi yarim tunda kelgan kim bo'di ekan

U asta eshik tomon borib eshik ruchkasini ushlarkan..

Davomi bor..

Bangtan_fanfic_shop