February 2

Boy toy (Maxsus yakun)

Ari bexush ko'zlarini ochdi. Sal g'ira-shira yana bir necha bor ko'zlarini takror ochib yopgach. O'z xonasida deraza yonidagi uzun qo'yilgan devanda ekanini sezdi. Yon atrofga qarab bo'lgan voqealarni birma bir taxlil qila boshladi.

Nima bo'ldi? Yon tomon stolda alla kim o'tiribdi hoynaxoy hali ham Arining ko'zi ochilganidan bexabar ishchi. Shu vaqt miyasida chaqmoq kabi hodisalar urila boshladi

Lift....Suga va Arining uzliksiz bo'sasi...semiz kishi....lift ha ha lift toxtab qoldi. So'ng. So'ng atrof asta qorong'ulasha boshlad. Esida qolgani Suganing "O'zinga kel" Degan so'zlari va o'zining dori so'rab xushiszlangani bo'ladi. Ho'sh keyinchi...

:Xonim o'zingizga keldingizmi. Doktor chaqirgandik u szga biroz dam kerakligini aytti va biz...

:Meni kim qutqardi

Ari o'zi javobini biladigan savolni negadr bergisi keldi. Adashmayaptimikan

:Aaa ismlarini bilmayman aniq biroq sizning tanishingiz ekanliklarini va sizga yaxshi qarashimizni tayinlab ketti

Yoq adashmagan bu aniq u..

Oradan ancha vaqt o'tti biroq Arining hayoldan bo'lb o'tgan hodisalar o'chmas xuddi ishdan chiqgan kasetaga o'xshab ora orada miyasida takror qo'yilaverardi. Ammo negadir o'sha kundan so'ng Suga ko'rinish bermay qo'ydi. Ari o'ziga o'zi menga nima deb takrorlashiga qaramay negadir Sugani ko'rgisi va unga rahmat aytgisi kelardi. Agar undan ortiq yana gapi bo'lmasa. Aslida gapi yoq aytarli biroq u bilan nimani bo'lishidan qattiy nazar gaplashgisi biroz bo'lsada unga termulgisi kelardi. Biroq nima bo'ldiku u ko'rinmayapti na oyda va na yerda. Ari har doimgidek o'zi uchun belgilagan tushlik vaqtidan oldinroq kafega borib kechroq qaytadigan odat chiqargandi. Ilk ko'rishganidek balki yana kelar axir u yaxshi biladiku Ari doimo shu yerda tushlik qilishini. U endi har kuni o'ziga uni sog'inmadim degan so'zni aytib yuragidagi iztirobni rad etardi. Shunchaki rahmat aytmoqchi ekanligini axir u jonini saqlab qolganini bot bot o'ziga takidlay boshladi. Bora bora ko'nikishni boshlagandi ham biroq bir kuni

Mashinadan tushayotib bezovta qilgan telefon qo'ng'iroqiga javob bergan Ari telefonda gaplashgancha kompaniyaga kirib borardi

Ari gaplashib bo'lib go'shakni qo'ygach kompaniyaga kirib keldi. Marmar polda tufli pochnasining baland ovozidan hammani o'ziga qaratgan Ari kekkaygancha o'z xonasi tomon mayda qadamlar bilan odimlay boshladi. Xonaga kirib o'z stoli tomon borarkan stol ustida turgan bir parcha varoqga ko'zi tushib mayda qadamini endi sekinlashtirgan holda sta o'z stuliga joylashdi. Varoqni ustida dona so'z bor edi

"Ziyofatga borma"

Ari qog'ozni yana bir orqa oldini ko'zdan kechirdi unda na ilova qilingan ism na qanday ziyofat ekanligi haqida ma'lumot bor edi.

Aripov:Qanday ziyofat. Bu xat o'zi kimdan

Ari o'ng yonida turgan telefonni yoniga tortib 1 raqamini bosgach gasho'kning ikkinchi tomonidan "Eshitaman" degan kotibaning ovozi keldi

:Menga shu yaqinlarda belgilangan barcha ziyofatlarim ro'yxatini olib keling

:Hop bo'ladi

:Ha yana...

:Eshitaman

:Ha mayli hozircha shuni

Ari shunday deb telefon trubkasini joyiga qo'ydi. Kimdir xonamga kirdimi degan savolni berishdan o'zini negadir tiydi.

Ari qo'lini kresloga suyagancha barmoqlari bilan sochini biroz o'ynay boshladi. Anchadan buyon surmagan hayollariga g'arq bo'lgancha yana Suga haqida o'ylay ketti. Ko'zlari tashqari oynaga qadalgancha qancha vaqt bunday turganini bilmasdi biroq birdan eshikning taqqilashi uni hayolat olamidan to'g'ri yana o'z xonasi tomon olib keldi

:Kirayver Suna

Ichkariga kirib kelgan kotiba avvaliga asta bosh egib Ariga iltifot ko'rsatgach uning oldiga qo'lidagi bir nechta xujjatni qo'yib chap qo'lidagi planshetni o'ziga qulay tarzda tutti. Planshettan nimadirlargadir kirar ekan

:Bu xujjatlar GP kompaniyasidagi ulushimiz foizi va shu yilgi sarmayadorlar soni va ko'rsatkichi haqida. Aa sizning kun tartibingizdagi bazimlarga qaraydigan bo'lsam. Ertadan so'ng Yangi yil bazmi unda barcha katta kompaniya direktorlari va sarmayadorlari qatnashadi. So'ngra 12-yanvarda Wook group komaniyasining bosh direktori janob Ji Wookning tug'ulgan kun bazmi. Hamda...

:Bo'ldi yetarli rahmat ketishing mumkin

Ari shu gapni aytganda ham o'ychan qarashda edi. Sunaning bosh egib chiqib ketganiga ham e'tibor bermadi

Aripov:12-yanvar bu juda uzoq sana. Demak Yangi yil. Yangi yil bazmigami. Ammo nega

Arida qanchayin savol ko'p bo'lmasin bariga bu 2 ta so'zdan iborat xat javob bera olmasdi. Xiddi yo'lini yoqotgan sayyohdek nima qilarini bilmay qolgan Ari na bazmga borishini va na bormasligini bilmasdi. Ancha o'y fikrlardan so'ng esa bir qarorga keldi

Aripov:Shu kichik varoqchani deb shunday katta va dunyo bo'yicha yig'ilgan qanchadan qancha kompaniya rahbarlari bilan ko'rishishni bekor qila olmayman. Bu xatni kim yozgan bo'lishi ahamyatsiz boraman. Ikki kun ham shamoldek yelib vanixoyat Yangi yil 31-dekabr keldi

Ari mashinada bazmga ketarkan mashinaning ichki oynasidan aksi ko'rinib turgan xaydovchiga qaradi

:Qo'riqchi yolladingizmi

Taksis ham oynadagi Ariga qarab ko'z qisib qo'ydi

:Hamma vaqt xizmatingizdamiz xonim

Ari taksist o'rnida ham qo'riqchi o'tirganini endi payqagandi

:Bazim davomiyligi bir yarim soat. Undan oshsa yoki signal qo'ng'irog'ini chalsam ichkariga kirib meni nimayiki bo'lmasin kim bilandir gaplashib o'tirgan bo'lsam ham olib ketasz. Tushunarlimi?

Ari qosh chimirib end haydovchining orqa bosh qismiga qaradi

:Tushunarli xonim

Haydovchi ham bir on ortga qarab bosh silkib qo'ydi.

Ular bazim o'tkaziladigan uyga yetib kelishganda allaqachon bayram boshlanib bo'lgandi ichkaridan esa qo'shiq va baland kulgu ovozlari yaqqol eshitilib turardi. Ariga eshikni ochib bergan qo'riqchi unga chuqur ixtirom ila tazim qilib turdi toki eshik oldiga yetmaguncha. Eshik oldiga borgach esa eshikning ikki yonida turgan xizmatchi yigitlardan biri uning ustidagi plashni olib qoldi. Endi u faqatgina qip-qizil bayram libosida edi

Ari asta zinalar bo'ylab yuqorilar ekan katta zalning yorug'ligi ortib ustidagi qizil kiyimning yanada porlashiga sababchi bo'lardi. Toshlaridan qaytayotgan chiroq aksi bir qarashda hammani ko'zini qamashtirar darajada edi. U katta zal eshigiga yetib kelganda allaqachon hammaning ko'zi va e'tibori unga qaratilganini guvohi bo'ldi. U sekin va ohistalik bilan odamlar orasiga singib kirgach yana hamma o'zaro suhbatni davom ettirdi ammu bu galki suhbat mavzusi tubdan o'zgarib Ari haqida va uning shu yoshida erishgan yuzlab yutiqlari haqida bo'ldi. Ari ham u bilan ko'rishishga kelganlar bilan suhbatlashib tanishib o'tirarkan birdan unga tanish qiyofa ko'rindi. Balki adashgandir u o'ziga shunday deb yonida turgan eri xotin Jeymslarga bosh irg'ib uzr so'ragancha o'sha tanish chehra ortidan borarkan oldidan o'tgan xizmatchi uni turtib o'tgach o'zi ko'zlagan manzilini yoqotgan sayyohdek gandiraklab qoldi. U bir oz vaqt shu yerda nima qilarini eslay olmayaotgan inson kabi qotib qoldi va o'sha yaqindagi kichik bar oldiga bordi

:Bitta olmali sharbat iltimos

Barmen yigit bosh chayqab qo'ydi. U ora orada yon atrofiga qarab qo'yar va o'zi bir bor ko'rib hozr esa ko'rganiga ishonmayotgan insoni ya'ni Sugani qidrardi. U ortga insonlarga sinchiklab qararkan ortdan kelgan ovoz uni biroz shokka tushirib qo'ygandi

:Nega kelding

Ari ortiga qararkan oq barmen libosida Suga turardi

Ari tezda o'ziga keldi

:Nega kelmasligim kerak edi? Shuncha vaqt ichida na ko'rinish berib na biror so'z demay ketgan insonning bir parcha qog'ozidagi ikki jumlasi uchun shunday bazmni qoldirarmidim

Ularning orasiga biroz yoqimsz sukunat cho'mgach Suga undan ko'z uzdi

:Men oldinga bormoqchi bo'ldim biroq imkonim yoq edi

:Unda nega hozir kelding ket ortiq ko'rishni ham istamayman

Ari diliga qarshi juda ko'p so'z aytib yuborganini his qilsada Suganing oldida bosh egishni istamadi

:Meni ko'rishni istamaysan deb o'ylagandim

:Ha istamayman

:Ammo sal oldingi so'zlaringdan rashk alam va...

Ari Suganing gapini yulib olib ketti

:Nima va..?

:Va sevgi hidi ufurib turgandi

Ari o'zini majburlab kuldi

:Sevgi xaxaxaxaxa sevgimi xaxaxaxa

:Buni yashirishga urinma biroq bu tiyron ko'zlar aldashga qodir emas

:O'chir ovozingni

Ari shunday deb qo'lini bigiz qilib Sugaga yaqin olib bordi

:Ortiq bir so'z dema. Seni ko'rishni ham eshitishni ham istamayman. Xudbin

Ari shunday deb ortga qarab yurarkan yana o'sha tanish ovoz uni toxtatti

:Sevganim xudbinlikmi

Ari keyingi javobini o'ylab ham o'tirmay ortga o'girildi

:Yoq sevgimni bilmay menga xiyonat qilganing mana shu seni xudbinliging. Ha to'g'ri barakalla sevaman seni sog'indim balkim....balkim rostan ham o'sha gaplarimda rashk bordir chunki

Ari biroz toxtab qoldi

:Chunki seni rostan ham sevib qolgandim. Buni tan olish naqadar og'ir bo'lmasini bu haqiqat. Ammo sen...sen buni qadriga yetmading. Aqalli kechirim so'rab oldimga kelarsan balki hammasini unutarman dedim. Biroq sen nima qilding. Shunchaki meni tashlab ketting. Avvaliga hayotimni qutqarib yana umid berib so'ng g'oyib bo'lding. Sendan nafratlanaman

Ari bu gaplarni gapirarkan tomog'iga nimadir bordek bug'ulib qoldi. Ko'zi nafrattan emas yoshdan qizarganini faqatgina o'zi sezib turarkan bu gal u tez yurib qizlar xonasi tomon otildi

Arining ortidan qarab qolgan Sugani hayolat olamidan Taening chaqirig'i olib chiqib ketti

Tae:Boshlashimiz kerak vaqt bo'ldi

Taehyung shunday deb oshxona eshigi tomon katta qadam tashlab borarkan yonida Suganing yoqligini sezib ortga o'girildi. Suga bir joyda qotgancha qimir etmay turardi

:Men bunday qila olmayman

Tae asabiy Suganing oldiga keldi

:Hozir hazilning vaqti emas vaqtimiz kam tezda ishni bajarib ketishimz lozim

Taehyung shunday deb Sugani qo'lidan ushlab tortqilarkan Suga qo'lini shart uzib ortga bir qadam tashladi

:Ket sen ishni bajarayver men bu yerdan bittasini olib chiqgach sening oldinga boraman

:Sen esingni yedingmi aqildan ozibsan vaqtimiz juda kam deyapman ulgurmaysan

:Ulguraman sen borayver

U shu gaplarni aytib yugurib ketarkan Taehyung uning ortidan qarab qoldi

:Jin ursin hammasini. Axir bombalar allaqachon ishga tushgan

U shunday deb qo'l soatiga qaradi

:15 daqiqa vaqt bor bo'laqol Suga

Tae shunday deb oshxona eshigi tomon kirib ketti

●●●

Suga har bir kelgan mehmonga urilib Arini qidirarkan qayoqdan topishni ham bilmasdi

●●●

Bir birini o'rnini bo'shatmay quyilayotgan ko'z yoshlarini artgan Ari suvni yoqib yuzini iliq suvda biroz yuvib qo'ygach oynaga o'z aksiga qaradi

Aripov:Odam shunchalar ham baxtsiz bo'la oladimi. Dadamning nazoratidan chiqmay hech bir insonni sevmadim sevib qolishdan qo'rqdim. Ammo atigi bir marotaba sevganim ham...

Yuzidagi suv tomchilariga yana ko'z yosh tomchilari qo'shilib Arining qip qizil ko'ylagiga tushib uni biroz dog' qilgan bo'ldi. U chap tomonda turgan quruq salfetkadan olib yuzini artarkan ichkariga bir ayol kirib to'g'ri unga qaradi. Xuddi Arida qandaydr muhim gapi bordek biroz termulgach qayta eshikdan chiqdi. Eshik yopilar yopilmas ichkariga Suga kirib kelib Arining qo'lidan tutti

:Bilaman mendan xafasan lekin hozir ketishim lozim

Ari unga aniq bir ifodalab bo'lmas qarash bilan qararkan uning ko'zida bir nechta tuyg'ular bir vaqtning o'zida mavjlanib tirardi.

●●●

Suga Arini hamma joydan qidirdi faqat bir joydan tashqari xojatxona. Suga ayollar xonasi tomon borarkan qo'rslarcha kirib borishni istamadi biroq ayni shu damda bir ayol ichkariga kirib ketarkan bu Suga uchun ayni muddao bo'lgandi

Suga ayolning oldiga yugurarkan ayol eshiktutqichini tutishi bilan Suga ham yetib keldi

:Kechirasiz xonim

Suga bosh irg'ib qo'ydi ayol ham Sugaga nisbatan javob qaytargach Suga yana unga yuzlandi

:Ichkarida bir qiz bormi shuni ko'rib bera olmaysizmi iltimos. Qizil ko'ylakda hammadan ajralib turibdi

Ayolcha kibrlarcha javob qaytardi

:Yaxshi

Shunday deb ichkariga kirib oradan soniyalar o'tmasi qayta chiqdi

:Ha shunday ko'ylakli qiz bor.

Shu vaqt ortdan ayolni o'ziga qaratgan tovush eshitildi

:Azizam Khanlar oilasi shu yerda...

Suga allaqachon ichkariga kirib ketgandi

Sgpov:Men ichkariga kirarkanman yig'idan qizargan ko'zlari eshikka tikilgancha Ari turardi uning nigohi beixtiyor menga meniki esa unga qadaldi. Biroq mendagi vaqt qumsoatning yuqori qismidagi zarralar kabi kamayib borayotgani bois unga uzoq vaqt termulib tura olmas edim.

Suga katta qadamlar bilan Arining oldiga kelib uning qo'lidan tutti

Sgpov:Uning ko'zlaridagi o'kinch so'roq va jaxl hamohanglashib meni yeb bitirardi go'yo

Suga uning ko'zlaridan nigohini olib qochdi va uning qo'llaridan tutgancha eshik tomon Ari unga qarshilik qilmay aksincha itoatkorona uning ortidan yurayotganiga biroz hayratlandi ammo hozir bunday so'roqlarga berilish vaqti emas edi. U katta eshikning tepasiga osilgan ulkan soatga ko'z tashladi. Atigi 3 daqiqa tezlashish kerak

Suga bor kuchi bilan yugirishni istardi biroq Arining keng etagi va baland pochnali tuflisi bunga katta to'suq bo'lar edi.

Suga ortga qararkan Arining ham xuddi u kabi jon jaxdi bilan yugurishini ko'rib o'zi hoxlamagan holda yana o'sha savol hayoliga kelayverardi nega u hech bo'lmaganda qayoqqa deb so'roqlamadi

●●●

Aripov: Men o'zimda emas edim nega uning ortidan ketyapman nega uni ko'zlaridagi og'riqni his qilib unga ergashyapman bunda xatto o'zimda ham javob yoq edi. U mening qo'limdan tutganida yagona his qilgan narsam menga ozodlik erkinlik kerak. Men ishonardim u menga kerak hislarni va erkni bera olishiga. Biroq bu uning ortidan ketishimga javob bo'la oladimi yoki yoq bu o'zimga ham qorong'u. Men uchun ayni damda yagona ravshan narsa bu unga ishonishim kerakligiga bo'lgan ichimdagi allaqanday his edi

●●●

Ular deyarli eshikka yetgandi soat millari ham tungi 12 ni ko'rsatish uchun shaylanar Ari va Suga esa o'z xoliga qaytishdan qo'rqan Zolushka kabi soat millarining toxtovsiz yurishidan qochardi. Suga qadamini kattalashtirib zinalardan chiqarkan Ari allaqochon tuflilarini yechib tashlagandan biroz harakati tezlashdi biroq Suganing bu qadar tezligiga yeta harchand chiranmasin yeta olmayotgan edi.

●●●

Sgpov:Soatga qaradim 15 soniya vaqtimiz bor zina pog'onalari ham borgan sari kichrayib borarkan bazan Arining qo'llari qaysidr pog'onalarda mening qo'limdan uzulardi. Zinadan katta zalga qaradim hamma xursand hech bir ishdan xabari yoq poraxo'r va birovning haqqini yegani yetmagandek bayramda ham taomlanish uchun kelgan amaldorlar va mansabparast kimsalar turardi. Ularning orasida esa ha men uning sovuq va yoqimsiz basharasini unitishim mumkin emas edi bu Thomas ha bu o'sha. Dadam va oyimning qotili nafaqat ularning balki boshqa do'stlarimning ham hayotini barbot qilgan inson10 so'ngi pog'onalar. 9 yana ozgina. Shu vaqt biroz o'zimda erkinlik his qilib qo'limdan uzulgan qo'llarni payqamay eshikdan otilib chiqayozgandim biroq o'zimni o'nglashim bilan ortga qaytim Ari so'ngi pog'onada qoqilib o'rnidan turayotganini ko'rib unga qo'l uzatganimni bilaman biroq shu lahzada ikkinchi bir qo'limdan kimdir qattiq zarb bilan ortga tortti. Men o'zimni o'nglay olmay qoldim Arining menga uzatgan qo'llari va mayus ko'zlari so'ngi ko'rib eslab qolgan narsam shu edi.

Sgpov:Va birdan eshitilgan baland portlash tovushi va orqamda his qilgan kuyish og'rig'i tamom hammasi qorong'ulashib ketdi

●●●

1 yildan so'ng

Qorong'u xonaga Taehyung kelib ochgan pardalaridan so'ng u tutib turgan quyosh nuri bir oqimda xonaga yorug'lik taratti. O'ng kaftini chap kafti ustiga qo'ygancha yuziga yaqin olib kelib uxlab qolgan Suga kipriklarini pir piratgancha ko'zini ochdi

:Xayerli kun. Yaxshi dam oldingizmi. Mana nonushtangiz

Taehyung javoncha ustidagi patnisga va undagi quymoq hamda sharbatga ishora qildi

:Yana nimadir hoxlaysizmi

Suga indamadi yana o'ng kaftiga termuldi. Taehyung o'zini noqulay his etib u xonadan chiqarkan yana bir ortga qaradi. Nimadr demoqchi bo'ldiyu indamadi gapira olmadi.

Zal boshidan xomush kelayotgan Taehyungni ko'rgan Jessi ham biroz ux tortti

:Gapirmadimi

Taehyung indamadi shunchaki bosh chaqyqab gapini inkor qilishdon boshqasiga yaramadi. Oshxona ichiga kirib Jessining ortidan o'tti va belidan mahkam quchib yelkasiga boshini qo'ydi va shu on yig'lab yubordi

:Men juda afsusdaman. Naxotki kechira olmasalar naxotki bir bor imkon bera olmasalar. Vijdonim qiynalib ketti har kun bir xil tush ko'raman Ari va yong'in. Juda charchadim

Jessi ortga Taehyungga qarab o'girilib ikki qo'li orasiga uni yuzlarini olib tomchilagan ko'z yoshlarini artarkan

:Hoy hoy yig'lama senda ayb yoq eshityapsanmi senda hech qanday ayb yoq. U kechiradi kechiradi mana ko'rasan. Menga ishon

Jessi shunday deb Taehyungni mahkam bag'riga bosdi

:Ammo oradan 1 yil o'tti shu bir yil ichida menga na bir so'z ayttilar na bir qarab qo'ydilar. O'zmni uni oldida begona va ayblanuvchi shaxsdek his qilyapman. Balki o'shanda uni qutqarishga urinmaganim to'g'ri qaror bo'lgan bo'larmidi.

:Yoq yoq sen eng to'g'ri qarorni qabul qilgansan. Axir uni hayotini saqlab qolding. Yana meni ham. Meni ham Thomas familiyasidan xalos qilding

Ular ancha vaqt shunday turgach ortdan qadam tovushlari eshitildi. Har ikkalasi ham ortga qayrilisharkan Suganing qalin kiyinb ko'cha tomon otlanganini ko'rishdi. Suga hech br so'z demay uydan chiqarkan Taehyungning qo'llari uni toxtatib qoldi

:Hyun toxtang. Bilaman haligacha meni ayblaysz. Biroq szdan ziyotroq men o'zimni o'zim ayblayapman. Siz yolg'iz uning o'limiga meni ayblayapsiz biroq men u yerdagi har bir insonning o'limiga o'zimni ayblayapman. Balki unday qilmasligimiz kerakmidi degan fikrlar har kun har soat meni o'ylantiradi. Men...Men..haligi.....

Taehyung ortiq gapira olmadi gapini unuttimi yoki boshqa buni o'zi ham tushunmasdi. Va shu vaqt

:Rajdestvo muborak

Sugadan eshitgan bu gapini anglab ulgurmasi uning qo'liga bir kichik quticha kelib tushdi

:Bugun sevgi izxor qilish uchun juda chiroyli kun. Menimcha Jessining Thomas familiyasidan Kimga o'tish vaqti keldi

Suga shunday deb ko'z qisib jilmayib qo'ydi

Taehyung bu jilmayishdan juda sevinib ketgandi u beixtiyor kulib yubordi. Suga eshik tutqichiga qo'l uzatganda birdan ortidan kelgan katta qo'llar uni mahkam quchoqlab olganini his qildi

:Bo'ldi qani endi boraqol sevgiling kutib qoldi

Suga shunday deb Taeni o'zidan itarib yuzini burishtirdi va uydan chiqib ketti. U yurib borarkan o'sha kompaniya , o'sha kafee va o'sha yonib kul bo'lgan uy

●●●

Hamma joy ag'dar to'ntar har tarafda politsiya o't o'chiruvchi va shifokorlar yugirib yuribdi

:Bu qaysidir kompaniyaning qilgan qilmishi bo'lishi mumkin

:Aytishlaricha u yerda 8 ta kompaniyaning puli bo'lgan emish

:Exx qanchadan qancha kompaniya direktorlari bor ediya essiz

●●●

Va so'ngi manzil qabirlar orasida joylashgan yana bir qabir oldiga kelgan Suga ham jilmayib ham yig'lab yubordi

:Salom Ariyim. Ahvoling yaxshimi u yerda. Umid qilamanki shunday. Menda hammasi ajoyib.

Suga yana kulib qo'llarini bir biri bilam jipslashtirdi

:Bilaman ancha vaqtdan buyon kelmay qo'ygandim. Mendan xafa emasmisan. Ha albatta xafasan. Balki shunday kuttirib kelsam meno ursharmikansan deb umid qilgandim.

Suganing ko'zida Aylangan ko'z yosh vanixoyat Suganing yuzi bo'ylab yumalay boshladi

:Nega jimsan hech bo'lmaganda qayerda eding desangchi. Iltimos

Suga tizzalab qoldi. U yana eski voqealarni birma bir eslarkan Arining qabrtoshiga suyanib oldi va ichki yon cho'ntagidan viski olib chiqib uni ochdi. Va undan ho'plagancha yana o'ng kaftiga qaradi

:Qara kaftimdagi mana bu chandiq o'sha yong'indan qoldandi esingdami uning oldiga sening rasmingni chizdirdim. Ko'ryapsanmi qara shu yerda ham hammadan chiroyli va betakrorsan. Ortimdagi katta chandiq oldiag aslida chizdirmoqchi edim biroq yoq. Axir uxlaganimda sening rasming ustida qanday uxlashim mumkn. Biroq bu

U o'z kaftini katta ochdi

Doim men bilan bo'lado va istagan vaqtim buni ko'ra olaman. Ajoyib shunday emasmi

Men oldinlari baxt pulda deb o'ylar edim biroq endi menda qara pul bor juda ko'p pul. Biroq baxt yoq yani sen. Sen yoq dunyo esa menga kerak emas. Bilasanmi nega avvalroq sening oldinga bormadim. Balki aynan sen bu dunyoni tark etgan vaqtda men ham ketsam sen tushgan joyga tusharman ho'sh nima deysan

Suga shunday deb ortga qabr toshga tushirilgan Arining rasmiga qaradi

:Gapirmaysanmi. Ha yaxshi aslida sendan so'rab o'tiramanmi xix

Suga shunday deb yana viskini ko'tardi. U shu turishda ancha vaqt turdi soat millari 12 bo'lganini bildirib hamma joyda salutlar otilarkan afsuski Suga ham Ari ham bularni eshita olmasdi ko'ra olmasdi. Qabr qabr yonida chap qo'lida yakunlanmagan viski va o'ng qo'li yana har doimgidek yuzi yaqinida va yerda yotardi

●●●

:Janoblar akangizda hech bir kasallik bo'lmagan. Ochig'i bunday hodisalar kamdan kam holatta yuz beradi biroq yoq emas. Yani o'lishni juda istaydi yuragi urishini hoxlamaydi hayottan butkul uzilib o'z joniga qasd qilish bekatiga deyarli kelgan insonlarda bazan bunday hodisa ro'y berib turadi. Biz sovuqdan deb o'yladik balki xaddan ortiq ichilgan ichimlikdan biroq adashibmiz. Ming afsusdaman yana bir bor sabr tilayman

Bazi insonlar shunchaki sevadi bazilar esa butun borlig'i tanasidagi har bir mayda hujayra va tomirlarigacha bori bilan sevadi. Bunday sevgi shunday qudratga egaki Oqqushlar o'z juftining halokatidan so'ng uzoq yashay olishmagani kabi bazi ikki inson o'rtasidagi sevgi ham shunday yakun topadi. Balki ularda gunoh ko'p biroq sevgisi sof va pok