April 29, 2020

4-BOB RUHIY KASALLIKLARNING TASNIFLANISHI

RUHIY BUZILISHLARNING ETIOPATOGENETIK TASNIFI

• Darajasi bo‘yicha

• Etiologiyasi (sababi) bo‘yicha

• Kechishi bo‘yicha

Darajasi bo‘yicha

Psixotik (psixozlar) buzilishlar — ruhiyatning qo‘pol (dezintegratsiyasi) buzilishi, ruhiyat reaksiyalarning noadekvatligi bilan xarakterlanadi. Vasvasa, galyutsinatsiyalar, psixomotor qo‘zg‘alishlar psixoz alomatlari xisoblanadi.

Psixotik bo‘lmagan (nevrotik, nevrozsimon, psixopatsimon) buzilishlar— bu funksional, qaytar buzilishlar bo‘lib bunda ruhiy reaksiyalar haqiqatga mazmun bo‘yicha mos bo‘lib, ammo kuchi va chastotasi bo‘yicha mos kelmaydi. (Aqli pastlik holatlari (oligofreniya, demensiya)

Etiologiyasi (sababi) bo‘yicha

Endogen — xromosom kasallik nasliy kasallik yoki kasallikka nasliy moyilliklar, ularning patogenezi ichki, genetik mexanizmlarga bog‘liq bo‘lgan noaniq etiologiyali ruhiy xastaliklardir. Bularga shizofreniya kiradi

Ekzogen — bu kasalliklarda etiologik omil tashqi muhitdan taʼsir qiladi va organizm bilan o‘zaro taʼsiridan uning zararlanishiga olib keladi.

Psixogen — bunda sabab omil bo‘lib mikrosotsial (konflikt) ziddiyat, turli kuch va davomiylikdagi ruhiy shikastlanishlar hisoblanadi.

Somatogen (simptomatik) — bunda ruhiy kasallik sababi somatik kasallik hisoblanadi. Somatik kasallik organizm ichki muhitini o‘zgartiradi va bu muhit miya uchun patogen bo‘lib uning turli xil buzilishlariga olib keladi.

Dizontogeniyalar (oligofreniya va psixopatiyalar) — buzilish ontogenez jarayonida shakllanadi.

Kechishi bo‘yicha

Uzluksiz

  • 1 Xurujsimon

• Retsidivlanuvchi (qaytalanuvchi)

• Rekurrent

• Xurujsimon — progradiyent

• Uzluksiz kechishida kasallik doimo mavjud bo‘ladi:

• Progradiyent (zo‘rayib boruvchi),

• Statsionar (stabil, dinamikasiz),

• Regrediyent (sekin-asta yengillashishi va ruhiy salomatlikning tiklanishi bilan);

• Xurujsimon

- Fazali kechishi — ruhiy kasallik xurujlari to‘liq ruhiy

sog‘lik davrlari bilan almashinib turadi.

Bipolyar psixotik buzilishlar.

• Retsidivli (qaytalanuvchi) kechishi — asosiy simptomatika va o‘tkazilayotgan terapiya fonida davriy ravishda xurujlar paydo bo‘lib, ular qo‘shimcha simptomlar qo‘shilishi bilan kechadi.

Alkogol galyutsinozi.

• Rekurrent kechishi — davriy paydo bo‘layotgan, ko‘rinarli psixopatologik xurujlarning — remissiyalar, yaʼni vaqtincha ahvolining to‘liq yaxshilanish davrlari bilan kechishi. Shizofreniyadagi rekurrent xurujlar.

• Xurujsimon progradiyent (uzluksiz) — kasallik xurujlari remissiyalar bilan almashib turadi, ammo kasallik to‘xtovsiz rivojlanadi.

Shizofreniyaning xurujsimon — uzluksiz kechish turi.

Kechishi bo‘yicha

• Remissiya — surunkali kasallik belgilarining spontan yoki davolash natijasida vaqtincha sustlashishi yoki yo‘qolishidir.

• Retsidiv — kasallik belgilarining remissiyadan keyin paydo bo‘lishi.

KASALLIKLARNING XALQARO TASNIFI (KXT-Yu)

1)Organik ruhiy buzilishlar.

Bu buzilishlarning rivojlanishi bosh miyadagi morfologik buzilishlar bilan bog‘liq: keksa yoshdagi demensiya (aqliy zaiflik, BMJ asorati, miya tomirlari aterosklerozi).

2)Psixoaktiv vositalar isteʼmoli bilan bog‘liq ruhiy buzilishlar.

Alkogol, opioidlar, kokain, galyutsinogenlar, uchuvchan erituvchilar, tinchlantiruvchi yoki uxlatuvchi dori vositalar, tamaki va boshqa psixofaol moddalar isteʼmol qilish oqibatidagi buzilishlar. Buzilishlar yaqqolligi qamrovi juda keng (o‘tkir zaharlanishdan tortib aqliy zaiflikkacha) bo‘lishi mumkin. 36

3) Shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlar.

Bu guruhga shizofreniya qagorida unga ham klinik, ham irsiy yaqin bo‘lgan, nisbatan tinchroq kechadigan buzilishlar kiradi.

4) Kayfiyat buzilishlari.

Og‘irligi va kechishi turlicha bo‘lgan maniakal va depressiv buzilishlar

5) Stressga bog‘liq, nevrotik buzilishlar va samatoform buzilishlar.

Bu guruhga anʼanaviy nevrotik buzilishlar (bilan birga) qatorida stressga bo‘lgan o‘tkir reaksiya, jaroxatdan keyingi stressli buzilishlar (TKSB), adaptatsiya buzilishlari ham kiradi.

Samatoform (tana kasalliklarisimon) buzilishlar qatoriga tanadagi buzilishlarning subyektiv belgilari bilan kechuvchi, ammo obyektiv tekshiruv usullari yordamida tekshirganda o‘zgarish kuzatilmaydigan turli tuman buzilishlar kiradi.

6) axloq buzilishlari (fiziologik va fizik omillar bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar).

Uz ichiga ovqatlanish buzilishlari (asab anoreksiyasi va asab bulemiyasi), uyqu va jinsiy funksiya (agar ular qaysidir boshqa kasallik bilan bog‘liq bo‘lsa), tug‘ruqdan keyingi ruhiy buzilishlar va qaramlik chaqirmaydigan vositalarga ruju qo‘yish.

7) Yetuk shaxs buzilishlari va kattalarda xulq atvor buzilishlari.

Feʼl-atvorning turg‘un xususiyatlari — ular kuchli namoyon bo‘lganida adekvat o‘zini tutish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi.

Xulq-atvor buzilishlariga odatlar va (vlecheniye) xohishmayl buzilishlari (agar ular boshqa ruhiy kasallikdan kelib chiqmagan bo‘lsa), hamda jinsiy (perviziya) hulq-atvor buzilishlari kiradi.

8) Aqliy qoloqlik

Tug‘ma yoki erta yoshda shakllangan turg‘un psixik yetilmaganlik holati (avvalo tafakkur —intellekt tarafdan).

9) Ruhiy rivojlanish buzilishlari

Erta yoshda shakllanadigan, turli xil maxsus ko‘nikmalar (nutq, o‘qish, hisob va h.k)ning buzilishi yoki shaxsning aqliy qoloqlik bilan bog‘liq bo‘lmagan buzilishlari kiradi.

10) Bolalik va o‘smirlik davrida boshlanadigan emotsional va hulq-atvor buzilishlari.

Bularga bolalik davriga xos xulq-atvor va emotsional buzilishlar hamda (tikoz) harakat buzilishlarining baʼzi turlari, duduqlanish, enurez kiradi.

11) Aniqlik kiritilmagan ruhiy buzilishlar

Bunga 1) -10) punktlarga kirmaydigan ruhiy buzilishlar kiradi.

KXT9 VA KXT-10 ORASIDAGI FARKDAR

Farqi

KXT-10 — bu MKB-9 ning mantiqiy davomi.

KXT-10 tuzilish strukturasi asosiga sindromatik tamoyil qo‘yilgan

KXT-9 4ta blok , 3 belgili ruknlardan iborat

KXT-10 Nta blok 3 belgili ruknlar

Bloklar, ruknlar, kichik ruknlarga keng izoh berilgan

Farqi

• Bir qator ruknlar uchun 4 belgili darajada qo‘shimcha gradiatsiyalar nazarda tutilgan, u yetakchi simptom yoki sindromni, kechish tipi va shu kabilarni ajratishga imkon beradi.

• Xulq atvor buzilishlari keng va batafsilroq ko‘rsatilgan.

• Glossariy turli maktablarning psixiatrlari tomonidan ishlatiladigan tushuncha-atamali ashtaratini muvofiqlishtirishga qulay sharoitlar yaratadi.

• Tashxislarning asosiy qismi sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan mahalliy psixiatrik (narkologik) inshootlarida aniqlashtirish kiritishni talab etadi.

• Turli mamlakatlar mutaxassislari uchun murakkab emas, va uni qo‘llab diagnostik asoslashlarda konsensusga erishish mumkin.

• KXT-10 ning klinik tavsifi va tashxisiy qo‘lla.nmalari 22 tilga tarjima qilingan.

KXT10 DA GI YANGILIKLA R

1. Alkogol va boshqa moddalarni suiisteʼmol qilish kabi buzilishlarni toifalash usuli o‘zgargan.

3- belgili kodni suisteʼmol qilinadigan modda uchun,

4- belgi bu moddani suisteʼmol qilish tufayli kelib chiqqan sindromni anglatish uchun ishlatiladi.

2. Shizofrenik buzilishlarga kiruvchi kodlar guruhiga qo‘shimchalar kiritildi.

(Shizotipik buzilishlar va shizofreniyadan keyingi depressiya, o‘tkir psixotik buzilishlar guruhi ajratib chiqarilgan, “shizofreniya” atamasini turli tipda kechuvchi va unga taʼsir qiluvchi sabablarga (genetik, fizik, ijtimoiy va madaniy) bog‘liq ravishda yakunlanuvchi sindrom sifatida qabul qilish taklif qilingan.

3. Fiziologik disfunksiya va gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvor sindromlari birlashtirilgan va oqilona tashkil qilingan. Bu guruh buzilishlar tasnifi ular haqidagi yangi maʼlumotlarga, hamda somatik kasalxonalar va intoksikatsion psixiatriyaning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga moslab kengaytirilgan.

4. O‘z ichiga agressiv buzilishlarni oluvchi toifalar o‘zgargan.

Depressiv buzilishlarning tasnifi qayta guruhlangan va depressiya, maniya, bipolyar buzilishlarni qamrovchi toifalar turg‘un affektiv buzilishlarga kiritilgan. Rekurrent qisqa vaqtli depressiv buzilishni va aralash xavotirli-depressiv buzilishlarni kodlash uchun yangi toifalar qo‘shilgan.

5. Nevrasteniya tashxisi maxsus kodga ega

6. Madaniy-spetsifik buzilishlar — boshqa madaniyatlarga ko‘ra bir madaniyatda paydo bo‘ladigan holatlarni yeritish uchun ishlatiladigan atama.

7. Shaxs buzilishlari guruhiga yangi toifalar qo‘shilgan (qimor o‘yinlarga patologik moyillik)

8. Tasnifning bolalardagi ruhiy buzilishlarga oid qismlariga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ruhiy kasalliklar tasnifi bo‘yicha

nazorat savollari.

1. Ruhiy kasalliklarning qanday tasniflarini bilasiz?

2. Ruhiy kasalliklarning etiopatogenetik tasnifi nimaga asoslangan?

3. Kasalliklarning etiologiyasi bo‘yicha tasnifi qanday?

4. Ruhiy kasalliklarning etiopatogenetik tasnifida kechishi bo‘yicha qanday tasniflanadi?

5. KXT — 9 va KXT — 10 orasidagi farqlar qanday?

6. DSM — 4 tasnifi nimaga asoslangan?

7. KXT — 10 da ruhiy kasalliklar qanday bo‘lingan?

8. KXT tasnifining bosh tamoyili qanday?