Taqrizlar
January 30, 2021

Taqriz: Erkin A'zam. Navoiyni o‘qigan bolalar

23-yanvar kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Erkin A'zamning "Navoiyni o‘qigan bolalar" asari uchun yozilgan taqrizlar. 

Hikoyani bu yerda onlayn o‘qing

Taqriz 1

Muhabbat !
Bu ko‘hna dard, bu ko‘hna tuyg‘u...

Muhabbat sharobini totib ko‘rgan borki, bu tuyg‘uning samimiy, go‘zal, yuraklarni simobdek qaltiratadigan o‘ziga xos hissiyotlar chashmasi ekanligini yaxshi tushunadi. Bugungi muhokama qilinadigan hikoyamiz ham qaysidir ma‘noda muhabbatning takrorlanmas lahzalarini yodga soladi.

Hikoyamiz qahramonlari ikki ma‘shuq va bir ma‘shuqa. Bu tuyg‘uni biz erish deya olmaymiz. Aksariyat sevishgan qalblarda shu kabi "sevgi uchburchagi" paydo bo‘ladi. Ammo, ma‘shuqaning ko‘ngli kimda ekanligi aniq bo‘lsa, murosaga hojat yo‘q...

Hikoyamizning eng samimiy nuqtasi deb ikki ma‘shuqning Hazrat Navoiy g‘azallari orqali bo‘lgan bahs-munozara desak adashmagan bo‘lamiz. Ayni shu lahzalarda ular o‘rtasidagi sodda raqobat ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda, yigit (ismi keltirilmagan) Janobni o‘ziga raqib deb bilmas edi. Chunki, uni o‘zi bir ishni mustaqil qila olmaydigan, doim kimnidir do‘stiga o‘ralashib yuradigan, dovdir "navoiyshunos" deb hisoblardi...

Hikoyamizning biz bilgan yana bir nuqtasi bu o‘tgan asr mobaynidagi adolatsizlikning ochiq yoritib berilgani desak adashmaymiz. Ming afsuski, yaqin o‘tmishda ajdodlarimiz meroslari ustida chuqur izlanish olib borish juda qaltis ish hisoblangan. Shunga qaramay, Janobning Hazrat Navoiy ijodiga bo‘lgan muhabbati uni bu yo‘ldan qaytmaslikka undadi. Ming afsuski, muhitning adolatsizligi sabab xayrli ish nihosiga yetmadi, va qahramonning boshiga kulfatlar keltirdi...

Ehtimol, o‘sha paytlarda bunday ijodga bo‘lgan muhabbat qadrlanmagandir, ammo, bugungi kunda har bir yosh-u qari, har bir Alisher Navoiy avlodi bo‘lgan shaxs qahramonimizdan ibrat olsa arziydi.

@gulzina_Ikromovna

Taqriz 2 Jonga yo‘q ko‘nglimdin-u , ko‘nglimga yoq jondin xabar Alisher Navoiy


Erkin A‘zamning ushbu ‘‘Navoiyni o‘qigan bolalar‘‘ asarida ulug‘ shoir va uning ma‘naviy me‘rosini o‘rganishga bel bog‘lagan iste‘dod egasining fojiaviy yakun topgan taqdiri tasvirlangan .
Asarda uch insonning his -tuyg‘ulari ochib berilgan . Bular : Malika , Janob , ismi noma‘lum yigit . Janob Alisher Navoiy ijodi uning asliyatini o‘rganishga kirishgan hazrati inson edi .
Asar yangi yil kunidagi bayramdan va uning so‘ngidagi ikki yigitning Malika uchun ko‘rsatgan jonbozliklaridan boshlanganidan bilishimiz ham mumkinki bu qiz ikki yigit uchun aziz va mukarramdir . Asar mazmunidan bu uch qahramonnning kursdoshlar ekanligi bilinib turibdi.
Malika ro‘yxushlik bildirgan yigitning ismi keltirilmaganligining o‘ziga xos sababini o‘z nuqtayi nazarimdan kelib chiqqan holda quyidagicha izohlamoqchiman: Asarda Malika - yori aziz , Janob - oshiq , ismi noma‘lum yigit - raqib kabi ramziy obrazlarda tasvirlangan. Nomi berilmagan yigit ishq bobida Janobga ag‘yor, raqib hisoblanadi . Mumtoz adabiyotda, g‘azallarda raqibning shaxsiyati , uning tuyg‘ulari haqida fikr yuritilmaydi. Yor o‘zga oshiqqa dil bergach Janob ul zot tanlagan yo‘ldan yurmoqlikni tanlab yorsiz yolg‘iz yashamoqni ixtiyor etdi. Uning fojiasi aeroportda Samarqandga ketolmay samolyotdan qolib ketishidan boshlandi. Asarning aynan mana shu o‘rnida ilm - u donish sohibi bo‘lgan insonlarga nisbatan bee‘tiborlik, homiylik qilmaslik , ko‘mak bermaganliklari ayon bo‘ladi .
Janob oxir bu qayg‘u-alamlardan azaliy va pok hayot tomon yo‘l oladi.

Mahliyo

Taqriz 3


Bu asar qisqa bo'lsada, mazmunan hayotiylik va falsafaga boydir.
Har bir kishi bu olamni òz qarichi bilan òlchaydi. Shunga monand men ham bu asar haqidagi taassurotimni bayon etaman:
(voqealar rivoji hammaga ma'lum, xulosaga òtaman)
Vaqt òtishi bilan, hayotiy xulosalatimiz tizginlashib, xarakter kasb etadi. Bizni hayollarimizni band etgan narsalar - hayotimizni band etishi tayin. Ikki talabaning xarakteridagi farq, ularning sevgidagi raqobati natijasini keltirdi. Ammo hayot mazmuni shuki, har qanday holatni ham yaxshi tomonini kòra olgan odam baxtlidir. Balki Janob dunyoga òzidek qaraydigan juft topishi mumkin edi. Ammo bu olam dardiga asirlik, shaxsga siģinish kayfiyati bilan uyģunlashdi va muqarrar halokatga olib keldi. Albatta har kim hayotini xohlagandek òtkazmoqqa haqlidir. Ammo biz - jamiyatning bir bòlagimiz va hayot tarzimizning ham jamiyatga ta'siri bordir. Albatta, Alisher Navoiy buyuk mutafakkir ekaniga shubha yòq.
Ammo òz obròsi,hayoti va hatto joniga putur yetkazgan kishini, men aslo Navoiyshunos demas edim. U misralarni yod etdi, ammo mazmunni ilģamadi. Kishiga siģinish insoniyat uchun hamisha xatarlidir. Chunki eng yaxshi inson ham gunohlardan holi emas. Buyuklar bisotidan bahra oling va òz nuqtai-nazaringizga ega bòling. Shunda sizga ham buyuk bòlish imkoni yaralur.)

Kimki bir kòngli buzuģning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, ka'ba vayron bòlsa obod aylagay. Alisher Navoiy

Сухан Фармонов

Taqriz 4

Navoiy, Xamsa, Navoiyshunos .
Kichkinagina hikoyaning bunchalik taʼsiri katta boʻladi deb oʻylamagan edim . Bosh qahramon - hamma uni savdoyi , Navoiyshunos deb biladi . Lekin hech kim uni ozgina boʻlsa ham qalbiga , haqiqatlariga , dunyo qarashiga eʼtibor bermaydi . Menimcha Janobiddin Sayfiddinovni aybi boshqalarga oʻxshamaganligida . Boshqalardek jim yurmaganligi , Navoiyni tanib , tanitishga harakat qilganligida . Janobiddin obrazi oʻquvchini koʻzini ochadi lekin hayron ham qoldiradi . Masalan u kurashishga , sevishga harakat qilishi mumkin edi . Navoiyga oʻxshashga shu darajada harakat qildiki hatto real hayotdan uzilib qoldi . Navoiyning gʻazallari , Navoiyning hayoti ... Sevgisini ochiq aytishdan voz kechdi ,( Lekin uning bu ishida mardlikni koʻrishimiz mumkin. ) hayoti uchun kurashishga harakat qilmadi . Toʻgʻri , tuzum yomon boʻlgandir , davlat siyosati shuni talab qilgandir lekin ichki ishlar xodimlari , shifokorlarga , yaqinlariga aytishi mumkin edi haqiqatni . Oʻzining haq - huquqi uchun kurashishi mumkin edi . Bilmadim . Janobiddin Sayfiddinovni qoralash niyatim yoʻq. Balki men boshqacha fikrlayotgandirman . Nima boʻlganda ham shunchaki oʻlib ketmasdan Navoiy ijodini oʻrganishda davom etishi , oʻsha sirli qo'llanmani asrashi , kelajak uchun harakat qilishi kerak edi . Balki u oʻzini oʻzi oʻldirmagandir . Balki uni oʻldirishgandir . Toʻgʻri-da oʻsha vaqtlarda davlatga "savdoyi Navoiyshunos " kerak emasdi . Paxta yetishtiradigan dehqonlar kerak edi . Navoiyni tanimaydigan , bilmaydigan oddiygina xalq kerak boʻlgandir. Balki oʻsha qoʻlyozma sabab Janobning hayoti izdan chiqqandir . Xulosani esa oʻquvchining oʻzi chiqaradi .

Hikoyani oʻqiyotgan vaqtim ushbu misralar koʻz oldimga kelaverdi :
Boshginamga ag'anagan, katta tog'lar, alvido! Men ketarman hasratlanib, ruhi sog'lar, alvido! Bu dunyoning sho'r ishiga navnihollar tebraning, Esliroq bog'boni yo'q, qoldi bog'lar alvido!

Asqar Qosim

Dilnura Yuldosheva

Taqriz 5


Erkin A'zamning "Navoiyni o'qigan bolalar" asari
Asosiy qahramonlar: Janob(Sayfiddinov), hikoyachi
Qahramonlar: Malika, taksichi, Malikaning onasi va boshqalar.


Janobni haqiqiy "Navoiyshunos" olim desam adashmagan bo'laman menimcha. Uning Hazrat Navoiyga bo'lgan muhabbati jusa yuqori. Bu muhabnat uni Malikadan kechishga ham olib keldi. Afsuski, buni hech kim tushunmadi va bu muhabbati oxirida fojia bilan yakunlandi. U Hazrat Navoiyga muhabbati bilan bu dunyodan tark etdi.
Menga bu asar ichida yoqqan onrazlardan biri bu- taksichi obrazi bo'ldi va unga to'xtalib o'tishga qaror qildim.
Hazrat Navoiyni bilgan o'quvchilardan pul olmagani, taksichining oliyjanobligi va Hazrat Navoiyga bo'lgan mehridan dalolat.


Xulosa. Menda bir savol tug'ildi. Hozirgi kunda Janob kabi "Navoiyshunos" olimlar bormikan?! Taksichilar kabi oliyjanob insonlar bormikan?! Menimcha, kam bo'lsa ham bunday insonlar bor. Bunday insonlar haqiqiy "oltin" insonlar. Biz ham ularga o'xshashga harakat qilishimiz kerak deb o'ylayman. Hazrat Navoiyga bo'lgan mehrimiz ham yuqori bo'lishi kerak deb o'ylayman.


Nazarova Jasmina

Taqriz 6

Jong'a zulmingni nechakim ko'ngil istar, oncha qil,

Men cheka olg'oncha demon, sen qila olg'oncha qil. (Hazrat Mir Alisher Navoiy)

Hikoyani o'qib chuqur o'yga toldim. Bir qancha savollar, hozir ham hayolimda gir aylanib yuribdi. Bugungi kunimizda "Janob"dek "navoiyshunos"lar bormi? Hazrat Alisher Navoiy zamonida yashayotgan, uning mazmun mohiyatini anglab yetayotgan va boshqalar uchun ham anglashga yordam berayotgan "Janob"lar atrofimizda yetarlimi? Yoyinki, bu avlod Hazrat Alisher Navoiyni faqatgina "Navoiy" sifatidagina taniyabdimi?
Bu avlod faqatgina, "qo'shiqnavis ulug'ining muxlisi, muxlisi ne, sadoqatli quli"mi? Yoki...?
Shu va shunga o'xshash savollarni mulohaza qilar ekanman, xotirimdan "Janob"dek bir qancha to'qima va hayotiy qaxramonlar gavdalandi. Ularning barchasining taqdiri bir bo'lmasada, ayrimlariniki o'xshash bo'lgan. "Yana o'sha mirg'azablar, yana o'sha oq xalatli norpolvonlar, yana em... Keyin..."
Hikoyadan anglashilishicha, "Navoiyni o'qigan bolalar" o'sha davrdayoq barmoq bilan sanarli bo'lgan. Bunga yozuvchining o'zi ham ishora qilib o'tgan. Bugungi kunimizdagi holat esa, deyarli barchamizga ayon. Mir Alisher Navoiyning asarlarini mohiyatini anglab yetish tugul, uni ochib ham qo'ymaymiz. Harzat Alisher asarlari kutubxonalarda, uylarimiz javonlarida va afsuski xontaxta "oyoqlari" ostida chang bosib yotganligi bor gap. Hikoya tafsilotlariga to'xtab o'tirmadim. Voqealar va qaxramonlarni bugungi kunimizga mengzash foydaliroq deb bildim.
Lekin bir holatni ta'kidlab o'tish o'rinli: -"Janobning taqdiri ayanchli bo'lsada, u o'zining tengdoshlari, kursdoshlari, keyinchalik hamkasblari va hattoki siz-u, biz tuya olmayotgan hislarni tuydi. Haqiqiy Navoiyshunos bo'la oldi."
"Janob"dek Navoiyshunos bo'ling, aqalli shunga intiling!

Iskandarbek Nurulloh

Taqriz 7


Bu hikoyada Erkin A'zam Mir Alisher Navoiy qanchalik buyukligini, har kim ham qadriga yetadigan insonlar kamligini, topilavermasligini keltirgan. ''Hazrati Navoiyni'' oqigan bolalardan pul olmaymiz deb yuqori baho bergan shofiyor oramizda bilimli talabalar borligidan quvongan.Mir Alisher Navoiyni òqigan insondan hech qachon yomonlik chiqmasligini yetkazmoqchi bòlgan. Janobiddin Sayfiddinov ''Navoiyshunos'' talabalardan bòlgan.Janob Hazrati Navoiyni shunchalik chuqur òrganadiki turkiy tillar asaochisi,uning hayoti, kuchli ģazallar, asarlar muallifini balki u oddiy odam emas avliyodir, degan xulosaga keladi.Hattoki Mir Alisher Navoiydek toq òtishni ixtiyor qiladi, sevgisini hech kimga izhor qilmaydi. Dòstlari unga ''Janobiddin Savdoi'' deb laqab qòyishadi.Afsuski bundan keyin hech kim uni qòllamaydi chunki afsuski kòpchilik odamlar Lorka, Ximenes,Uitmen, Neruda ruhida yashayotgan odamlardir.Janob Navoiy ruhida yashaganligi uchun haqiqatni aytishdan qòrqmaqydigan haqiyqiy òzbek ògloni bòlgan. Afsuski biz Janobdek ilmli, oriyatli, ma'naviyatli insonlarni qadriga yetmaymiz, bilimlaridan foydalana olmaymiz,ustidan kulamiz,telba deymiz va telba qilamiz...
Mehr kòrguzdim, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromijone topmadim.

Lola

Taqriz 8


Kim ko‘rdi ekin jahonda oyo xushliq To bir kishi aylagay tamanno xushliq Yuz yilda agar bir o‘lsa paydo xushliq Omodadurur yonida yuz noxushliq


Erkin Azam bu asarni bejiz "Navoiyni o‘qigan bolalar" deb atamagan chamamda ,agar bu hikoya faqatgina Janobga va uning navoiyga monand shaxs ekanligiga xos bolganda asar bunday nomlanmagan bo‘lar edi. Asosan bu hikoya Janob va uning dos‘tiga atalgan .Bu Noviy asarlarini oqigan va turlicha qabul qilgan insonlar qissasi.Aslida Janob juda aqilli bo‘lmasada Navoiyga ixlosi o‘zgacha edi va shuning uchun ham u haqda gap ketsa hatto Navoiy ismini yakka aytishga qo‘ymasdi . U do‘stining yoqtirgan qiziga oshiq edi lekin buni bildirmaslikka harakat qilardi . Shunday kunlarning birida dosti bilan janob Malikani uyiga kuzatib qoyishadi hammasi shu damdan boshlanadi desam mubolag‘a bo‘lmaydi .Ular uzoq urinishalrdan so‘ng bir mashinani tutib yo‘lga otlanishadi shu dam ikki dost o‘rtasida Navoiyxonlik boshlanadi to ular manzilga yetgunga qadar shu alpoz ketdilar lekin manzilga yetgach ular ayrilishdi. Malika va do‘sti birga Janob esa yakka o‘zi shu damda Janob qizdan kopngil uzgan bo‘lsada unutmadi. Navoiy kabi toq o‘tishni ahd qildi . Vaqtlar otib Malika sevganiga yor boldi , Janob esa Navoiyshunoslikka yanada cho‘mib ketti u atrofdagilarga telbanamo korinar ,fikrlarini ham u hatto navoiyga boglaydigan boldi va oxir oqibat uni aqldan ozgan sanab ruhiy kasallar shifohonasiga tushirdilar . Janobning bu holga tushishiga uning o‘zi aybdormi yoki boshqalarning dunyoqarashimi nomalum .Lekin shu narsa malumki har qanday asarni yoki yozuvchini inson o‘ziga siymo bilishda chegara va me‘yor ,eng birinchi o‘rinda togri talqin va tatbiq zarur . Janob ham Navoiy siymosini o‘ziga talqin qildi ammo har bir davr oz etikasi va estetikasiga egadir. Avvalambor barchamiz bunday his tuygularni qadrlab,men ham shunday bo‘la olaman degan taqdirimizda ham inson faqat oldinga intilib yuksak iz qoldira oladi orqaga intilib emas.....
Bu mening fikri ojizim ,har kim o‘z dunyosi bilan fikrlaydi ,balki Navoiy bobomiz ham bizdek hayotda tinch yashab ijod qilishni orzu qilgandir lekin bu bizning davrimiz va shunday bo‘lib qoladi

Anvarjonova Nozima

Mutolaada bo‘ling:

https://t.me/e_kutubxona