March 18, 2022

“Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasiga muvofiq “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida Parkent tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 18-mart kuni Parkent tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Targ'ibot tadbiri davomida tuman veterinariya va chorchachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlariga 2022-yilning mart oyi davomidagi muhim qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirish berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yildagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni, 15.03.2022 yildagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–167-son Qarori, 17.03.2022-yildagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ahamiyati, mazmun-mohiyati yoritib berildi.

Shuningdek, yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar va Markaz o'rtasida ishlar "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ushbu Tizim bilan ishlashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha amaliy ko'rsatmalar, tavsiyalar berildi.

Parkent tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi