April 15, 2022

Yuridik ximat ko'rsatish markazi faoliyati OAV nigohida

Joriy yilning 15-aprel kuni Parkent tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda huquqiy targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Tadbir davomida Markaz xodimlari tomonidan adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan OAVlarida yoritish bo'yicha belgilangan reja-grafikka asosan, joriy yilning 15-aprel kuni tumandagi 29-sonli musiqa maktabi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-son hamda 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 173-son qarorlariga asosan, hozirgi kunda yuridik xizmat ko'rsatilayotgan va kelgusida yuridik xizmat bilan ta'minlanishi belgilangan davlat organlari va tashkilotlari mas'ul xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

✅ Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021-yildagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35–son, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6257-sonli Farmonlari hamda 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 173-son qarorining mazmun-mohiyati hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

✅ Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida “E-Huquqshunos” elektron tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan hamda tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.