Alkogolli vasvasaviy psixozlar uchrashi bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi. Barcha metalkogol psixozlarning 1% tashkil qiladi ( K.Achte). Erkaklarda ko‘proq uchraydi.
Gallyutsinozlar ko‘pchilik olimlar fikricha uchrashi bo‘yicha deliriydan keyin 2 o‘rinda turuvchi metalkogolli psixozlardir. Surunkali alkogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan psixik buzilishlar orasida gallyutsinozlar 5,6%dan 28,8%gacha uchraydi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 40-43 yosh. Ko‘pincha gallyutsinozlar surunkali alkogolizmning 10-11 yilida paydo bo‘ladi va ko‘proq ayollarda uchraydi.
Psixostimulyatorlar – bu markaziy asab tizimiga qo‘zg‘atuvchi taʼsir ko‘rsatadigan preparatlardir. Sog‘lom insonlarda bu preparatlar charchoqlik holatini bartaraf qiluvchi faollikka undovchi, subyektiv tetiklikni, aql tiniqligi va hushyorligi, harakatlar yengilligi va o‘z kuchiga, qobiliyatiga ishonch hissini ko‘paytiradi.