October 15, 2025

"Stars" 2-qism

Yashirin sevgi va sinovlar
Festivaldan keyin shahar yana o‘z odatdagi hayotiga qaytdi. Ammo YNning hayoti butkul o‘zgargan edi. Uning ko‘z oldida hamon Tae turar, go‘yo ko‘zlariga singib ketgandek.
U kechqurun mehmonxonadagi oynaga tikilib, o‘zidan so‘rar edi:
— “Nega men buni yuragimda bunchalar his qilyapman? Nega men uni eslashdan to‘xtay olmayapman?”
Tae ham xuddi shunday holatda edi. U o‘zining mashg‘ulotlari orasida, mikrofon tutgancha, ko‘zini devorga qadab turardi. YN raqsga tushgan sahna, uning yuragini larzaga solgan harakati, ovoz chiqarmasdan yig‘layotgan ko‘zlari — hammasi hali ham uning ongida jonli edi.
Oradan uch kun o‘tdi. Va to‘satdan, YN telefoniga notanish raqamdan xabar keldi:
“Men seni yana ko‘rmoqchiman.”
YN bir zum hayron bo‘ldi. Ammo yuragi bu satrni yozgan odamni allaqachon tanib ulgurgandi.
— “Bu… Tae…”
U javob yozishga ikkilanar edi, lekin yuragi uni aldolmadi.
“Qaerda?” — deb yozdi.
O‘sha oqshom, Seulning sokin kafelaridan birida, orqa bog‘ ichida, kichik fonaralar ostida ikki qalb yana yuzma-yuz turardi. Ular ko‘p narsa demadi. Faqat ko‘zlar gapirdi.
— “Men seni sahnada ko‘rganimda… yuragimda nimadir yorilgandek bo‘ldi,” — dedi Tae ohista.
— “Men seni ko‘rganimda… hayotimda birinchi marta o‘zimni kuchsiz his qildim,” — javob berdi YN.
Bu uchrashuv — rasman boshlanish edi. Ular har hafta, yashirin ravishda, uchrashishni boshlashdi. Oddiy joylarda. Oddiy so‘zlar bilan. Lekin har bir qarashda, har bir jilmayishda, yuraklar tobora bog‘lanib borardi.
Tae uni ko‘cha bo‘ylab olib yurardi, maska va kepkada. Ko‘zlaridan boshqa hamma narsa berkinar edi, lekin ko‘zlar… ular hech qachon yolg‘on gapirmasdi.
Ammo ular nafaqat muhabbatni, balki uni yashirish og‘irligini ham ko‘tarishardi.
Bir kuni YN telefonida noma’lum akkauntdan izoh paydo bo‘ldi:
“Biz seni kuzatyapmiz. Tae’ni undan uzoqroq tut.”
Avvaliga bu bir shunchaki g‘iybatdek tuyuldi. Ammo bu birinchi emasdi. Keyingi kunlar davomida bir nechta tahdidli xatlar, ko‘cha kameralari oldida suratlari, hatto mehmonxona oldida qora avtomobil. YN xavotirlanar, lekin Tae’ga aytolmas edi. Chunki ularning orasi endigina tiklanayotgan, niholdek zaif bo‘lgan.
Shu paytda BTS agentligi ichida ham g‘iybatlar tarqala boshladi. “Tae kim bilandir uchrashayapti. O‘zgarib qolgan. Ko‘zlarida bir boshqa olov bor.”
Bir kechada YN bilan Tae Han daryosi bo‘yida o‘tirishgandi. Osmon toza, yulduzlar porlab turar edi. Lekin YN yuragi siqilardi. U ko‘zlarida yosh bilan unga qaradi:
— “Tae… biz bu yo‘lni davom ettira olamizmi? Axir men oddiy odamman. Sen esa yulduz. Senga hech kim meni mos deb hisoblamaydi…”
Tae sukut saqladi. So‘ng, asta sekin unga yaqinlashdi, qo‘lini tutdi va dedi:
— “Sen mening ko‘zimdagi yulduzsan, azizam. Ular osmonimni yoritadi, lekin sen yuragimni.”
YN ko‘zlarini yumdi. Qo‘rquv hali ketmagan edi, ammo muhabbat uni qurshab olgan edi. Ular bir-birining qo‘lini mahkam ushlab turishdi. Go‘yo bu dunyoda faqat ular bor. Va hech qanday tahdid, hech qanday g‘iybat, hech qanday yomonlik ularning o‘rtasiga kira olmas edi… hozircha.
Ammo osmon hamisha yoritmaydi.
Ertalab YN mehmonxonasining eshigi ostiga bir xat tashlab ketilgan edi. U ochdi.
Yuragi muzlab ketdi.
“O‘sha kechani rohatda o‘tkazganingdan xursandmiz. Bu sening so‘nggi quvonching bo‘ladi.”
Ko‘p o‘tmay, bu qorong‘u soya YN hayotini ostin-ustin qilib yuboradi.
Lekin bu — 3-qismda…