Manzilli targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Parkent tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 28 - aprel kuni xalq ta'limi bo'limi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ – 173-son qaroriga asosan, yuridik xizmat ko'rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari mas'ul xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktab kadrlar bo'yicha menejer (inspektor)lar ishtirokida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.
✅ Jumladan, targ'ibot tadbiri davomida Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan 2022 - yilning 15 - martidan 15 - mayiga qadar "Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi yuzasidan hamda Adliya vaziri tomonidan qabul qilingan "2022 - yil 31 - martdagi 50 - um-son buyrug'i va mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy targ'ibot o'tkazildi.
✅ Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida “ E-huquqshunos ” elektron tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan tushunchalar berilib tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.