October 15, 2025

"Stars" 1 - qism

Taqdir ularni birlashtirdi
(Joy: Seul, “KARWA” Xalqaro San’at Festivali)
Seul osmonida kechki quyosh g‘oyib bo‘lishga shoshilayotgan edi. Havo iliq, ammo yuraklar ichra g‘alati titroq sezilardi. Shaharning markazida joylashgan ulkan sahna, jahon bo‘ylab mashhur san’atkorlarni kutib olgudek charog‘on edi. "KARWA" — bu oddiy festival emasdi. Bu – yuraklar tilida so‘zlovchi san’at namoyishi, ko‘zga ko‘rinmaydigan tuyg‘ular tilida bitilgan doston edi.
YN — O‘zbekistonlik yosh raqqosa, Karwa festivalining eng kutilgan mehmonlaridan biri edi. U bolalikdan yuksak san’at orzusida o‘sgan, hayot unga og‘ir darslar bergan, ammo u hech qachon orzularini tashlab ketmagan edi. U Seulga ilk bor kelgandi. Shahar unga begona, biroq yuragiga juda yaqin tuyulardi.
O‘sha kun… hayotini o‘zgartirib yuboradigan kun edi.
Festival sahnasi ortida tayyorgarlik avjida. Har kim o‘z joyida, ammo YN jim. U musiqa ovozini eshitmayotgandek edi. Atrofdagi shovqinni unutgan. O‘z fikrlariga g‘arq bo‘lgan.
— “5 daqiqa qoldi!” — deb qichqirdi bir koordinator.
YN chuqur nafas oldi, yelkalari titradi. Ko‘zlarini yumdi. “Bu mening onamga, bolaligimga, va yuragimdagi iztirobga bag‘ishlangan raqs,” deb o‘ziga pichirladi.
To‘g‘ri oldida joylashgan dressing xona eshigi ochilib, kimdir yugurib chiqdi. Tasodifan YN bilan to‘qnashib ketdi.
— “Aytaman dedim-ku, ehtiyot bo‘l…” — YN orqasiga o‘girildi. Va so‘zlari tamom bo‘lmasidan, ko‘zlari U bilan to‘qnashdi.
Kim Taehyung.
BTS a’zosi. Koreyaning yuragi. San’at, harakat va sirli sokinlik timsoli.
Ular bir zumga jim bo‘lib qolishdi. Go‘yoki vaqt to‘xtagandi. Faqat yuraklar urayotgandek. Sekin, og‘ir, chuqur.
Tae unga tikildi. Ko‘zlarida bir savol. Qiziqish, tanishlik… yoki hatto allaqanday og‘riq.
YN yuragida nimadir siljib ketdi. Go‘yoki kimdir o‘tmishdagi yaralarini sekin bosib o‘tdi.
— “Siz... raqqosasizmi?” — dedi Tae, ohangida hayrat bor edi.
YN jilmaydi:
— “Ha. Balki men raqqosa emasman. Balki men — o‘z izini san’at orqali izlayotgan bir qalbman.”
— “Qiziq...” — dedi Tae, go‘yoki o‘zini unutgancha. “Sizda... nimadir bor.”
Ular atrofdagi shovqinlarni eshitmasdi. Orada raqqosalar yugurar, texniklar zo‘r berib mikrofon sozlardi. Biroq ular — ikki begonadek, ikki yulduzdek to‘qnash kelgan edi.
— “Men sahnaga chiqishim kerak,” — dedi YN ohangda sezilarli hayajon bilan.
— “Men ham...” — dedi Tae, lekin ko‘zini uzmasdan.
YN orqasiga o‘girilib ketdi. Lekin yuragi og‘irlashgan edi. Go‘yoki u ko‘zlarini undan uzganda, o‘tmishdagi bir parcha o‘chgan, lekin taqdir qayta yoqib yuborgan edi.
Oqshom. Karwa festivali ochildi. Olomon hayqiriqlari, musiqalar, charog‘onlik — hammasi bir-biriga aralashib ketdi. Sahna tepasida yirik harflarda:
“Love. Pain. Fire. Hope.”
YN sahnaga chiqdi. Ko‘zlarini yumdi. Va raqs boshlangandi.
Ammo uni tomosha qilayotganlar orasida bir juft ko‘z — Taehyungning ko‘zlari — har bir harakatini ich-ichidan sezayotgandek, ichki og‘rig‘ini his qilayotgandek edi. U bu qizni birinchi marta ko‘rdi, lekin yuragi uni allaqachon tanigandi.
Va o‘sha kuni, ular bilmas edi — bu tanishuv nafaqat muhabbat, balki fojia, kurash, azob va oxirgi nafasgacha davom etadigan sevgi tarixining boshlanishi edi…