BUDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARI XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISH MAXSUS FONDI HAQIDA BILASIZMI?
Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi 15 foiz miqdorida respublika budjet muassasa va tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondi hisobidan shakllantiriladi.
Ushbu maxsus fond mablag‘lari xodimlarni mukofotlash va oylik lavozim maoshlariga ustama haq belgilashga yo‘naltiriladi.
Xizmat vazifalarini faol va vijdonan bajargan yuqori malakali budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida, ularga mehnatda yuqori yutuqlari uchun lavozim maoshining 50 foizigacha shaxsiy ustamalar, shu jumladan qonunchilikda belgilangan rag‘batlantirish koeffisiyenti bo‘yicha ustamalar belgilanishi mumkin.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat boshqaruvi organlarida mazkur ustamalar boshqaruv xodimlari uchun eng yuqori miqdor bilan chegaralanishi mumkin emas.
Maxsus fond hisobidan belgilanadigan ustamalar budjet muassasalari va tashkilotlarining rahbar xodimlari uchun yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, qolgan xodimlar uchun esa muassasa yoki tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida” Nizomi, 20.09.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 177.