Xususiy_psxiatriya_narkomaniya_va_taksikomaniya
April 29, 2020

Alkogol gallyutsinoz

Matn muallifi: Dotsent Sharipova F.K.
Muharrir Rahmatullayev A.I.
M7

Gallyutsinozlar ko‘pchilik olimlar fikricha uchrashi bo‘yicha deliriydan keyin 2 o‘rinda turuvchi metalkogolli psixozlardir. Surunkali alkogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan psixik buzilishlar orasida gallyutsinozlar 5,6%dan 28,8%gacha uchraydi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 40-43 yosh. Ko‘pincha gallyutsinozlar surunkali alkogolizmning 10-11 yilida paydo bo‘ladi va ko‘proq ayollarda uchraydi.

Kechishi bo‘yicha 3 turi farqlanadi:

  • o‘tkir
  • cho‘zilgan (protragirlangan) va
  • surunkali.

O‘tkir gallyutsinoz. Ko‘pincha vahima, paranoid tayyorgarlik va vegetativ-somatik simptomlar, ayollarda yana depressiya fonida shakllanadi. Kam holatlarda gallyutsinoz ketma-ket bosib ichish (zapoy) ni oxirgi kunlarida paydo bo‘ladi. Gallyutsinozning farqli belgisi - autopsixik va allopsixik mo‘ljalni (oriyentirovka) saqlanganligidir. Odatda gallyutsinatsiyalar kechki vaqt, uyquga ketishdan oldin va kechasi paydo bo‘ladi. Avval epizodik akoazma va fonemalar keyinchalik verbal gallyutsisinatsiyalar bo‘ladi. Verbal gallyutsinatsiyalar mazmuni boshida bemor uchun neytral mazmunga ega bo‘ladi. Bemorlarda tanqid bo‘lmaydi. Ko‘pchilik bemorlar qayerdan ovoz kelayotganini topishga harakat qilishadi. Keyinchalik vahima, qo‘rquv, o‘zini yo‘qotib qo‘yish fonida ko‘p xar xil insonlarning ovozlarini eshitadi. Bu ovozlar urishadi, haqoratlaydi, qo‘rqitadi, ayblaydi va bemorning oldingi va xozirgi xayotidagi qilgan ishlarini muhokama qilishadi. Psixozning boshlang‘ich davrida “taʼqib qilish”, ”ayblash” vasvasa g‘oyalari shakllanadi va bu fikrlar verbal gallyutsinayalar mazmuni bilan uzviy bog‘liq. O‘tkir alkogolli gallyutsinoz variantlariga o‘tkir gipnagogik verbal gallyutsinoz ham kiradi. Uyquga ketishdan oldin sodda va mazmuni bo‘yicha neytralverbal gallyutsinatsiyalar kuzatiladi (aloxida so‘zlar, kuy, uzuq-yuluq gaplar). Uyg‘onganda gallyutsinatsiyalar yuqoladi, tushkun-vaximali kayfiyat ustun bo‘ladi. Psixoz bir necha kundan oshmaydi. Bundan tashqari o‘tkir abortiv gallyutsinoz, yaqqol vasvasali o‘tkir gallyutsinoz, deliriy bilan birgalikda kuzatiladigan o‘tkir gallyutsinoz bo‘lishi mumkin.

    • Psixik avtomatizm bilan kuzatiladigan o‘tkir gallyutsinoz. Ko‘pincha ideator psixik avtomatizlar kuzatiladi. Avval fikrlar ochiqligi, yaʼni “ovozlar” bemordan oldin nima xaqida uylaganini yoki aytmokchiligini bilishadi. Keyinchalik mentizm kuzatiladi. Sensor avtomatizmlar xam kuzatilishi mumkin.
  • Cho‘zilgan (protragirlangan) gallyutsinoz. Davomiyligi 1 oydan 6 oygacha, o‘tkir alkogolli gallyutsinozni boshlanishidan keyin depressiv buzilishlar qo‘shiladi. Qayg‘uli tushkun kayfiyat, o‘zini ayblash vasvasa fikrlari bilan birga kuzatiladi. Orqaga qaytishi sekin astalik bilan affektiv buzilishlardan boshlanadi.
    • Surunkali gallyutsinozlar. Barcha gallyutsinozlar ichida 4,7-5,3%ni tashkil qiladi va kam uchraydi. G.Benedetti kuzatishlari bo‘yicha psixoz boshlangandan keyin 6 oy o‘tgach gallyutsinoz yukolmasa demak bu surunkali kechish. 3 varianti farqlanadi: 1.vasvasasiz surunkali verbal gallyutsinoz 2.vasvasali surunkali verbal gallyutsinoz 3. Psixik avtomatizm va parafren vasvasali surunkali gallyutsinoz.
    • Vasvasasiz surunkali verbal gallyutsinoz. Eng ko‘p uchraydigan surunkali verbal gallyutsinozlardan bir necha shaxslardan to‘xtamasdan eshitiladigan chin verbal gallyutsinatsiyalar. Dialog shaklida ham bo‘lishi mumkin. Mazmuni asosan bemorning kundalik qilgan ishlari, gaplari, harakatlari va xohishlarini kinoyali, zaharxandalik va hatto buyruq va qo‘rqitish asnosida bo‘lishi. “Ovozlar” bemorning kechayu kunduz tinch qo‘ymaydi, uning barcha mayda chuyda ishlarigacha aralashadi. Boshida bemorlar ular bilan muloqotga kirishadi, tortishadi, urishadi, gap qaytaradi, norozilik bildiradi, hatto atrofdagilardan yordam so‘rab bahsga qo‘shilishini so‘raydi. Keyinchalik bemorlar bu “ovozlar” bilan yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu bemorlarning tashqaridan o‘zini tutishi tartibli va oddiy. Ular nafaqat maishiy hatto ayrim xolatlarla kasbiy ko‘nikmalarini bajaradilar. Kasalligini tan oladilar. Surunkali verbal gallyutsinozlar orqaga qaytish xususiyatiga ega (reduksiyaga)
    • Vasvasali surunkali verbal gallyutsinoz. Asosan vasvasalar mazmuni “issiq-sovuq”, “jodu” va ichkilik bilan bog‘lik qilgan nojo‘ya ishlariga jazo bo‘lishi mumkin. Bu bemorlarni vaqtinchalik bu vasvasa fikrlaridan qaytarish va bu fikrlar kasallik sababli kelib chiqqaniga ishontirish mumkin. Alkogolni qabul qilmaganda psixoz “qotib” kolishi va pozitiv buzilishlar asta sekin reduksiyalanishi mumkin. Bemorning xulqi buzilmagan, ijtimoiy moslashuvi u yoki bu darajada saqlangan bo‘lishi mumkin.
    • Psixik avtomatizm va parafren vasvasa bilan kechadigan surunkali verbal avtomatizm. Eng kam uchraydigan surunkali gallyutsinoz turi. Bu turining ham asosiy belgisi chin verbal gallyutsinatsiyalardir. Keyinchalik ichkilikni qayta qabul qilganda va kasallik xurujida boshida epizodik va vaqt o‘tishi bilan turg‘un psixik avtomatizm simptomlari qo‘shiladi. Avval eshitish psevdogallyutsinatsiyalari, fikrlar ochiqligi, mentizm shaklidagi ideator avtomatizm. Taʼsir qilish vasvasalari ham kuzatilishi mumkin. Keyinchalik eshitish psevdogallyutsinatsiyalarning va vasvasa g‘oyalarning mazmuni megalomanik mavzu tomoniga o‘zgarishi mumkin. Bu holatlarda bemorlar o‘zlari xaqida kelajakda ijtimoiy va moddiy tomonga axvollari o‘zgarishiga ishonishadi (“men general, ministr bo‘laman” “shohona kvartiraga ega bo‘laman). Va shu bilan bir qatorda bemorda sekin organik o‘zgarishlar kuzatiladi
  • Nazorat savollari:
  • 1. «Alkogolli gallyutsinoz» tushunchasiga taʼrif bering.
  • 2. Alkogolli gallyutsinoz tayanch simptomlarini ajrating.
  • 3. Psixik avtomatizm va parafren vasvasa bilan kechadigan surunkali verbal gallyutsinoz klinikasi.