April 27, 2022

Parkent tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan xalq ta'limi bo'limi faollar zalida xalq ta'limi bo'limiga qarashli tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktab kadrlar bo'yicha menejer (inspektor)lar ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Targ'ibot tadbiri davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021-yildagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi PF-35–son, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6257-sonli Farmonlari hamda 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 173-son qarorining mazmun-mohiyati hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida “ E-huquqshunos ” elektron tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan tushunchalar berilib, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Parkent tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi