Alkogol psixozlar. Alkogolli vasvasaviy psixozlar.
Muallif: Dotsent Sharipova F.K. Muharrir: Rahmatullayev A.I. M-8
Alkogolli vasvasaviy psixozlar uchrashi bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi. Barcha metalkogol psixozlarning 1% tashkil qiladi ( K.Achte). Erkaklarda ko‘proq uchraydi.
Vasvasa g‘oyalarning mazmuni bo‘yicha quyidagi turlari ajratiladi: alkogol paranoid va alkogol rashq vasvasasi.
Alkogol paranoid
(alkogolli taʼqib qilish vasvasasi) asosan abstinent davrida paydo bo‘ladi, ayrim hollarda "zapoy"da. Baʼzida avval qisqa muddatli vahima, verbal illyuziyalar kuzatiladi. Ko‘picha psixoz to‘satdan boshlanadi. Birdaniga hech qanaqa ikkilanish va shubhalarsiz bemor to‘la va keskin ishonch bilan uni kimdir jismonan yo‘q qilmoqchiligiga ishonadi. Atrofdagi har bir inson “dushman va jinoiy guruh aʼzosi” deb bilad. Bemor diqqat bilan atrofidagi har bir insonni yuz ifodsini, harakatlarini, o‘zini tutishini, gap so‘zlarini kuzatadi va bu uni o‘ldirish maqsadida orqasidan uyushtirilgan kuzatuv deb hisoblaydi. Hatto ularning qo‘lida pichoq, cho‘ntagida to‘pponcha yoki arqon kabi sovuq qurollarni ko‘radi. Bemor ko‘rayotgan “qurollar” tegishli mazmunda eshitayotgan gap-so‘zlar (verbal illyuziyalar) bilan tasdiqlanadi. Taʼqib qiluvchilarni benor mutlaqo tanimaydi. Bu jarayonlarning barchasi keskin qo‘rquv, vahima va asabiylik bilan kechadi. Harakatlari ko‘proq impulsiv bo'lib, bemorlar berkinishga, qochishga urinishadi. Qochish maqsadida hayotiga xavfli bo‘lsa ham ketayotgan transportdan sakrashi, sovuq bo‘lishiga qaramasdan yengil kiyinib qochishi yoki o‘ziga tan jaroxat yetkazishi mumkin. Boshqa holatlarda o‘zini himoya qilish uchun to‘satdan tashlanishi mumkin. Ko‘p holatlarda himoya so‘rab militsiya yoki boshqa davlat idoralariga murojaat qilishadi. Kechi payt va tunda ayrim deliriyga xos simptomlar va verbal gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. O‘tkir alkogol paranoid bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi.
Alkogol rashq vasvasasi
(alkogolli paranoyya) alkogol shaxs tubanlashishi (degradatsiyasi) belgilari bor paranoyal feʼl atvorli insonlarda shakllanadi. Yetuk yoshga xos vavasa. Boshlanishida rashq g‘oyalari epizodik va faqat mastlikda yoki abstinentsiyada kuzatiladi. Turmush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘pol, qo‘rs,”talabchan” munosabati xaqiqatdan er-xotin o‘rtasida sovuqqonlik va uzoqlashish kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida bemorda alkogolli ekssesslardan tashqari xam xiyonat, turmush o‘rtog‘ining bevafoligi mazmunida o‘ta qimmatli g‘oyalarni kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Bu bosqichda rashq shubxalarini pasayishi yoki kuchayishi real va psixologik tushunarli sabablarga bog‘liq. Bu davrda bemorlarda disforik affekt ustun bo‘lib, ular rashq gumonlari kuchayganda turmush o‘rtoqlarini juda kuchli so‘roq qilib, sodir qilgan xiyonatni sabablarini va mayda ikir chikir detallarini aniqlashga va oliyjanoblik qilib aybini bo‘yniga olsa kechirishi mumkinligini aytishadi. Kasallik zo‘raygan sari hech qanday real sababsiz turmush o‘rtog‘ining bevafoligiga turg‘un, va bu fikrning noto‘g‘riligiga ishontirib bo‘lmaydigan vasvasa shakllanadi. Va bu vasvasa bemor tomonidan turli xil noo‘rin, murakkab xiyonatni fosh qiluvchi kuzatish, tekshirish usullarini ishlab chiqishi bilan kuzatiladi. Natijada “o‘ynashni” bemor aniqlaydi. Odatda bu turmush o‘rtog‘ining atrofidagi tanish bo‘lgan va ancha yosh inson bo‘lib chiqadi. Bemor turli idoralarga “ayolining bu yo‘ldan qaytarish”, ”oilani saqlab qolish” kabi talablar bilan murojaat qiladi. Psixozning murakabblashishi turli yo‘nalishlarda rivolanishi mumkin. Masalan vasvasa monomavzuda davom etib, retrospektiv bo‘lishi mumkin, yaʼni “ayolim menga ko‘p yillardan beri bevafo, farzandlar xam meniki emas”. Boshqa holatlarda bemorlarda “moddiy ziyon” vasvasasi (“ayolim barcha topib kelgan pullarni o‘ynashiga sarflashini, oiladagi vazifalarini unutganini va faqat xiyonat qilish bilan ovoraligini”), “issiq-sovuq”,”jodu”,”zaharlash”(“mandan qutulmoqchi”) vasvasasi kuzatiladi. Zaharlash vasvasasida bemorlarda vahimali-tushkun kayfiyat ustun bo‘ladi va ayoliga nisbatan tajovuzkorlik va zo‘rlik harakatlari kuzatiladi. Agar ichkilik davom etaversa psixoz simptomlari nafaqat kuchayadi balki tajovuzkorlik va zo‘ravonlik harakatlarini oshish xafvi ko‘payadi. Kasallik uzoq yillar mobaynida davom etishi mumkin. Kam holatlarda tashqi tartibli xulq bo‘lsa xam rashq vasvasasi bo‘ladi va bu bemor to‘satdan avvaldan tayyorlangan suiqasdni sodir qilganda yuzaga chiqadi. Ayrim holatlarda rashq vasvasasi o‘tkir alkogolli psixozlardan (deliriy va gallyutsinozdan) keyin boshlanishi mumkin. Chunki ko‘rish va verbal gallyutsinatsiyalarda bemor ayolining xiyonat qilayotgan sahnalarini ko‘radi. Bu rezidual, ko‘pincha mazmuni o‘zgarmaydigan va sekin asta ahamiyatini va hissiyotga boyligini yo‘qotib borayotgan vasvasalardir.