December 27, 2024

Orzular qanotida

Bu men ismim Bora. Yoq yoq taxallusim Bora. Mening ajoyib oilam va dunyoyim mavjud. Bu oila va dunyoda hamma meni yaxshi ko'radi xurmat qiladi hamma uchun eng yaxshi fanficer va Taeni sevuvchi ARMYman. Bu dunyo meniki va hayollarimniki edi. Biroq asil hayotim...

:Bo'ldi gap tamom o'sha bolaga turmushga chiqasan istasang ham istamasang ham

:Ammo oyi men uni xatto tanimayman bilmayman ham. Unday qilmang yolvoraman onajon

:Men hech narsani bilmayman. Boshqa gapirib ham o'tirma

:Ona nimaga mani tushunmaysiz tushunishni ham istamayapsiz. Axir...

Shu vaqtda gapim tomog'imda tiqilib qolgandek bo'ldi. Yana bir og'iz gapirsam yig'lab yuborishimni bilardim. Shu bois indamadim asta yosh aylanayotgan ko'zlarimni biroz onamga qadab so'ng xonamga yugurdim. Devanga o'zimni tashlab na yig'lashimni na jaxil qilishimni bilmay ancha vaqt jim qottim. Ammo o'zidan o'zi negadr ko'z yosh kela boshlardi. Telefonimni olib yana o'z dunyoyimga sho'ng'idim. Ushalmas va olis dunyoyimga. Hamma uchun qadrli bo'la olgan dunyoyimga. Bu dunyo bazilar uchun oddiy kanal guruh va ffcerlar bo'lishi mumkin biroq men uchun bu mening oilam mening yaqinlarim va mening orzularim edi. Men o'z hikoyalarimda doimiy o'zimni va men yaxshi ko'rgan insonim yani Taehyungni birga qilib tasvirlardim. Bu menga biroz vaqtga bo'lsada Taehyung bilan birga bo'lish imkonini berardi. Hayollarimda bo'lsa ham. Shu zayilda oradan kunlar o'ta boshladi. Onamning taziyqlari ostida o'sha oyim aytgan bola bilan uchrashuvga chiqishga majbur bo'ldim. Istirohat bog'iga borarkanman u yerda bir yigit gul ko'targancha kimnidr kutardi. Men sezdimki u meni kutyapti. U tomong hayolimdagi gaplarni shaylagancha ildamlay boshladim

:Salom siz.. oyim aytgan qizmisz

:Oyiz aytgan qiz kimligini qayodan bilaman. Mayli nima bo'lganda ham. Men turmushga chiqish niyatim yoq. Iltimos sovchi jo'natishni bas qilib o'zizga mos qiz toping. Shularni aytgani kelgandim. Xayer

:Hoy..hoy toxtang

Yigit qizning ortidan bordi

:Hech bo'lmaganda gullarni oling

Bora mensimayroq nazarda bolaga qaradi

:Bu gullarni oyiz aytgan qizga berarsz

Bora shunday deb qadamimni tezlatgancha u yerdan kettim

Uyga keldim hech narsa yoqmasdi. Onamning hoy hoy deb taxtatishga urunganlariga ham e'tibor qaratmay o'z xonamga kirdim devanimga o'tirib o'ylanib qoldim

:Naxotki daqdirim shunday bo'lsa. Men chin yurakdan sevgan inson faqat bitta faqatgina u lekin shuncha umid shuncha orzularimdan kechib oddiy hayotta yashasam. Oddiy o'zbek kelini ertalab turasan qaynonangni hizmatini qil kechga ering ishdan kelgach uning hizmatini qil. Yoq...yoq yoq men bunday hayotga loyiqmasman bunday bo'lmaydi YOOOQ

Bora shunday deb yonida turgan yostiqni to'g'ri kelgan joyga qarata uloqtirdi. Xuddi shu vaqt xonaga Oyisi kirib keldi

:Sen..sen nimalar deding aaa

:Kimga

Befarqlikla javob qaytardi

:Kimga? Menga dadanga kimga bo'lishi mumkin. Bugun uchrashuvga chiqib u bolaga nima deding sen qiz

:Hech narsa bor gapni ayttim xolo..

:Yer yutsin o'sha bor gapingni ham tushundingmi yer yutsin. BTSingni ham anu nmedi ismi o'sha yaxshi ko'rgan bolangni ham. Ikkinchi mana buni qo'lingda ko'rmay

Oyim shunday deb telefonimni qo'liga oldilar

:ESHITTINGMI IKKINCHI BUNI QO'LINGDA KO'RMAY

Oyim oxirgi so'zlarini shu qadar dona dona ayttilarki yuragim va miyyam bo'ldi jim indama desada qayerdandir kelgan jasorat meni gapirishga undadi

:Siz bunday qilolmaysz. Bu telefonda mening oilam bor dunyoyim bor men istagan hamma narsa mana shunda. Agar uni ham tortib olsangiz menga yashashdan ma'no qolmaydi. Eshityapsizmi undan ko'ra yashamaganim maqul

Oyim bu gapimdan qotib qolgandilar lekin bu mening haqiqatim edi

:Sen qizni anu karesvachchalaring jinni qilib qo'yibdi. Qarab tur hali sen tushingda ham ko'rmaydigan qilib qo'yaman

Oyim shunday deb eshikni yopdilar eshik ortidan kalitning ikki marta buralgan tovushi eshitildi. Men eshik tomon yugurib oyimni bunday qilmasliklarini so'rab qancha baqirmay bo'lmasdi buni o'zim ham sezardim.

O'sha kundan so'ng hayotim oq qoradek bo'lib qolgandi. Asta sekin barchasi unitila boshladi. Lekin mening qalbimdagi jaroxat va Taehyunga bo'lgan yagona va sof sevgim menda hali ham bor edi.

Yoz kelib imtihon topshirdim. Bundan oldin ham 2 marta topshirib yiqilgandim lekin bu urinish yiqilish bilan tugashiga yo'l qo'ya olmasdim. Agar yana bir yil atigi 1 yil shu uyda qolsam o'zimga nimadr qilib qo'yishimni sezib turardim. Uyimdagilar Navoiyning o'ziga topshirishimni aytishdi biroq men bunday qilmadim ularga aytmay barchasini Toshkentga belgiladim. Bu shunchaki imtihon emas edi men uchun. Bu mening kelgusidagi hayotimni hal qiladigan imtixon edi. Yoke yana o'sha eski va mazmunsiz hayotim yoki yangi va kutilmagan narsalarga boy bo'lish ehtimoli yuqori bo'lgan hayot. Imtixon javoblari chiqdi. Mana men kutgan kun o'qishga kirdim yo Alloh men buni uddaladim. Bugun hayotimdagi eng unutilmas kun edi faqat

:Yoq eshityapsanmi yoq. Hech qanday Toshkent poshkent yoq. Men sen qizga aytmaganmidim topshirsang mana shu yerga topshir aks holda yoq deb. Nega o'z boshimchalik qilasan aaa?

:Oyi men yangi hayot hoxlayman charchab kettim bu yerdan uydan do'stlaru o..

Bora oilamdan demoqchi bo'ldi bir soniya biroq yoq aytolmadi aytishni istamadi.

Yuragimdan sezardimki oyimni ko'ngira olmayman. Dadam mendagi yagona chora. Ammo oyim qo'ymagan joyda dadam qo'yishiga biroq shubxalanardim biroq bu so'ngi imkonim bo'lishi mumkin edi. Men axt qildim

:U yer begona joy begona odamlar senga nimadr bo'lsa yoningda bo'ladigan hech kim bo'lmaydi

:Bilaman

:Biz senga qancha urinmaylik yordam bera olmaymiz. Bo'lmaydi oying to'g'ri aytyapti. Hech qayerga ketmay...

Shu vaqt dadam toxtab qoldilar chunki shuncha yillardan so'ng ilk marta dadamni quchoqlagandim. Bilmayman nimani ko'zlab bu ishni qildim biroq bu hodisa men uchun ham sal kutilmagan bo'ldi. Oxirgi marta dadamni qachon maxkam quchganimni eslay olmasdim. Elas elas eslayman yoshligimda dadamning yelkalariga chiqganimni ularni quchib erkalanganimni. Ammo bularning barchasi ancha oldingi voqealar edi. Ko'zimga o'z o'zidan yosh keldi. Men yomon ko'raman kimningdir oldida ojizdek ko'rinib yig'lashni Ammo bu ko'zyoshlar mening ixtiyorimga qarshi chiqib ketti

:Iltimos dada yoq demang o'tinaman bu...bu mening so'ng imkonim bir yil atigi bir imkon bering bu yerlardan ham boshqa joylarni ko'ray keyin mayli shu bir yildan so'ng barcha aytganlaringizni qilaman barchasi siz istagandek bo'ladi

Oradan kunlar o'tti

:XAYEEER sen esa oyim bilan dadamni aytganini qil

Men shunday deb hamma oila a'zolarim bilan xayerlashib poyezdga chiqdim. Yuragim xayajonda axir bu men kutgan kunlarning boshlanishi bo'lishi mumkin edi. Men bunga ishonardim

Toshkentga ham kelganimga yaqinda 4 oy to'ladi bu yerdagi bazi qiyinchiliklarga ham ko'nikdim stresslardan ham o'ttim. Ammo mening bu hayotimda men kutgan o'zgarish yoq edi. Oradan kunlar o'tib bu yerda ham bir rejimga tushib olgandim. Ertalab o'qish undan so'ng ish va tunda uxlash. Yana nimadir kam.

:Esingdami to'rtinchi kurs bola senga sevgi izxor qilib yurardi ortingdan

:Ho'sh?

:O'sha bola yaqinda Koreaga ketarkan. Ajoyibaa o'qishni tugatgach butunlayga u yerga ko'chib ketarkan. Balki..

:Nma?

:Balki yana bir taklifini o'ylab ko'rarsan. Axir orzuying shu emasmi

Shu tobda o'ylab qoldim. Roatan ham orzuyim nima Koreaga borishmi yoki Taehyung.

Kunlar o'tib koreys tilini o'rganishga kirishdim. Negaligini bilmayman sababi otam va onam u yerga borishmiga ko'nmasliklari aniq ammo nega? Mana shu kunlar ichida dugonamni ham gaplarini ancha o'yladim har tomonlama. Taehyung va men bu narsa 0.001 foizga teng balki undan ham kam. Nima uchun bu qadar ishonayapman bu narsaga o'zim ham hayronman.

Ancha o'qib tayyorlandim va Korea universitetiga o'qishga so'rov topshirdim. Kira olmasligimni his qilardim. Kira olmasam nima yoqotaman. Yoz yaqinlashib Navoiyga qaytish vaqtim kelayotgandi. Ertaga Navoiyga qaytaman yoq men shunchaki qayta olmayman hech narsaga erishmay turib. Meni hayolimdan o'tayotgan yagona narsa esa

:Balki u bolaga rozilik verarman. Balki Koreaga borishiming yagona chorasi udir. Agar uni qo'ldan chiqarsam butun umr afsus qilarman.

Kun kech bo'larkan tavakkal qilib unga telefon qilmoqchi bo'lib telefonimni qo'limga oldim va shu vaqt SMS keldi

Sms
:Sizning so'rovingiz bo'yicha natijangiz chiqdi ushbu silka orqali ko'rib olishingiz mumkin

Shu vaqt yuragimning qaysidir bo'lagida ozgincha bo'lsada umid uchquni yondi. Yoq men boraman faqat o'z kuchim bilan. Qo'llarim qaltirab silka ustiga bosdim. Ko'zlarimga ishonmayman

:Siz 80%li grand asosida Koreadagi Jaxon tili universitytiga qabul qilindingiz. Shu hafta oxirigacha to'lovni amalga oshiring va o'qish boshlangunga qadar xujjatlarni taxlashingiz so'raladi

Ha mana mening orzuyimni amalga oshiradigan xabar. Men..Men buni uddaladim men hozir xatto ichimga sig'masdim toki uyimdagilar hayolimga kelmagunga qadar. Ularga bu yangilikni aytsam xursand bo'lishlariga u qadar ishonmasdim. Yoq men shunchaki taslim bo'la olmayman ketaman ketishim kerak. Ertaga buyurtma bergan poyezd uchun biletni bekor qildirdim ishlayman pul yig'aman oson bo'lmaydi biroq 80%li grandim qo'limda ozmuncha pulim va o'zimda o'zim borman. Ha menga kerakli narsalarning bari menda bor men ketaman

Oradan kun o'tardi oilamga bu yerda ishlashim va yozning o'rtalarida borishimni ayttim. Vanixoyat viza chiqdi pul ham bor faqat biletga yetadigan va o'sha yerda bir ikki kun yetadigan pul. Biroq o'lib qolmasman. Menga taskin berayotgan so'zlar

Vanixoyat samalyotga chiqyapman endi menga na oilamni va na boshqalarni fikri qiziq edi. Menga hech kim kerak emas. Mayli Taehyung bilan bo'lish imkoniyatim 0.001 foiz bo'lsa ham o'sha bir foiz men uchun mativatsiya bo'lsin. Mayli ko'risha olmasam ham xafa bo'lmayman axir harakat qildim va bundan afsuslanmayman. Bu mening orzularim uchun qo'ygan eng katta qadamim bo'ladi...

The end