April 8, 2023

 7 aprel “Butunjahon sog‘liqni saqlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar

Joriy yilning 8 aprel kuni poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 52 oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Ekologik harakati, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda “ARASHAN” farmasevtika kompaniyasi hamkorligida Konstitutsiya barchamizniki” nomli aksiya hamda “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida “Butunjahon sog‘liqni saqlash kuni”ga bag‘ishlangan ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda hayotimizda chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berayotgani, tub islohotlar esa jamiyatimizning tamoman yangicha qiyofasini shiddat bilan shakllantirayotgani, mamlakatimiz hayotida mutlaqo yangi davr boshlangani alohida qayd etildi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinishi, keng jamoatchilikni faol ishtirok etishi, tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligini ko‘rsatgani ta’kidlandi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning har birini alohida qayd etish zarurligi qayd etilib, sog‘likni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

Jumladan, aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilib, aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumot uchun:joriy yilda “Kafolatlangan xizmatlar paketi” qayta ko‘rib chiqilib, unda 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to‘liq qamrab olinadi.Ko‘p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘indagi bepul analiz turlari – 15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar – 10 tadan 20 tagacha, dorilar – 64 tadan 90 taga oshiriladi.

Shuningdek, aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralar belgilanmoqda.

Shu munosabat bilan, davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi, fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, degan norma mustahkamlanmoqda.

Shaharlarning bosh rejalarinijamoatchilik muhokamasidan majburiy o‘tkazilishi shartligi haqidagikonstitutsiyaviy qoida hozirgi sharoitda tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan shaharsozlikka oid masalalarni xalqimiz bilan bamaslahat yechish imkonini beradi.

Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga egaligibelgilanmoqda. Aholimiz va kelajak avlod uchun ekologik toza hududni saqlab qolishning konstitutsiyaviy kafolatlari yaratilyapti.

Tadbirning ikkinchi qismidaishtirokchilariga “Butunjahon sog‘liqni saqlash kuni” haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilgan aksiyaning Butunjahon sog‘liqni saqlash kuniga bag‘ishlanishida ham o‘ziga xos chuqur ma’no bor.

Zero, yashillik olamining inson hayotidagi roli beqiyos bo‘lib, ular deyarli barcha tirik organizmlarni nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod bilan ta’minlaydi. Ma’lumki, shaharlar hududida turli tashqi ta’sirlar tufayli o‘ziga xos ekotizim yuzaga kelib, mavjud tabiiy muhit tubdan o‘zgaradi. Bunday joylarda insonning aralashuvisiz tabiiy muvozanatni saqlash juda qiyin kechadi. Shu sababli insoniyat yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati orqali har doim o‘zi uchun qulay yashash muhitini yaratishga urinadi. Bu borada aynan istirohat bog‘lari, xiyobon va gulzorlar, turli o‘simliklardan tarkib topgan boshqa yashil maydonlar shahar ekotizimining barqarorligini ta’minlashi barobarida insonning turli ehtiyojlarini qondirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Yashil daraxtzorlar atmosfera havosini kislorod bilan boyitish va zaharli gazlardan tozalashning yagona vositasi sifatida ekotizim barqarorligini ta’minlashda xizmat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fotosintez jarayonida bir gektar yerdagi yashil ekinzorlar 200 nafar odamning nafas olishiga yetarli bo‘lgan kislorodni ishlab chiqarish bilan bir qatorda, bir soat mobaynida havodagi 8 kg karbonat angidridni o‘zlashtiradi. Boshqacha aytganda, shaharda bir inson nafas olishi uchun zarur bo‘lgan mo‘tadil havo tarkibini 50 metr kvadratdagi yashil ekinzorlar ta’minlab beradi. Lekin, atmosferada karbonat angidridining aksariyat qismi tarqalib ketadi va ko‘p bo‘lmagan qismigina yashil ekinzorlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ko‘kalamzorlashtirish ishlarida, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish ishlariga keng jamoatchilikni jalb qilish borasida O‘zbekiston ekologik harakati ham munosib hissani qo‘shib kelmoqda.

Boz ustiga, Ekoharakat tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish, daraxtlar ekish, parvarishlash va keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni tashkil qilinishini bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Aksiya doirasida ishtitirokchilar tomonidan 100 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekildi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok etish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanliigini alohida qayd etishdi.

O‘zbekiston Ekologik harakati