
Ari bexush ko'zlarini ochdi. Sal g'ira-shira yana bir necha bor ko'zlarini takror ochib yopgach. O'z xonasida deraza yonidagi uzun qo'yilgan devanda ekanini sezdi. Yon atrofga qarab bo'lgan voqealarni birma bir taxlil qila boshladi.

Bu men ismim Bora. Yoq yoq taxallusim Bora. Mening ajoyib oilam va dunyoyim mavjud. Bu oila va dunyoda hamma meni yaxshi ko'radi xurmat qiladi hamma uchun eng yaxshi fanficer va Taeni sevuvchi ARMYman. Bu dunyo meniki va hayollarimniki edi. Biroq asil hayotim...

Quyosh allaqachon yerni qizdirmoqda. Soat ichidagi qushcha esa roppa rosa 12 bo'lganini bildirish uchun sayrashga tayyorlanmoqda xuddiki. Ichkaridan parda to'sgan qop qorong'u xonada esa ikki kishining vujudi to'shak ustida ko'rpa ostida mayin uyquda. Qiz jismi qimirlab kipriklarini pirpiratgancha sekin qo'li bilan ko'zini ishqalab yon atrofga qaradi.