March 15

Sayyod

2-qism

Orqadan kelgan baland yo'g'on va yoqimli ovoz tomon qaragan Leyla ortida xuddi mana shu ovozga mas ravishda ko'rkam yigit turganini guvohi bo'ldi

Qiz bir necha soniya unga qarab qoldi yigit esa qo'llarini cho'ntagiga solgancha qizning bo'yi qatori engashib unga yaqin keldi

:To'g'ri ko'zlaring chiroyli ekan lekin hozir ularga termulib turushdanda muhimroq ishlarim bor

Yigit shunday deb ko'zi bilan Leylaning ortidagi ovqatlarga ishora qildi. Leylaning katta ochilgan ko'zlari kichrayib idishidagi bor ovqat bilan deraza yonidagi stollardan biriga borib joylashdi. Qo'liga tayoqchalarni olarkan yana bir yigitga nazar tashladi

Lypov:Nimadir g'alati nega uning orqasidagi o'quvchilar hech so'z demay jim.

Leyla termulib turarkan yigitning aynan u tomon kelayotganini ko'rib tipirchilab qoldi

Lypov:Yo Hudo men..Men tomon kelyaptimi

Qiz qo'lidagi tayoqchalarni tushirib qayta olaman deguncha yigit uning to'g'risidagi o'rindiqga joylashib oldi. Qiz o'zini biroz nazorat qilgandek bo'lib asta taomlana boshlagan ham edi yigit gap boshladi

:Nega mendan ko'zingni uzmayapsan

Qiz og'ziga yetgan taomiini hali chaynashga ham ulgurmay yutib yubordi. Birdan tutib qolgan yutal sabab o'zini yanada noqulay his qila boshladi

:Mana buni ich

Yigit qizga yonidagi bakalni uzatti. Qiz qattiq qattiq yutalib suvni ichgach biroz o'ziga kelgandek bo'ldi lekin endi yigitning oldida o'zini xaddan ziyod noqulay seza boshladi.

Qiz asta ishini ikki yonidan tutib o'rnidan turmoqchi bo'ldi

:O'tir

Yigitning kutilmagan buyrug'idan qiz biroz hayratlangancha yigitga qaradi biroq nmadir uni yana joyiga o'tirishga undadi

:Men senga savol berdim

Qiz o'zini olib qochishdan foyda yoqligiga amin bo'ldi

:Soqov yoki Karmisan

:Ayshsh shunchaki qaradim bo'ldida shunchalar mashxurmisan senga qarash mumkin emasmi

Yonidan o'tib ketayotgan qizlar uning gapini eshitib bir birlari bilan nimanidir pichirlashib ketishdi

:Ha yaxshi xursand bo'ldim

Qiz qoshini chimirdi

:Nimadan

Yigit og'ziga ovqatni joylagach stilga suyanib qo'lini bir biriga o'rkazgancha qizga razm soldi

:Sen ham meni sevib qoldingmi deb o'ylay boshlagandim

Bu gapdan qiz yanda xayratga tushgancha yigitga termulib qoldi

:Tanishganimzga hali yarim soat ham bo'lmadi agar mana shu xatto ismimizni ham bilmaydigan tarzda gaplashishimizni tanishish deyib bo'lsa

Yigit stolga yaqjn kelib qo'l tirsagini tiragancha kaftlarini birlashtirib labiga bosdi

:Ismim Ismim Yoongi menga yaqinlar Suga deb chaqirishadi

:Demak Suga

Qiz shunday deb jilmayib qo'ydi

Suga unga javoban jilmaydi biroq undan ko'z ham uzmadi

:Men esa Leyla Park

●●●

Kunlar o'tib Leyla hamma bilan yaxshi chiqishib keta boshladi ayniqsa Suga bilan. Yangi maktabga ham ancha ko'nikib o'lim haqidagi o'y hayollari ham asta barham topa boshlayotgandi

:Xayerli tong

Leyla shunday deb hamma bilan kulishgancha ko'rishib orqa partadagi doimiy joyiga borib o'tirdi. Birozdan so'ng sinfga Suga kirib keldi

:Ouu kichik xonim bugun erta kelibtilarmi

Suga shunday deb Leylaning yoniga joylashdi.

:Senga pishiriq pishirdim

Suga bir qoshini ko'targancha shubha bilan qaradi

:O'zingmi yoshxonim

Suga shunday deb Leyla tomon egildi va birdan og'zida nimanidir sezdi

:Ayshsh undan ko'ra yesangchi

Leyla shunday deb qo'lini Suganing og'ziga joylagan pishiriqdan oldi

Suga bir tishlab xuddiki mahir ta'm sezuvchilar kabi qo'llarini o'ynatib ko'zini yumdi. Qandaydir yoqti ma'nosini beruvchi ovozlar chiqardida ko'zlarini katta ochib Leylaga ishtiyoq bilan qaradi

:Ha ha bu haligi..

:Nima?

Leyla qiziqsinib ichi qizib so'radi

:Haligi...

:Ayshsh sabrimni sinayapsanmi ayta qolsangchi ta'mi qanday ekan

:Haligi. Bilmayman

Qiz bir qoshini ko'tardi

:Nimani bilmaysan

Yigit o'zini stulga tashlab qo'llarini bir biridan o'tkazdi

:Shamollaganman ta'm bilmayapman

Qiz biroz hayratlangach Sugani qattiq turtti

:Aaaa bu nimasiyaa men sen uchun shuncha tayyorgarlik ko'rib tayyorlabman

:Men uchun-a?

Qiz Suganing qo'lida qolgan shirinlikni tortib olib idishiga qayta soldi

:Hoy nimalar qilyapsan

:Sen yemas ekansan boshqalarga beraman

Suga darhol qizning qo'lidan qutichani tortib oldi

:Hech kimga tarqatmaysan bular men uchun

Tanafusda Leyla qizlar xonasi tomon borarkan 1-qavatdagi xona yopiq ekanini guvohi bo'lgach majbur 2-qavatga ko'tarilarkan zina yo'laklaridan qandaydir baland tovushlar eshitila boshladi. Leyla asta 2-qavat eshiklarini ochib yo'lakka nazar tashladi hamma joy o'quvchilar shovquni biroq zinadagi tovushlar bu shovqindan farq qilgan tarzda baland va og'riqli odam tovushi edi.

Xojatxonadan chiqib zina tomon borarkan zina eshigining yonidagi xonadan ikki bolaning chiqib kelganini birining yuzi qon ikkinchisining esa yenglari shimarilgan. Buni ko'rgan har qanday kishi yengi qayrilgan bola yuzi qon bolani kaltaklagan degan shubhaga boradi beixtiyor. Leyla ularni ko'zdan qochirmaslik uchun qadamini tezlatti ammo yana bir narsa uni e'tiborini tortti

Lypov:Nega ularni ochiq oydin ko'rib turib na o'quvchi na o'qtuvchilar bir ish qilmayapti. Nega ular bu qadar befarq

Shu vaqt oldidan bir qiz chiqib ularni ko'zdan yoqotishga sabab bo'ldi. Leyla u yon bu yon boshini qimirlatib to'g'risiga kelib toxtagan qizga qaradi

:Nega menga qarab qoldingiz biror gapingiz bormi

:Haa sizni maktabning orqa hovlisida kutishyapti

Leyla hayrat ohangida

:Kim?

Qiz indamay bu savolni eshitmagan kabi o'tib ketib qoldi

Lypov:ayshsh bu yerda o'quvchilarga nima bo'lgan o'zi

Leyla orqa hovli tomon borarkan yonidan o'tib ketayotgan qiz-u yigit unga barmog'ini o'qtab ko'rsatgancha yonidagi sherigiga allanimalarni shivirlayotganini payqab qoldi. Yon atrofga hayratla qaragancha o'z hayollariga berildi

Lypov:Nega hammasi menga bunday qarayapt. Ayshsh shundoq ham o'zimni noqulay sezyapman jin ursin bu maktabni ham

Leyla orqa hovliga to'plangan bir nechta bolalarni ko'rib ularning oldiga borish kerakligini tushundi. Bolalar oralab borarkan ular Suganing atrofini o'rab olishganini shuga esa Leyla tomonga orqasini qilgancha nimadirlar bilandir band edi

:Suga

Qiz hayrat bilan unga yaqinlashdi

:Yaxshimi

Suga oldidagi bolaga nimanidir ko'rsatib darxol ortga qayrildi

:Leyla keldingmi

:Tinchlikmi meni sen chaqirtirdingmi

:Ha

:Nega

Suga Leylaga yaqin borib uni ikki qo'lidan tutti

:Park Leyla hammaning guvohligida senga sevgi izhor qilmoqchiman

Qizning ko'zlari qinidan chiqgudek kattalashib ketti

:Mening sevgan qizim bo'lasanmi

Suga shunday deb cho'ntagidan mitti biroq shunga qaramay nafis bir uzukni chiqardi

:Bilaman unaqa romantic bola emasman lekin sevgim rost

Leyla turgan joyida qotib qolgandi

:Ho'sh javobing hamma bizga qarayapti

:O'zimni noqulay his qilyapman

Bazo'r gap boshladi past tovushda

:Chetga chiqishni istaysanmi

Leyla bosh irg'ib javob qaytardi

Ular o'quvchilarni chetlab o'tib maktab devori yaqinidagi qari chinor yoniga borishdi

:Mana senga holi joy

Oraga biroz sukunat cho'mdi

:Gapir

:Haligi men...Men roziman

Leyla shunday deb jilmaydi Suganing ham yuziga tabassum yugurdi

:Rostanmi?

:Haa Biroq

Mana shu biroq so'zidan so'ng negadir Suganing yuzidagi tabassum biroz so'ngandek bo'ldi

:Biroq shartim bor

:Qanday?

:Bu haqida boshqalar bilishini hoxlamas edim. Albatta vaqtinchalik

:Nega mendan uyalasanmi

:Yoq yoq yoq

Leyla darxol bosh chayqab gapini inkor etti

:Haligi gap shundaki men hali bu maslalar bo'yicha unchalik yaxshi emasman. Uddalay olmasamchi deb qo'rqaman

Suga yana jilmaydi va qo'llarini Leylaning yelkasiga kelib yuziga yaqinlashdi

:Hammasi yaxshi bo'ladi axir oldingda men bormanku

Suga shunday deb Leylaning yuzini o'ziga qaratti. Leyla ham majburan kulib qaradi

:Mayli agar bu sen uchun noqulaylik tug'dursa hech kimga aytmayman

Suga shunday deb qo'llarini yelkasidan olib Leylaning qo'lidan tutti va uzukni kaftlariga joyladi

:Qachonki tayyor bo'lsang shunchaki uzukni menga qaytib bersang kifoya

Suga shunday deb qo'lini cho'ntagiga soldi

:Endi darsga borsak ham bo'ladi menimcha

Suga shunday deb u yerdan ketti. Qiz ancha vaqt o'zini o'nglashga sarflab Suganing ortidan yugurdi

●●●

Dars tugab uyga qaytishga tayyorlanayotgan Leyla Sugani qidira boshladi

:Suna hey Yoongini ko'rmadingmi

:Zina eshigi oldida ko'rgandim sal oldin

Suna shunday deb sumkasini yelkasiga ortib xonadan chiqib ketti. Leyla ham sumkasini ortgancha zinalar tomon bordi

Lypov:Ayshsh qayerda ekana birga ketamiz degandiku

Leyla 2-qavatga ko'tarilib yon atrofga qaray boshladi maktabda deyarli hech kim qolmagan faqat bazi xonalarda dars bilan ovora bo'lib qolib ketgan ayrim o'quvchilar bor edi xolos

:Sugaa

Qiz asta xonalarning eshik oynalaridan ichkariga qarab Sugani axtara boshladi

:Hamma joyga qaradim

Shu vaqt Leylaning ko'zi zina yonidagi na ichki oynasi va na qaysi xona ekanini ko'rsatuvchi taxtaga ega bo'lmagan xonaga ko'zi tushib o'sha tomon bora boshladi. U eshikka endi qo'l cho'zgandi hamki xonadan Suga chiqib keldi

Suganing sochi to'zg'igan oldakdagi birinchi tugmasi esa osilib qolgandi

:Aa..Leyla? Aa haligi nima qilyapsan bu yerda

Leyla Suganing yelkasi osha xonaga qaradi xona ichidan yana bir odamning soyasi ko'rindi

Davomi bor...

Bangtan_fanfic_shop