Taqriz: Amina Shanliko'g'li. "Imomning maneken qizi"
30-yanvar kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Amina Shanliko'g'lining "Imomning maneken qizi" asari uchun yozilgan taqrizlar.
Taqriz 1
"Imomning maneken qizi"
Turkiya kichik qishlog‘ining imomi, uning oilasi va jonajon qizi Fotimaning taqdiri, hayot yo‘llari orqali bugungi juda ko‘p davlatlardagi vaziyatlar, ikkilanayotgan yoshlar taqdiri ifodalangan ushbu asar og‘riqli nuqtalarni yodga soladi.
Inson qanday bo‘lmasin o‘zligidan, asliyatidan voz kecha olmaydi. Qanday vaziyatda yashasa ham insoniyligini unutmasa bas. Nega Fotima chinakam botqoqqa bota olmadi? Unga nimalar qarshilik qildi? Muhit, do‘stlar, niyatidagidek hayot axir hammasi uni jirkanchga botishiga tayyor qilingandiku?! Shunchaki uni qonida asl musulmon insonning qoni oqmoqda. Xuddiki tilladek botqoq ichida ham botqoq rangiga kira olmayapti. Aslida juda ko‘p insonlarning ichida xuddi shunday ikki inson yashaydi. Ular o‘rtasida tinimsiz kurash sodir bo‘ladi. Ba'zilar xuddi Fotimadek "chap" tarafni tanlashadi. Ular ham qachondir yorug‘likka qaytishar. Lekin o‘sha yorug‘likkacha o‘talgan masofalar, yillar o‘ylantiradi meni. Yo‘qotishlar juda qadrli insonlaringiz bo‘lsa bag‘ringizni tilka-tilka qilganingiz-da keraksiz bo‘ladi. Asarda qahramonlar ko‘p. Ularni salbiy ijobiyga ajratish yaxshi emas. Har birining o‘z yo‘li, o‘z haqiqati bor. Hammasi o‘z hayoti uchun kimdandir o‘ch olmoqchi, yoki kimdir qaytmoqchi. Ammo muhimi qaytish, to oxirigacha bormasdan. Shu paytgacha asarlarda u muammo bo‘lmaganda bu voqea bo‘lmas edi, degan fikrdan yiroq bo‘lganman. Aybni izlash va ayblash oson, uni hamma ko‘ra oladi. Ammo aybga sabab aynan nima, vaziyat qandayligi ko‘p narsani ochib bera oladi.
Fotimam, nahot sen hayotni yarqiroq deb o‘ylading, nahot asl hayot doimo avaylangan holda bo‘linishini tushunmading? Sen bu dunyosi faqir, u dunyosi muhtasham bo‘lgan otangning mehrini qo‘rqoqlik deb tushunding? Onangning mehridan o‘z manfaating yo‘lida foydalanding? Ammo sen qayerda bo‘lma imomning qizi ekanligingni, Fotima ekanligingni unutmading.
Asarda juda ko‘p islomni bilmagan va tushunmagan insonlar duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatib o‘tib ketilgan: uydan qochish, aldanish, asliyatini o‘zgartish... Ammo islom qanchalar go‘zal. Agar tavba qilsang, tushunsang, anglasang sen yana qayta ulug‘lanasan.
Asarda juda ko‘p ajoyib fikrlar bor. Lekin asarni yakunlagach shu fikrlar yodimga keldi:
"Meni menda demang menda emasman,
Bir men bordir menda mendan ichkari".
Jamiyatda Fotimalar ko‘p, ammo xursand bo‘la olamizki, Yoqub imomdek otalar biz uchun chinakam Fotimalarni tarbilalay olishadi.
Barcha "maneken" lar Fotimaligiga qaytsin...
Nozima Yunusova
Taqriz 2
"Imomning Manekin qizi" asarini mutolaa qilib rosti oʻta taʼsirlanib ketmadim. Odatiy hayot tasvirlangan oddiy asar kabi qabul qildim. Lekin menga eng qiziq tuyulgani undagi Manekin soʻzi va uning nega qoʻllanilgani. "Manekin" deya yozuvchi jamiyatda oʻz fikriga ega boʻlmagan va hayotda nimaga intilish kerak u, nimadan qochish shu masalalarni bilmagan odam haqida yozgandek goʻyo. Asarning har bir qahramoni ularning ichki kechinmalariga toʻxtalish niyatim yoʻq.
Menga asar ustiga qurilgan gʻoyalar qiziqroq. Undagi ilk gʻoya inson qanchalik atrofidan iymon bilan oʻralmasin undagi yovuzlik yoʻqolib qolmaydi va u doim isyonga tayyor. Ikkinchi gʻoya esa inson uchun farzand hayotida yo mukofot, yo sinov, yo halokatdir va bu mutlaq oʻsha insoning tarbiya uchun tanlagan yoʻliga bogʻliq. Uchunchi gʻoya esa hech kim qanchalar yovuz boʻlmasin seni oʻzingni otishga majbur qilamydi oxir oqibat tepkini oʻzing bosasan va gunohlaring uchun yagona aybdor faqat oʻzingdirsan.
Asar voqealar rivoji zamonaviy hayotda ichra diniy tarbiya koʻrib oʻsgan qiz hayoti, alamlari va haqiqatlarini aks ettiradi. Insonni qanchalar cheklansa (hatto yomon narsalardan) uning uchun oʻsha cheklangan narsa shunchalar goʻzal koʻrinadi. Fotima ham "baxtini" "erkinlikdan" deb bildi va eng soʻngida xato qilganini anglab yetdi. Asar juda kuchli yozilgan deya olmayman, biroq unda mushohada chorlovchi qismlar juda koʻp. Ayni Fotima oʻxshab qolmaslik va jamiyatimizda Fotimalar yetishib chiqamasligi uchun barchamiz avvalo oʻzimizni isloh etaylik.
Odil Norboyev
Taqriz 3
"Bu dunyoni faqatgina islom qutqaradi"
Amina Shanliko‘g‘lining ko‘pgina asarlari diniy mavzuda yozilgan bo‘lsa ham, har bir asarida o‘zgacha mazmun va mohiyat aks etadi. Biz bugun muhokama qiladigan asarimiz ham o‘ziga yarasha tarbiyaviy ahamiyatga ega asar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yozuvchimiz bu asarida islom dinining qanchalar go‘zal, samimiy va betakror ekanligiga urg‘u bergan. Ota-onalarimiz uchun farzand tarbiya qilishda nimalarga ko‘proq e‘tibor berish kerakligi borasida xulosalar ham bayon etilgan. Va eng muhimi qiz bolalarning ota-onalariga bo‘lgan munosabatlari, hayotga bo‘lgan yengil qarashlarini to‘g‘ri yo‘nalishga o‘zgartirishda katta ahamiyatga ega.
Asar tahliliga keladigan bo‘lsak, bosh qahramonimiz Fotima o‘zining odatiy hayotidan norozi, dunyo go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga intilgani sabab ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tqazgan, ota-onasi o‘rtasidagi munosabatga putur yetkazgan, dunyoqarashini o‘zgartirishga intilgan va "adashgan" qiz. Lekin, shuni ham e‘tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, agar Fotima bu yot "ko‘chalar"ni aylanib kelmaganida, u boshqa dugonalarining islomni qabul qilishiga turtki bera olarmidi?! O‘zi adashganini his qilgan bo‘lsada, uning vijdoni uyiga qaytishga yo‘l qo‘ymadi. Va nihoyat, u onasining tarbiyasi va otasining bergan bilimlari tufayli to‘g‘ri yo‘lni tanlay oldi.
Fotimaning otasi Yoqub imom masjidda imomlik qiladigan, o‘lik yuvadigan, o‘z dinini puxta egallagan, farzandlarining ham diyonatli bo‘lishi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan soddadil inson. Yoqub imomning fe'l-atvoridan ko‘pchiligimiz ibrat olsak arziydi. U jahldan ko‘ra aqlni kuchli deb biladigan, har qanday vaziyatda ham jahl bilan emas, chiroyli muomala bilan masala yechimi topishga intiladigan go‘zal xulqli inson edi. Fotimaning onasi Gul xonim ham din-u diyonatli, soliha ayol. Lekin farzandi va turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga barham beraman deb ba‘zi xatolarga yo‘l qo‘yganini ko‘rishimiz mumkin.
Hayotda qanday yashash, albatta, o‘zimizga bog‘liq. Ammo, eng muhimi xatolarimizni vaqtida anglab yetish va to‘g‘ri yo‘lga qaytishdir. Zero, har kimning o‘z oxirati bor...!
Gulzina Ikromovna
Taqriz 4
"Imomning maneken qizi" asarida 8 yoshlaridan boshlab yuragida otasiga (uning imomligiga) sovuq munosabat uyg'ongan, shu kasbi tufayli surgunlar-u sudlarni ko'rganini, odamlarning gap-so'zlarini qabul qilolmagan, begonalar so'ziga ishonib, o'z ota-onasidan kechgan, qalbi kin-u nafratga to'lgan, adashgan bir qiz, Fotima haqida o'qishingiz mumkin.
Hammasi jamiyatdagi ayrim nojoiz illat-u odamlarning tushunib-tushunmay aytgan gap-so'zlardan, hatto bolalar olamini ham bo'lib ajratishlardan (aslida imom bolasi bilan boshqa musulmonlar bolasi tarbiyasida qanday farq ham bo'lishi mumkin edi?), ayrim qoidalardan (otasi ro'mol o'ratishmagani uchungina maktabga borishiga qarshi bo'ldi, aslida ilm olishiga mone' emasdi-ku) boshlandi. Qizning otasi Yoqub imom obrazining ham bir qancha joylarda ayblari ochib ko'rsatiladi (mittigina qizini o'yindan tiyganda, o'zi qor dumaloqlab yashirganda, xuddiki bularni aybdek ko'rganlari). Shu bilan birga islom dinining jamiyatda to'g'ri talqin etilmasligi, yoshlarni yuragida e'tiqod uchun "joy qolmayotgani" ham achchiq tasvirlanadi.
Har narsada bir hikmat bor deganlariday, Fotimaning uydan ketishi va asar so'nggida qaytishidan, shunday xulosa yasaladiki, uning bolalik onggiga singdirilgan asl e'tiqod pand bermadi! U o'z iymonini boy bermadi! Noshukurlik va ko'ziga go'zal ko'ringan dunyoga quchoq ochib intilishi poyoniga yetdi. U dinsiz emasdi, Allohga ham Qur'onga ham ishonardi, lekin unga chiroyli ko'ringan dunyoni go'zalliklarini asl yuzini bilmagani uchun atrofini o'ragan axloqiy va diniy hukmlar ichida yashash unga zindonday tuyulardi. O'qirkanmiz, yozuvchining bu ota gapini uqmas, manekenlik orzusidagi qizni olamning aldamchi so'qmoqlarida "o'ynatib" kelishidan ham hikmat topamiz, nafaqat qizning o'zi bu jilvakor olamda baxtli emasligini tan oldi, balki, u sabab bir qancha qiz haq yo'liga qaytib tavbalar qilsa, boshqalari gunohlarini anglab yetadi. Yana birlari uchun esa.. "...shunday savollar borki, javobini faqatgina narigi dunyoda olishimiz mumkin..."
Islom dinimizning ahamiyati, yo'riqlarini unutmaslikni, bugungi va bundan keyingi zamonda gunohkor yoshlarni ogoh qilish, ota-onalarimizga hurmatni, izzatni aslo yo'qotmaslikni ilgari surgan ushbu asarni albatta o'qishni tavsiya qilaman.
Asardan qaydlar:Dunyoni faqat islom qutqaradi.
Gunohning qayeridan qaytilsa ham, muhimi qaytish.
Haqiqiy musulmon bo'lish uchun yurak kerak.
Azoblaring ortib boryotgan bo'lsa, demak savobing ham ortmoqda.
Diyora Umarova
Taqriz 5
Amina Shaniko'g'li
"Imomning maneken qizi"
Bosh qahramonlar: Yoqub Imom, Fotima, Gul honim
Qahramonlar: Ahmad, O'zlem, Laylo, Bonu va boshqalar
Bu asarda qiz bola tarbiyasining nozik nuqtalari ham ko'rsatilib berilgan. Qiz bola tarbiyasida qanchalik e'tiborda bo'lish kerakligi aytilgan.
Asarda qahramonlar hissiyoti, ruhiyati juda chiroyli ko'rsatilgan.
Yoqub Imom juda ham yaxshi ota. Farzandlariga yaxshi tarbiya beradi, lekin o'zini yaxshi ota deb hisoblamaydi. Ayniqsa, uning sabriga qoyil. Qizini to'g'ri yo'lga qaytishiga ishonib, sabr qilib, kutish har kimni ham qo'lidan kelavermaydi.
Fotima (Chechak, Demet) - to'g'ri ko'p adashdi. Noto'g'ri yo'lga qadam qo'ydi, lekin bu yo'ldan qaytdi. Irodasi kuchli qiz va imonga kelgan qiz. Har kim ham yomon yo'lga kirgach, undan chiqib keta olmaydi( U esa buni uddaladi va do'stlarini ham yaxshi yo'lga chorladi) . Bu yomon yo'ldan chiqishiga otasining nasihatlari va Islom dini katta yordam qildi
Xulosa:
Hamma ham adashadi, hamma ham xato qiladi. Muhimi buni vaqtida anglash va xatolarni tuzatish.
Farzand tarbiyasida ota-onaning roli katta.
"BU DUNYONI FAQAT ISLOM QUTQARADI" Hammamiz uchun shior bo'lishga arziydigan gap. Shu gapga amal qilsak, yaxshi komil topgan inson bo'lamiz deb o'ylayman.
Nazarova Jasmina
Taqriz 6
Avvalo asarning muallifi haqida gapiradigan bölsam, muallifning asar yozish sanatiga, uning kitobxon ruhiyati bn bog'liqligini taminlab berishiga, hozirgi kunni neytral muslima sifatida yoritib berishiga, asar qahramonlari, ularning munosabatlarini uyg'un ravishda yozishilishiga etibor berganlarini alohida takiflash mn.
Asar haqida....
Asar nafaqat Fotima haqida gapiradi, balki bu asarda har bir yosh ôzi bn ôzi g'oyibona suhbatlashadi. Haa tóg'ri tushundingiz, har birimiz, (yoshlar) biz ôzimizni bir chetdan kuzatamiz. Yaqinimizdagi dóst(dugona)larni kôramiz, Tarbiya manbaalarimizni kóramiz, bizni OTA ONAlarmiz bn munosabatimizni bir tomondan kuzatamiz. Bu albatta nafaqat kitobxonni balki bu asarni ôquvchisini bir zum ôyga toldiradi.
Asar hozirgi global dunyo muammolarini kôtarmagan bôlsada, hech Kim javob berib aytmaydiki, bunga etibor bermaslik, buning "katta natijalarga" olib kelmaydi deb.
Bu asar dóstlik deb atalmish muqaddas tuyg'uni óz ôrnida ifoda ettirgan.
Haa Laylo, Bonu va boshqalarning hayotida Demetning órni, Demetning hayotida dinning ôrni, buni talim berishda kitob va OTA Onaning órni beqiyosligi ôquvchi uchun qiyin bôlmagan tilda tushuntirilgan.
Kim bôlishidan qatiy nazar ilmi, taqvosi, zakosidan ham qatiy nazar Inson doimo Allohdan Hidoyatni, va bu Nematni davomiy qilishini sôrashga odatlanishiga urgu berilgan.
Demetning Ota Onasiga keladigan bôlsak, menimcha barchasi ularning ôylaganimizdek Deb ôylashgani va juda qattiq ishonchi bu syujetda ózlariga qarshi ishlagan. Shu uchun ham "Доверяй но проверяй" iborasi ishlatilsa kk. Hayotda ham kôradigan bólsak bazi muammolar ham óta ishonuvchanligizmizdan kelib chuqqanini kórishimiz mn.
Bu asar chin manoda ""men" bilan suhbat" vazifasi bajardi desam hech qanday mubolag'a bôlmagan bôladi.
Ôqib chiqqanlar uchun alohida rahmat, kamchiliklar uchun uzr, Etiboringiz uchun rahmat.
Abdurahmon Maxkamov.
Taqriz 7
Assalomu alaykum. Ushbu yozilajak taqrizni ayni shu asar qahramonlaridan biri O'zlemning maktubidagi parcha bilan boshlamoqchiman: "Allohning salomi bilan so'zlarimni boshlayman". Ma'lumki, Bugungi kunda insoniyat oldida o'z yechimini kutayotgan bir necha muammolar bor. Shular orasida afsuski, yoshlar tarbiyasi bilan bog'liq masalalar ham barchani birder chuqur o'yga toldirmoqda. Va go'yoki, o'zgartirish, yechim topish imkonsizdek tuyulgan ushbu mavzuga aynan mana shunday tarbiyaviy-axloqiy asarlar mutolaasini keng ommalshtirish yaxshi bir natija bera olishi mumkin deb o'ylayman. Asar haqida fikr yuritar ekanman, uning kirish qismi juda ham qiziq yoki jalb etadigan bo'lmasa-da, o'quvchini bevosita mulohaza etishga va asarning so'nggisi qadar "Nega?" degan savolga javob qidirishga turtki bo'ladi oladi. Asarda badiiy qochirimlar, o'xshatmalar yoki o'quvchining fikrini tortadigan kinoyali gaplarni deyarli uchratmaymiz, lekin asarning bosh qahramoni Fotimaning vaqt o'tgan sayin chiqargan hayotiy xulosalarining va har bir masalada teran fikrlarining o'zi asarni jilolantira olgan. Ushbu asar shunday sodda va oddiy tarzda yozilganki, afsuski, biz ushbu asardagi ayrim epizodlarga hayotda ham duch kelib turamiz. Ushbu asarni mutolaa qilish jarayonida, Fotima, uning oilasi, kasbdoshlari va ish rahbarlari misolida biz bugungi kunda yo'l qo'yilayotgan xatolarni teran nigoh ila ko'rib olishimiz mumkin. Bolalik davrini ota-onalarning, jamiyatdagi insonlarning aqidasiga ko'ra, o'zining his-tuyg'ularisiz o'tkazgan insonlarning kelgusi hayoti ham muammoli va chigalliklar bilan davom etishini kuzatishimiz mumkin, boisi, ular o'sha bolalik davridayoq hayot haqida ayrim noto'g'ri xulosalarni shakllantirib bo'lishadi. Hattoki, nafaqat turk xalqida, balki ayrim musulmon davlatlarida ham diniy ulamo yoki imomlar, ularning oila a'zolari ham faqat din bo'yicha amal yuritishi, turli hayotimizdagi oddiy harakatlar ular uchun nomunosib deb hisoblanadi. Buni Imomning ba'zi xatti-harakatlari misolida ham ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari, ayrim yoshlarning orzusidagi hayot aynan ular o'ylagandek bo'lmasligi, ayanchlisi buni juda kech anglab yetishlari ancha og'riqli masaladir. Asarning yana bir o'ziga xosligi shundaki, juda ko'p voqealar rivoji bizga kulminatsiyadek tuyuladi, ammo biz kutmagan holat yuzaga keladi. Albatta, shu bilan birga asarga juda ajoyib xotima ham yasalgan, ya'nikim, biz kutmagan va boshqa kitoblardagidek emas, o'zgacha tarzda. Bir so'z bilan aytganda, ushbu asar orqali nafaqat mening, balki ko'plab kitobxonlarning ham Omina Shenliko'g'lining ijodiga va
uning asarlariga qiziqishi ortishi tabiiy deb o'ylayman.
Davomli mutolaalar tilab qolaman😊
Raxmiddinova Tursunoy.
Taqriz 8
Amina Shanklio'g'lining "Imomning maniken qizi" asari bugun butun islom jamiyatining asosiy muammolarini bir necha taqdirlar misolida yoritib bera olgan. Bugun nafaqat Turkiyada, balki butun musulmonlar olamida bu kabi muammolar bo'y ko'rsatib turibdi. Ehtimolki, o'zini "zamonaviy" jamiyat hisoblaydiganlar uchun bu u qadar katta muammo emasdir. Lekin qalbida zarracha iymoni bor insonlar uchun bu chinakam fojiadir.
Asar ko'pchiligimizning yuziga oyna tutgandir, ehtimol. Biz ham zinoni oddiygina "munosabat" sanaydigan, gunohdan hayo qilmaydigan, hayo qilganlarni "eskicha" ataydigan tuzum odamlarimiz. Hattoki ko'pchilik "Qur'on o'qish"ni "eskicha o'rganish" deb ataydi. Sizlarda qanday bilmadim, ammo bizda deyarli barcha shunday ataydi, afsuski... Bizda ham dinga qarilikda bekorchilikdan shug'ullanadigan yumushdek qaraladi. Endi aytingchi qay birimiz o'sha qarilikka yeta olamiz? Qay birimiz tavba qilishgayu Allohga qaytishga ulgiramiz? Hech kim bunga javob bera olmaydi.
Fotima juda baxtli qiz. Uning har qanday paytda yonida bo'ladigan otasi bor. Qanday gunoh qilsa ham Alloh kechirimli ekaniga ishontiradigan, inson xatolardan holi emasligini anglay oladigan va anglata oladigan padari buzrukvori bor. Qalbiga yoshligidan ilm urug'ini sochib, uning mevasini sabr bilan kuta oladigan pushti panohi bor. Qanday ham baxtli Fotima...
Asar "Aldangan Ayselning taqdiri"ni eslatdi. Ikkisida ham islomiy oilaning dindan uzoqlashgan qizlari tasvirlangan.
Yakun esa ajoyib. Hamma asar ham yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Lekin yaxshilik bilan tugagan asarlar baribir yaxshi. "Imomning maniken qizi" ham oxir-oqibat o'quvchi kutgan xulosaga keldi. Oilasiga qaytdi, Allohga qaytdi. Har bir musulmon shunday kech bo'lmasidan, qalbi butunlay muxrlanmasidan, tavbasi qabul bo'lmay qolishidan avval Allohga qaytsin.
Madina
Taqriz 9
Mashhur turk yozuvchisi Amina Shanlikoʻgʻli qalamiga mansub "Imomning maniken qizi" asari bugungi kundagi koʻz ilgʻamas,ammo jamiyatga juda katta xavf yetkazuvchi illatlar qoralangan asardir. Asarning mavzusi ham juda dolzarb. Asarni oʻqigan kitobxon Fotimaning hayotida yuz bergan voqealardan tegishli xulosa chiqaradi ,imom Yoqubning sabrliligi,iymoni mustahkamligiga qoyil qoladi.Asardagi har bir hikoyaga epigraf qoʻyilishi ham yozuvchining badiiy idroki naqadar keng ekanligidan dalolat beradi. Asardagi obrazlar talqiniga toʻxtaladigan boʻlsak,asarning bosh qahramonlaridan biri Fotimadir. Toʻgʻri,u hayotida koʻp xatolarga yoʻl qoʻydi .Umuman olganda, bu yerda ota-onaning va atrofidagi kishilarningham aybi bor.
"Biz unga eski idishda gul tutdik,oʻzgalar esa unga billiur qadahda zahar berishdi"–deb oʻz aybini tan olgan edi imom Yoqub.
Marhabo
Taqriz 10
Qiziq imomning qizi ham maniken bo‘la oladimi yoki insonlarni ularni hayot tarziga qarab baholash (u imomning qizi to‘p o‘ynamasligi kerak) bizlarning burchimiz emas. Bu fikrlar yosh bolalikda bolaning oldida aytilgan bo‘lsa uning miyasiga singib bir umr uni miyasini zaharlanishiga sabab bo‘lsa bo‘ladiki uni oldinga olg‘a intilishiga sabab bo‘lmaydi. Fotimaning qiyofasida yozguvchi hozirgi zamon qiyofasini yaqqol ochib bergan chamamda. Yoqub imom ham o‘z fikrlarida biz farzandlarni qo‘rqitib o‘rgatdik sevdirib emas qabilidagi gaplarni takidlab o‘tgani bejiz emas albatta. Fotimani ( zero u o‘qimishli, dunyo qarashi keng bo‘lsada )o‘zgarishiga sabab bo‘lgan narsalar uning atrof muhiti, o‘z qalbini dunyoga qarshi chiqa olmaganligi desam mubolag‘a bo‘lmas chamamda . U shu hayotda yashadi ham uni ko‘rdi ham lekin o‘zi orzu qilgan hayotni topdimikan?yo‘q afsuski bu hayot unga dars bo‘ldi . Mening bu asardan chiqargan xulosam shuki muallif hozirgi kun yoshlarining arzimagan hoyu havasga intilib qilayotgan hatti harakatlariyu, insonlarning o‘z aql idrokini to‘gri yo‘lga yo‘naltirmay bekorchi narsalarga sarflayotgani ifodalangan. Har kim qilayotgan niyatiga yarashasini oladi bu hayotda . Asosiysi islom din hech qachon insonni qalbini bo‘sh qoldirmaydi uni ezgulikka chaqiradi. Boshqa qahramonlarni ham hayotiy haqiqatlarni yuzaga chiqarganlar desak xato bo‘lmaydi . Zeroki odamlar zamonni o‘zgartiradi zamon odamni emas.
A.N.
Taqriz 11
Ushbu mo'jaz va betaktor asar bilan tanishar ekanman qalbimda ajib hislar uyg'ondi... Sababi asar qahramonlaridan o'zimni qidirdim. Bu asarda bizni, ya'niki bugungi yosh avlodni aldab qo'yayotgan bugungi "zamonaviy" hayot tarzi aynan bizni indamay chetlab o'tishi mumkinmi deb oʻylash lozim. Albatta yoʻq, istasak-istamasak biz bu turmush tarzining bir qismimiz.
Fotima kabi qalbida asl imoni bo'y cho'zolmay, ushbu "zamona"ga evrilib ketayotgan gʻarib eʼtiqodlilar ayniqsa bugunda koʻp uchrayotgandek... Asarda shunday oʻrinlar borki " Eh Fotima..." degim keldi.. Ammo dinni biroz torroq anglatgan imom otaning ham bunda aybi bor, albatta u xatosini anglab yetdi. Oʻylab qoldim, menda ham shunday vaziyatlar boʻladi: goʻyo imomning qorni olib yashirgani va buni hech kim ko'rmasligini istagani kabi- baʼzi harakatlar goʻyoki gʻururimnimi, eʼtiqodimnimi tushurib qoʻyadigandek.. Ammo bu dinimizni yaxshi anglay olmaganimiz, Rasulalloh (s.a.v) buyurganlaridek - qiyinlashtirmanglar, osonlashtiringlar- koʻrsatmalariga amal qilolmayotganimiz deb bilaman. Balki shundanmi oʻsib kelayotgan avlodga dinimiz muhabbatini singdira olmayapmiz, uni toʻliq talqin qila olmayapmiz. Fotima kabi qalbi yoshlikdan qaynagan avlodlarimiz dinni qafas kabi bilmoqdalar ehtimol. Rang-barang "tuzoqlar" esa ularni yoshlik bahorini oson zabt etmoqda.
Ammo shuni ham angladimki, farzandga berilgan islomiy tarbiya albatta bir kun boʻy koʻrsatadi, ertami-kechmi uning samarasi bilinmay qolmaydi, ayniqsa imom ota aytganlaridek olingan ilmlar qachondir baribir asqatadi!
Asardan olgan yana bir xulosam shu boʻldiki, Allohning har bir ishida albatta hikmat zohirdir! Balkim Fotima shunday yoʻlga kirishida ham uning uchun katta yaxshilik bo'lgandir: uning bu olamga kirishi unda xarob boʻlib borayotgan Bonu, Laylo kabi qizlarning qay bir miqdorda toʻgʻri yoʻlni topishiga turtki boʻlgan boʻlsa, uning oʻzi uchun dini va uning farzlari naqadar ahamiyatli va muqaddas ekanligi, ayolning baxti "zamonaviy" hayot ko'rsatayotgan bejirim narsalarda emas balki ayolning qadr-u qimmatini naqadar baland tutgan, uni oʻz eʼzoziga koʻra muqaddas etgan Islomida ekanligini anglab yetdi... Beixtiyor Subhanalloh deyman...
Asar shunisi bilan oʻqishliki biz- har birimiz albatta bunday yoʻlga kirib chiqishimiz shart emaski, biz uchun tayyor "koʻrsatma" boʻlgan bu asardan kerakli xulosalarni chiqaraylik, oʻzimizga boqaylik, oʻzligimizdan ayrilib qolmaylik va Bonu, Laylo kabi adashganlarni chetga itarmaylik, ularni ham qalbida miltillagan iymoni bordir, biz unga ziyo ulashaylik, bir-birimizni aynan sabrga, taqvoga chaqiraylik..!
Ayblarimizdan endi ortga yoʻl yoʻq demaylik, Fotima kabi ortga - toʻgʻri yoʻlga qaytaylik, Allohning Gʻofur sifatiga iymon keltiraylik aziz birodarlarim...
Shuni ham ta'kidlamoqchimanki Omina Shanliko'g'luning bu kabi asarlari men uchun qadrli ham foydali boʻlib borayapti deb oʻylayman.
𝓡𝓪𝓱𝓶𝓲𝓷𝓰 𝓲𝓼𝓽𝓪𝓫 𝓡𝓪𝓱𝓶𝓸𝓷𝓲𝓶 𝓶𝓪𝓱𝔃𝓾𝓷𝓶𝓪𝓷 𝓱𝓾𝔃𝓾𝓻𝓲𝓷𝓰𝓭𝓪
𝓛𝓾𝓽𝓯𝓲𝓷𝓰 𝓲𝓵𝓪 𝓺𝓪𝓫𝓾𝓵 𝓮𝓽, 𝓸𝓳𝓲𝔃𝓪𝓷𝓰𝓷𝓲 𝓼𝓮𝓷 𝓺𝓾𝓿𝓶𝓪.
𝓞𝓽𝓪𝓼𝓱𝓵𝓪𝓻 𝓸𝓻𝓪𝓼𝓲𝓭𝓪 𝔂𝓸𝓷𝓲𝓫 𝓫𝓸ʻ𝓵𝓭𝓲𝓶, 𝓐𝓵𝓵𝓸𝓱𝓲𝓶,
𝓚𝓾𝓵𝓲𝓶𝓷𝓲 𝓪𝓼𝓻𝓪 𝓮𝓷𝓭𝓲, 𝔂𝓮𝓵𝓵𝓪𝓻𝓲𝓷𝓰𝓰𝓪 𝓼𝓸𝓿𝓾𝓻𝓶𝓪.
Fotima
Taqriz 12
Bolalik - inson hayotining beg'ubor, g'am tashvishsiz va o'yin-kulgularga boy davri. Shunday shirin davrini tinimsiz surgunlar va qashshoq hayot tarzi, bilimsiz jamiyat uning nozik yeklasiga yuklagan "ma'suliyat" bilan yashagan imom qizi Fotima haqida so'zlovchi roman.
"- Qo'g'irchoq o'ynash gunohmidi? Arqonda sakrashim,to'p o'ynashim gunohmidi? Imom qizining Allohi boshqayu, boshqa bolalarning Allohi boshqami? " shunday savollar bilan bolaning ichida g'azab va isyon quloch yozdi. Islom dini bilimlaridan xabardor, muqaddas kitobni yod olgan imomdek bilimli inson ham farzandining g'azabga to'la isyoni qarshisida ojiz qoldi. Axir imom ham oddiy banda emasmi? Uning ham bilib - bilimay gunoh qilishi mumkin emasmi? Nima uchun jamiyat imom qiziga bunchalik katta "ma'suliyat" yuklaydi?
Aslida farzandlar uchun ota-onasining har bir to'g'ri qilingan nasihatini nazariy bilim dib olsek, hayotimiz davomidagi turli sinovlar biz uchun amaliyotdir. Ana shu amaliyotlarimiz davomida hayot bizga ota-onamiz so'zlarini to'g'ri ekanligini isbotlab beradi. Olovga borma kuyasan gapi bilan bola baribir olovni ushlab kuyishni his qilmaguncha olovning havfli ekanligini bilolmaydi. Fotima ham hayotda turli odamlar bilan tanishib, turli voqealarga guvoh bo'lmagunicha otasining nasihatlarini tushunib yetmadi.
Bir kun oldimizdan chiqqan bir ko'prikdan o'tamizu barcha qilgan gunohlarimizu xatolarimiz ortda qoladigandek. Lekin bu ko'prik shunchalar ingichkaki undan o'ta olishimizga ko'zimiz yetmaydi va yana orqaga qaytib gunohlarimiz ko'paytirishda davom etamiz. Ammo bir kun biz kabi bir inson bu ko'prikdan o'tib olganini va yaxshi hayotda yashayotganini ko'ramiz. Shunda bizda ishinch paydo bo'ladi. Demak bu ilojsiz emas va buni biz ham uddalashimiz mumkin. Shunday namuna bo'la oladigan do'st ham aslida Allohning bizga bergan eng buyuk ne'matidir.
Bu romandagi tarbiya masalasi, ota-ona va farzand o'tasidagi munosabatlar, jamiyatning din va e'tiqodga bo'lgan munosabati, yo'ldan adashgan turli qizlarning qismati insonni o'ylantirib qo'yadi. Qalbida Alloh nomi va iymon nuri bo'lgan inson ertami kechmi albatta to'g'ri yo'lni topib oladi. Barchaga bu romanni o'qishni tavsiya qilaman.
T. Nilufar
Taqriz 13
Bu asarni oʻqishim davomida men juda katta hayotiy falsafafiy tushunchalarni tushundim yana hayotda farzand tarbiyasining muhimligi insonning kiprikka uncha berilmasligi yaʼni Fotima misolida.Asarning boshida eslasangiz kerak Fotima oʻsha nogiron bolaga juda ham befarosatlik bilan muomala qiladi asar davomida yana shuni tushunib yetdimki bu noshukurlikdir. Fotimalar masjidda yashaydilar. Chunki Yoqub imom oddiy oʻlik yuvuvchi boʻlib masjidda ishlar edi.Koʻrganingizdek otasi yoqub imom masjidda ishlab oilasini boqaman deb yurganida, Fotima nima qildi qayoqdagi Betush xolasining gapiga kirib oʻzga yurtlarda sarson-sargardon boʻldi ammo oxirida Fotima buni tushunib yetdi.
Asarning yana bir maʼnosi shunda ki ayollarning jamiyatdagi oʻz oʻrnini topishda maʼnaviy jihatdan ilmli boʻlishlari zarur deb asarda aytiladi.
Asarda xulosam shuki hamma yerda boʻlganidek bu yerda ham albatta noshukurlik bor togʻri noshukurlik hamma yerda boʻlmaydi shukurli insonlar ham bor ammo asarda yaqqol bu tushunchalar aniq koʻrsatib berilgan.
O. Xudoshukur
Taqriz 14
Hayot boʻlsa gar ota-onangiz,
Mehringiz poyiga poyondoz qiling,
Ardoqlang ul aziz, munis zotlarni,
Oʻtirgan oʻrnini joynamoz biling.
Inson bu hayotga kelar ekan, yagona Vatanning, yagona ota-onaning farzandi boʻlib tugʻiladi. Inson qayerda tugʻilishini oʻzi belgilay olmaganligi kabi, kimning farzandi boʻlib dunyoga kelishini ham avvaldan tanlay olmaydi. Kindik qonimiz toʻkilgan tuproqni qayerda joylashganidan qat'iy nazar u yer bizning jon Vatanimiz, ota-onamiz ham xuddi shunday kasbidan, ma'lumotidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar biz uchun moʻtabar va ulugʻ zotlardir. Bu dunyoda har bir munosabatlar ma'lum bir manfaatlar ustiga quriladi, faqatgina ota-onamiz bizga bergan beminnat mehridan boʻlak.
Afsuski, bugungi kunda oramizda ota-onasini qadriga yetmaydigan farzandlarning uchrab turganligi achinarli hol.
Amina Shanlikoʻgʻlining "Imomning maneken qizi" deb nomlangan asari ham xuddi yuqorida aytib oʻtilganidek, beminnat mehribonlarini qadriga yetmagan, hoyu-havaslar ortidan chopib, oʻz e'tiqodiga va qarashlariga mutlaqo zid keladigan yoʻlni tanlagan bir qiz haqida. Otasi Yoqub imom boʻlsa, uni bu yoʻldan qaytarishga qanchalik urinmasin, qizi shunchalik bu zulmatga talpindi. Asarning oʻquvchi ongida muhrlanib qoladigan "ota" obrazi juda ham mukammal tasvirlangan. Imom Yoqub shu qadar yaxshi insonki, asarni oʻqish davomida bunga qayta-qayta guvoh boʻldim. Asarni oʻqir ekanman, bir necha kun davomida xuddi oʻzimni voqealar ta'sirida yashayotgandek his qildim.
Fotimani yoʻldan adashishi, uydan ketib qolishi, manekenlik qilishi, oʻziga mutloq oʻxshamagan, ammo ularga oʻxshashni orzu qilgan dugonalari va soʻnggida bu zulmatga toʻla hayot u uchun emasligini anglab yetishigacha boʻlgan voqealarni oʻqib ham tushunishimiz mumkinki, yozuvchi oʻtkir qalam sohibasi ekan. Voqealarni shunday mahorat bilan tasvirlaganki, asarni oʻqigan har bir kitobxon asardan oʻzi uchun kerakli ibratni oladi, desam aslo mubolagʻa qilmagan boʻlaman.
Asar qahramoni Fotima ota-onasini koʻp azobga qoʻydi, ularning mehriga loyiq javob qaytara olmadi. Lekin, uning yoshligida olgan bilimlari, e'tiqodi va ota-onasining unga bergan tarbiyasi tufayli u mana shunday qoʻrqinchli jar yoqasidan qaytdi. Uni zulmatdan ziyo sari yetaklagan kuch ham aynan mana shu e'tiqodi emasmi? Hattoki, bir oʻzini emas, dugonalarini ham ana shu jarlikdan olib chiqishni uddaladi, ularga ham asli bu "zamonaviy"lik yaxshilikka olib kelmasligini, bunday hayotning oxiri azob-uqubatga yetaklashini, ularni bir kun kelib tubi yoʻq jarlikka uloqtirishini tushuntirib bera oldi va oʻzining e'tiqodini ham yana bir karra mustahkamlashga erishdi. Va bu uni ota-onasini oldiga qaytib, tutgan yoʻli xato ekanligini anglashiga turtki boʻldi. Asar soʻnggi juda yoqdi. Xatolaridan kerakli xulosa chiqarib, oʻz uyiga qaytgan qizning keyingi taqdiri albatta yaxshiliklarga, ezguliklarga boy boʻlganligiga ishonaman.
Sevara Oʻrinboyeva
Taqriz 15
Shunday savollar bor-ki, javobini faqat narigi dunyoda olishingiz mumkin...
Amina Shenlikòģlu asarlarini har bir kitobxon òqishi kerak deb òylayman. Ayniqsa, yoshlarimiz.
Bugungi tanishadigan asarimiz - ,, Imomning maneken qizi '' asari. Bu asarning nomi kópchilikni savolga toldirishi tabiiy hol. Nega deganda kópchilikda Imomning qizini orzusimikin ? Imom qizini maneken qiladimikin yoki shunga óxshash savollar berishi mumkin. Axir Imom bilan maneken ajoyib bir - biridan uzoq sòz-da.
Asar Yoqub imomning oilasi, uning kun kechirishgagina pul topa oladigan, hayotidan noliydigan qizining har doimgi nolishidan boshlanadi. Fotima uyidagi har bir narsadan noliydi, onasiga eringizga ayting (bu qanday gap bòldi ekan, òz otasini bunday chaqirish ) qoshninikiga chiqmasligimni xohlasa, uyda sharoit qilib qóysin televizor olib bersin, deb noliydi. Ammo Yoqub imom farzandlariga qòlidan kelgancha yordam beradi. Ularga qattiq gapirmaydi. Fotima juda kóp kitob òqigan qiz, dindan xabari bor butun boshli Qur'onni tugatgan qiz lekin ...
Bu asarni òqib òyga tolamiz. Bularni hammasiga kim sababchi? Otamikin - qiziga doim yaxshi gapirib uni kòngliga qaragan , Allohga qizi uchun duo qilgan. Yoki onamikin - Eri tarafida bòlib qizini erkalatsinmi, yoki qizi tarafida bólib eridan , hayotidan ranjisinmi? Yoki qizimikin - barcha qatori tóla tókis yashashni orzu qilgan. Uyidagi sharoiti zòr bòlishini xohlagan , boshqa qizlar qatori kiyinishni xohlaganmikin. Yoki zamonmikin aybdor ? Bunday òylar bilan kitobni qanday tugatganimizni bilmaymiz ham.
Xulosa órnida aytishimiz mumkinki. Din hech qachon yomonlikka chaqirmaydi. Ota- onamiz bolam yomon bòlsin demaydi, yomonlik tilamaydi. Har birimiz sabrli bòlishga va yor-u dòstlarimiz , yaqinlarimizni ichlarini oģritmaslikka harakat qilishimiz kerak. Balki ularni bugun ohirgi kunidir, balki ularni ertaga topa olmasmiz. Shuning uchun azizlar borini borida qadriga yetaylik.
Klub a'zosi
Taqriz 16
Таькик бу- тарбия эмас!
Муаллиф - Омина Шенликугли 1953 йилда Туркиянинг Гиресун вилоятида тугилган.Ёзувчининг асарларида унинг диний билим ва карашлари маьлум маьнода уз аксини топган.Омина Шеникугли ёшлик чогларида дунёвий билимларини чукур урганиш билан бирга христианлик дини ва " Инжил" ни хам чукур урганади.Диний олим ва журналист Ражаб Узкан билан турмуш кургандан сунг, унинг яратган асарларида исломий тамойиллар ва исломий маданият рухи сезила бошлади." Имомнинг маникен кизи" асари хам ана шундай диний,ахлокий- тарбия йуналишидаги асарлар сарасига киради.Асарда замонавий дунёни ёшлар наздида идеаллаштириш натижасида, куплаб турк оилаларда ота- она ва фарзандлар уртасида чексиз жарликни пайдо булиши очиб берилади.Асар бош кахрамони масжид имоми- Ёкубнинг образи виждон, ор- номуси ва иймони, сабру матонати мустахкам , мехрибон - рахмдил ота киёфасида гавдаланади.Ха айтганча, айтиш жоизки, " Пайгамбарлар тарихи" китобида берилган Юсуфнинг отаси Якубдан бош кахрамоннинг феьл- атворини яратишда менимча, наьмуна килиб олинган.Унинг кизи Фотима образида эса, яьни асар якунрогида , атрофидаги чиркин фахш ва зино мухитида яшаётган ва диний карашлари шаклланмаган ёки дахрий дугоналарини исломга- нур сари етаклаш жараёнида, ислом дининг таргиботчиси ва асосчиси Мухаммад(с.а.в)нинг кизи Фотима онамизни гуёки гоявий жихатдан чизгиларини бергандек туюлди.Асардаги гоя жуда зур уйлаб топилган ва куплаб оддий оилаларнинг огрикли нукталари: ота- онанинг вояга етиш ёшидаги узгарувчан , фикрлари таркок фарзандлар тарбиясидаги оксаш ва ожизлиги ажойиб махорат билан ёзилган.Тугрисини айтсам, бу асардаги куплаб кахрамонларнинг такдирига жуда- жуда ачиндим.Мисол учун:Имомнинг гарчи узи наьмунали мусулмон була туриб, кизи- Фотимани тарбиясида ожизлиги ; Фотимани эса ёшлигидаги исломий тарбияни такик деб , тушиниши окибатида диндан совиши ва узини саробга ботган хаётга отиши;
Бону- мукаммал оилавий мухитнинг бузилиши натижасида, хаёт кийинчиликларида адашган усмир, кейинчалик жинсини узгартириб сунг эса , тана дузахида ёнаётган инсон киёфасида .....Бурчин, Лайло, Нежла умуман бундай образни куплаб келтириш мумкин, яьни барчаси тугри хаёт тамойилларидан, ёшликнинг уткинчи хавасларини деб- адашганлар дейиш мумкин.Асарда ота- онага исён, фахш- зино , кибр, мол- дунё йулидаги разолатлар кораланса, рахмдиллик , сабр, матонат, фарзандга мухаббат, гамхурлик ва исломий маданият ва диний тушунчалар улугланади.
Асардаги энг кулминацион нукта: Фотиманинг виждон ва иймон узлигини топиб, уйга кайтиш вокеаси булди.Яна бир нарсани таькидлаш керакки, ёзувчи асарнинг бошидан энг охирги сатрларигача , китобхонга кизикарли турли- хил вокеа саргузаштларни бера олганида деб- уйлайман.Баьзи асарларда вокелик сустликдан - кулминацияга караб кетади, баьзиларида эса, бир хиллик : китобхон олдиндан тахмин килган вокеада якунланади.Бу асарда эса, умуман бошкача- вокеалар ривожи тушиб- чикади ва энг ёккан кутилмаган узгариш кисми Фотима уйга кайтганда , уз отасининг жанозасидан чикиши.Мен уйладимки- тамом!Йук , якунда хам ёзувчи одатийликдан чекина олган узгариш билан якунлан, худдики кечки дастурхонга аввал суюк таом ичасану, узингни унчалик туймагандек хис киласан-у, аммо бирдан дастурхонга байрам торти улашилгандек, булди- мен учун, яьни имомнинг дусти Фотимага отаси аслида тирик эканлигини айтиши булди.
Иктибос
Рахминг истаб Рахмоним махзунман хузурингда Лутфингила кабул эт, ожизангни сен кувма.
Абдуназарова Севара Сухбатиллаевна.
Mutolaada bo‘ling: