"Unut"
Yomg‘ir derazaga baralla urayotgan kechalardan biri edi. Yn o‘z xonasida yotib, shiftga tikilgancha jim o‘ylardi. Hayoti unga begona, bo‘m-bo‘sh tuyulardi. Maktabda hech kim unga hech qachon “qalesan” demagan, hech kim yoniga kelmagan. U har kuni bir xil manzarani ko‘rar, bir xil darslardan qaytar, bir xil tarzda hech kimga kerak bo‘lmagan odamdek yashardi.
Uning eng yaqin suhbatdoshi — o‘z fikrlari edi.
Va o‘sha fikrlar ham unga ba’zan og‘ir, ba’zan sovuq bo‘lib tuyulardi.
“Men shunchaki… yo‘qman shekilli,” deb pichirladi u yarim qo‘rqinchoq, yarim achinish bilan.
Tashqarida shamol uvillab, uning yakkalangan ruhiga qo‘shilgandek edi.
Ko‘ngli ezilib, ko‘zlari ohista yumildi. Va u uxlab qoldi.
Ammo bu uxlab qolish — oddiy uyquning quchog‘i emas, taqdirning kuchli zarbasi edi.
Yn birdan sovuq tuproq manzarasiga tushib uyg‘ondi. Ko‘zlari asta ochilganda, atrofida butunlay begona dunyoni ko‘rdi. Qalin yog‘och devorlar, sham yorug‘i tebranayotgan g‘alati chiroq, eski to‘qimachilikdan tikilgan adyol… Havo sovuq, hid esa g‘alati ediki — tutun, yomg‘ir va yer hidi aralashib turardi.
U o‘rnidan turdi. Qadam bosganida oyoqlari ostida g‘adir-budir toshlar g‘ijirlab ketdi.
“Bu… qayer?” dedi ovozi titrab.
Tashqariga chiqqanda, uning ko‘z oldida 1700-yillarga xos manzara ochildi. Odamlar eski libosda, aravalar, quritilgan o'tlar osilgan derazalar, uylar yonida otlar bog‘langan… O‘sha paytda u tush ko‘ryapman deb o‘yladi. Ammo yuziga urilgan shamol sovug‘i real dunyodan-da o'tkir edi.
Kichik uylarning biri oldida turgan qo‘pol yuzli ayol unga tikildi.
— Sen kimsan qiz?
Yn hech narsa deya olmadi. U qayoqqa kelib qolganini, bu qanday sodir bo‘lganini bilmasdi. Ayol shubhali ko‘zlar bilan unga qarab turdi, so‘ng yengidan tortib olib ketdi.
Shu tariqa Yn boyvachchaning uyiga xizmatkor sifatida “ijaraga olishdi”.
Gapirmaydigan, jim, yuvosh qiz kerak edi. Yn aynan shunday edi.
Uning kunlari shu bilan boshlandi: tongda turish, suv tashish, hovlini supurish, choy tayyorlash, qozon yuvish, yana-yana-yana…
Dunyo uni bu yerda ham eshitmas, hech kim unga qarab jilmaymasdi.
Faqat tunda u osmonga tikilib, o‘z zamonini eslardi. “Uyga qachon qaytaman?”
Ammo osmonda ham javob yo‘q edi.
Bir necha hafta shunday o‘tdi. Va bir tong, qishloq ahli eshik oldida yugurib, shoshilib yana nimadur deyishardi. Yn suv tashib o‘tayotganda, qo‘lida tog‘orasi bilan to‘xtab qoldi. U atrofga quloq soldi:
— Qirol kelyapti!
— Saroyning o‘zi shu yerga tusharmish!
— Hammamiz saf tortamiz!
Odamlar hovlilarni yig‘ishtirib, yo‘llarni tekislab, kiyimlarini to‘g‘rilab yugurgancha yurishardi. Ynni ham safga tizib qo‘yishdi. U boshini egib turganida, uzoqdan otlarning tovushi sekin-sekin eshitila boshladi.
Qora va oltin rangda bezatilgan himoyachilar kelishardi. Ularning oldida esa ulug‘vor qiyofali bir yigit — Qirol Tae. Uning nigohi sokin, ammo o‘tkir edi. U boshqalar kabi gavjumga emas, odamlarning ruhiga qarayotgandek edi.
Tae xizmatkorlarni bir-bir kuzata boshladi.
Ynning navbati kelganda, qiz boshini ko‘tarmadi, qo‘llari titrab ketdi. Ammo Tae unga birinchi bo‘lib boshqacha qaradi. Bir lahza davom etgan qarash ateşdek issiq edi. Yn sezdi — qirol boshqacha nigoh bilan unga tikilayotgandi.
— Bu qiz kim? — dedi u xotirjam.
— Janob, u yangi xizmatkor. Jim, qo‘rqoq, lekin juda aniq ishlaydi, — dedi uyning egasi.
Tae bir lahza jim qoldi.
— Uni saroyga olib ketamiz.
Bu so‘zlar Yn uchun yana bir tushdek tuyuldi, ammo oradan bir necha soat o‘tib, u o‘sha oltin bezakli saroyga kirib borganida — hayotining yana bir bo‘limi ochilib ketdi.
Saroy.
Bu joy Yn ko‘rgan har qanday narsadan kattaroq, sovuqroq, go‘zalroq edi. Undagi har bir qadam tovushi baland eshitilar, har bir deraza ortida bir sir yashayotgandek edi.
Unga yangi kiyimlar berildi: oqish, soddaroq, lekin toza xizmatkor liboslari.
Unga qoidalarni o‘rgatishdi: saroyda baland gapirmaslik, qirolga tik boqmaslik, so‘roq qilinmasa, javob bermaslik…
Yn bir necha kun davomida saroyda yo‘l topishni ham bilmay yurdi. Saroy yo‘laklari ko‘lankaga o‘ralgan, juda keng, juda jim edi.
Ba’zan yolg‘iz o‘tirish uchun saroy bog‘ining eng chekkasiga borardi. Bir kuni u yerda kichkina mushukchani topdi — sovuq va qo‘rqqan.
— Oh, bechora… — dedi Yn.
Uni qo‘liga olib, bag‘riga bosdi. Mushukcha yoniga tiqilib oldi.
Unga “Miu” deb ism qo‘ydi.
Miu — Ynning bu dunyodagi birinchi, balki yagona do‘sti edi.
U shunday kunlardan birida Miu bilan birga o‘tirgan paytda saroy yo‘lagidan sekin qadam tovushi eshitildi. U qaramasdan o‘tiravergan edi, ta qadar ki, qadamlar juda yaqin kelib to‘xtadi.
Yn boshini ko‘targanida, uning oldida Qirol Tae turardi.
Yuragi bir lahza “tuk” etib to‘xtagandek bo‘ldi.
Tae unga qaradi. Qizning qo‘ynida mushukcha, lablarida juda yengil tabassum bor edi — saroyda hech kimda ko‘rmagan tabassum.
— Mushukchagami? — dedi Tae sokin ovoz bilan.
Yn qo‘rqib, bosh egdi.
— Ha… janob.
Tae bir qadam yaqinlashdi, o‘tirgan holiga sekin cho‘kdi.
Miu uni ko‘rib, mayin “miyav” deb qo‘ydi. Tae kulimsirab mushukcha boshini siladi.
— Ismi bormi?
— Miu…
— Chiroyli.
Bu suhbat ularning birinchi suhbatlari edi.
Va shu kuni Tae unga boshqacha qarashni boshladi.
Saroy bo‘ylab yurayotganda, u Ynni ko‘rsa, salom berardi. Yoki to‘xtab, biror gap aytardi.
Bu saroy odamlari orasida ko‘pchilikka g‘alati tuyulardi: qirol xizmatkor bilan gaplashadimi?
Kunlar o‘tib, Tae uni ko‘proq qidiradigan bo‘ldi.
Saroy bog‘ida uchrashish — ularning odatiga aylandi.
Bir kuni ular bog‘dagi eski yog‘och supada yonma-yon o‘tirishardi.
Tae qo‘lida kitob o‘qiyotgan edi, Yn esa Miu bilan o‘ynab o‘tirardi.
Shamol barglarni shaldiratib o‘tar, quyosh daraxtlar orasidan ularning ustiga nur to‘kib turardi.
— Yn, — dedi Tae birdan uning ismini aytib.
Yn seskanib unga qaradi. Qirolning ovozi qadar sokin, ammo ichiga kirib boruvchi ovoz yo‘q edi.
— Sen bu yerda… ba’zida juda yolg‘iz ko‘rinasan.
Yn nigohini olib qochdi.
— Men… odatdaman.
— Yo‘q, — dedi Tae. — Men yolg‘izlikni taniyman. Sen o‘zingni shunchaki yashirmoqchisan.
Yn uning ko‘zlariga qaradi. Shu qarashda juda ko‘p gap bor edi — lekin aynan nima ekanini tushunolmasdi.
Birdan Tae o‘z kitobini yopdi va qizga uzoq tikilib turdi.
So‘ng hech qanday ogohlantirishsiz uning yuzidan mayin chimchilab qo‘ydi.
Ynning ko‘zlari katta ochildi.
— J-janob?
Tae jilmaydi.
— Shunchaki.
— Nega?
— Nima uchun emas?
Shu payt Miu ham “miyav” deb qo‘ydi va ular birinchi marta birga kulishdi.
Bu kulgu Ynning hayotida birinchi bor yuragini yorib o‘tgan nurday edi.
O‘sha kundan boshlab ular orasidagi masofa har safar biroz qisqarib bordi.
Tae unga ishonardi. Uning oldida maska kiyishni unutardi. Ba’zan saroy yo‘laklarida uni ko‘rib, to‘xtab suhbat qurardi.
Yn esa asta-sekin qirolga ko‘ngli bog‘lanayotganini sezmaslikka harakat qilardi.
Ammo yurakni alday olmadi.
Ular bir kuni yomg‘ir ostida hovlida qolib ketishdi. Yog‘ingarchilik kuchayib, shamol barglarni uchirib tashlayotgan payt edi.
Tae qizga yaqin turib, boshini past egdi.
— Yn, sen… meni qo‘rqityapsan.
— Nega?
— Chunki men sen bilan gaplashsam — saroy yo‘qligini his qilaman. Qirol emasman, oddiy yigitman.
Ynning yuragi o‘sha payt ham titrab ketdi, ham isib ketdi.
Kunlar davom etdi.
Qo‘riqchilar ham, xizmatkorlar ham bu yaqinlikni payqay boshlashdi.
Lekin Tae buni yashirmadi. Ynni tez-tez yoniga chaqirar, bog‘dagi yurishlarga olib chiqar, ba’zan kechasi saroy shiftining baland derazalari ostida shunchaki sukutda turardi.
Yn esa kun sayin o‘zini bu dunyoga tegishli his qila boshlardi.
U endi yolg‘iz emasdi.
Ammo saroyda sevgi — bu hech qachon tinch yo‘l bo‘lmagan.
Bir kuni saroyning katta zallaridan birida tantanali e’lon qilindi:
Qirol Tae turmushga chiqadi.
Xizmatkorlar orasida g‘ala-g‘ovur boshlandi.
Yn qo‘lidagi idishni tushirib yuboray dedi. Yuragi shu yerning o‘zida bo‘shab tushdi.
Tae unga o‘sha kuni ko‘rinmadi.
Bir necha kundan keyin ham ko‘rinmadi.
Go‘yo qizdan uzoqlashishga majbur bo‘lgandek edi.
Lekin kunlardan bir kun kechqurun Tae uni bog‘da topdi.
Yn saroy devorining soyasida o‘tirib, Miu bilan gaplashayotgandi.
Tae sekin borib, uning yoniga o'tirdi.
— Meni kechir, — dedi u qiyin nafas bilan.
Yn boshini ko‘tarmadi.
— Siz qirolsiz, janob. Men xizmatkorman. Hammasi joyida.
— Yo‘q, joyida emas. Men seni… sen bilan bo‘lgan vaqtlarimni… — u so‘z topa olmadi. — Men seni unutolmayman.
Ynning ko‘zlariga yosh keldi.
— Chunki siz ham yolg‘izsiz, Tae.
Ular bir-biriga juda yaqin edilar.
Tae qo‘llarini uzatmoqchi bo‘ldi, ammo shu payt uzoqdan soqchilar chaqirdi.
Qirol orqasiga qaradi — kelishayotgan odamlar ko‘p edi.
U Ynni oxirgi marta ko‘zlari bilan chaqirib, shivirladi:
— Men seni unutmayman.
Saroyda to‘y tayyorlanayotgan kunlarda, Yn hech kimga ko‘rinmay yurardi.
U Miu bilan eng chekka xonaga kirib, u dunyoga qaytish istagi bilan tinimsiz yig‘lardi.
Ammo taqdir yana o‘z yo‘lini tayyorlagan edi.
To‘ydan ikki kun o‘tib, saroy darvozalari oldida qo‘ng‘iroqlar chalina boshladi.
Havoda qo‘rquv, shamolda qahrarazor xabar kelardi:
Urush boshlangan edi.
Saroy tebrandi. Qo‘riqchilar yugurardi. Ayollar bir-birini quchoqlab yig‘lardi.
Yn odamlarning orasida yugurib, nima bo‘layotganini tushunmasdi.
Tae zirhli libosda ko‘rindi — qahrli, lekin qat’iy.
U jangga otlanayotgan edi.
Ko‘pchilik uni kuzatib turdi, lekin Yn ko‘zlarini yashira olmadi.
Tae otga minganida, ko‘zi chetga o‘tdi — Ynni ko‘rdi.
O‘sha lahzada atrofdagi shovqin, olomon, urush ovozlari hammasi yo‘qdek bo‘ldi.
Faqat ikki nigoh qoldi.
Tae bir zum turib qoldi, yonidagi qo‘riqchilar uni chaqirayotgan bo‘lsa ham to‘xtadi.
Bu qarash — ayriliqning eng og‘ir oniga to‘g‘ri kelgan qarash edi.
Yn unga qarab pichirladi:
— Omad sizga yor bo‘lsin…
Tae esa so‘zsiz bosh egdi.
Va otini chopib, jang tomon ketdi.
Yn jauharli saroy devorlariga qarab yig‘lab yubordi.
Dunyo yana bir bor uni ko‘rsatdi — sevilgan joy ham, ayriliq ham shu yerda edi.
U shu yerda qoldi.
Nigohlari osmonga qadaldi.
Miu uning bag‘riga yanada qattiq tiqildi.
Va taqdir hali tugamagan hikoyaning varaqlarini sekin aylantirishda davom etardi…