☆☆shou☆☆
Osmonda millionlab yulduzlar porlaydi. Ammo ularning eng yorqinrog‘i ham ba’zida qorong‘ulik ichida yo‘qoladi. Shunday yulduzlardan biri — Kim YN.
U sahnada jilmayar, kameralar uni sevardi. Ammo bu jilmayishlar ortida 8 yil davomida yig‘ilib kelgan og‘riq, stress va yashirin ko‘z yoshlari bor edi. BLACKPINK bilan birga u dunyo miqyosida mashhurlikka erishdi, biroq shu mashhurlik uni asta-sekin yemira boshladi.
8 yil davomida heytlar har kuni yuragini tirnab keldi. “U iste’dodsiz”, “U faqat ko‘rinishi bilan tanilgan”, “U boshqa a’zolardan farqli” — bu so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarda har kuni, har daqiqa ostin-ustin bo‘lardi. Kim YN ularni o‘qimaslikka harakat qilardi, ammo odam yuragi o‘qimasdan ham og‘riydi.
Entyertainmentdagi muomala ham yuragini ezardi. Unga qo‘pollik qilishar, xatolari uchun keskin tanqid qilishar, dam olishsiz ishlashga majbur etishardi. Hatto uning kasal kunlarida ham "professional bo‘lish" kerak degan niqob bilan, sahnaga chiqishga majburlashardi.
U kechalari yolg‘iz qolganida ko‘zlarini yumib, oddiy hayotni orzu qilardi — uyda sokin tong, sevgi bilan kutib oluvchi kimsa, va o‘zi bo‘la oladigan joy. Ammo bu orzular faqat xayollarda edi. Haqiqiy hayotda u hattoki tinch nafas ola olmasdi.
Asta-sekin bu stresslar tanasida ham aks eta boshladi. U tez-tez bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, hatto sahnada hushini yo‘qotish xavfiga duch kelar edi. Hech kim buni bilmasdi. Faqat kamera ortida titrayotgan qo‘llari, darddan qaltirayotgan lablari — yolg‘iz guvohlar edi.
Ammo baribir u yuqori pog‘onalarda turardi. Uning kuchi, matonati va irodasi unga imkon berardi dunyoni zabt etishga. Faqat... bu dunyo uni asta-sekin o‘ldirayotganini hech kim ko‘rmasdi.
Yulduz bo‘lish — bu faqat porlash emas. Bu qorong‘ilik ichida ham yonib turish. Va Kim YN bu qorong‘ilikda yolg‘iz edi.
Kim YN, o‘zining yulduzlik hayotining eng og‘ir bosqichlaridan biriga qadam qo‘ydi. Har kuni tanqidlar, heytlar va qolaversa, o‘ziga qarshi kurashlar bilan yashayotgan bu qiz o‘zining birinchi solo qo‘shig‘ini chiqarishga qaror qildi. "Ehtimol, bu meni yangi bosqichga olib chiqadi", deb o‘yladi u. Yulduz bo‘lish uchun uni boshqa hech narsa to‘sib qo‘ymaydi.
Sahnada go‘zal libosda, qalbida umid va qo‘rquv aralashib, yengil nafas olib, birinchi qadamini tashladi. Bu kunda u o‘zi bilan kurashishga qaror qilgan edi. Har bir harnish qadam, har bir raqs, har bir qo‘shiq – bu uning yulduzlikka qadam qo‘yishi uchun so‘nggi imkoniyat edi.
Ammo... YN sahnaga chiqqanida, kutganini topa olmadi. Yuziga nurlar to‘kilgan paytda, tomoshabinlardan birorta ham iliq qarash yoki qo‘llab-quvvatlovchi ovozlar eshitilmadi. Aksincha, shovqin va xiralik ichida, kimdir uning tomon qarab haqoratli gaplarni aytib turardi.
Qora akoenni qo‘llarida ushlab, u tomoshabinlarga qarab, raqsni davom ettirarkan, kimdir uni to‘satdan baqlashga otildi. Uning qizil-yashil shamlardan biri uni aniq maqsadga olib borib, o‘sha kuchli zarba yuziga tegdi. YN kutilmaganda raqsni to‘xtatib, yuzini qinab qo‘ydi, shu zahoti ochiq ko‘zlari qorong‘ilikni ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ammo bu hujum to‘xtamadi. Odamlar uni haqorat qilayotgan holatda, qolgan muhlislar ham bo‘shlig‘idan foydalanib, YNning yuziga, tana qismlariga nima topishsa, shuni otishda davom etishdi.
Raqsning davomida YN go‘yo bir o‘ziga chiqib, jarohatlarga ko‘nikdi. Biroq, sahnani tark etish niyatida emas edi. U jarohatni his qilmay, faqat raqsini davom ettiradi, yana qattiqroq. Har bir harakati bilan o‘zi uchun ma’nosiz bo‘lgan bu olamni bekor qilishga harakat qiladi. Har bir muhlis yuzidagi bema’nilik, odamlarning ko‘zlaridagi achinish va g‘azab uni yanada kuchliroq qiladi. Sahnada uning nafas olishida ham og‘riq bor edi. Ammo bu barchasini u his etmasdi, chunki uning yulduzlik orzusi u uchun hamma narsadan muhim edi.
Kim YN sahnada jarohatlangan va buzilgan holda, oxirgi notani aytib, qo‘shig‘ini tugatadi. Ammo so‘nggi ohangda uning oyoqlari yerdan uzilib, u yerga qulab tushadi. Bu hammasi ortda qolib, u bir necha soniya davomida faqat o‘zining ichki og‘riqlari bilan kurashadi.
Va nihoyat, u hushidan ketadi.
YN o‘zini yangi, noma’lum bir joyda topdi. Ko‘zlarini ochganda, shifoxona xonasida edi. Atrofidagi barcha odamlar xursand, lekin bu qizga faqat bir narsa kerak edi – dam olish, tinchlik, va o‘zining haqiqiy kimligini topish.
Dunyo uni qanday kutganini, qanday yulduz ekanligini hozir o‘ylamasdi. U o‘zini tinchlantirgan, o‘ziga tiklanayotgan bir zumda nafasini olishga harakat qildi.
Bu hodisa K-pop tarixida hech qachon uchramagan — barchasi ko‘zlarini yumib, bu voqeani jimgina kuzatar edi. Kim YNni chinidan sevganlar, uni achchiqlangan tomoshabinlardan himoya qilishni xohlashar, ammo faqat shifoxona xonasida, u tinchlanishga va o‘zini qayta tiklashga imkon bulishi mumkun.