"Dengiz Yoqasidagi Manchester"(2016)
Yakshanba kungi dam olish sifatida miyani qiynamaydigan film ko'rmoqchi bo'lgandim. Kompyuterimda juda ko'p haftalardan beri turgan shu filmni ko'rishga qaror qildim. bu film haqida hech qanday ma'lumotim yo'q edi. Shunchaki nom va poster yoqimli ko'ringandi. Hozir qisqacha shu film haqida ma'lumotlar berib o'tmoqchiman.
O'zining kichik xatosi tufayli 3 farzandidan ayrilgan, xotini bilan ajrashgan, Bostonga ketib qolib, quvur tuzatib, hojatxona sozlab yurgan Li akasining vafotidan so'ng uning o'g'liga vakil sifatida vasiyat qilib ketilgan. Oilasi barbod bo'lgan, amakilik tugul o'ziniyam eplolmay yurgan odam mash'um Manchesterga qaytgisi, bu yerda qolgisi yo'q.
Filmni o'zi uyqim kelmay yotgan paytim ko'rishni boshlagandim. O'rtalarigacha melanxoliyaga burkangan suhbatlar, kadrlar uyqu tortishni boshladiyu, buncha ichki og'riq film ohirigacha ko'rishga majburladi. Sokin musiqa, dengizning kulrang-oqish rangi filmga singib ketgandek. Bundoq o'tirib olib, nimadirlar haqida o'ylashga majburlaydigan, ko'rinishidan oddiy dramatik filmlarga o'xshaydigan bu kino La La Land, Moonlight, Hacksaw Ridge, Arrival, Fences filmlari bilan bir qatorda 2017-yilgi Oskar marosimida 7ta nominatsiya bo'yicha, shu jumladan "Best Picture", "Best Actor" nominatsiyalarida tengma-teng kurash olib borgan va 2ta haykalchani: "Best Actor" va "Original Screenplay"(Kennet Lonergan) nominatsiyalarida qo'lga kiritgan ekan.
Keysi Afflekga Oskar haykalchasini keltirgan ushbu personaj - asli Keysi Afflek ushbu rol uchun yaralganmi, yoki ushbu rol Keysi Afflekga atab yaratilganmi, ajratib olish mushkul.
- Siqilgansa, biroz yengillashishni(yoki dalshe siqilishni) xohlaysan.
- Oskar adashib jinnicha filmlarni ham "Best Picture"ga nominant qilishiga ishonmaysan.
- O'zing uchun yana bir professional aktyor kashf qilmoqchisan.
- "Gangs of New-York" ssenaristidan yana bir shedevr ko'rmoqchisan.
- Na'munali amaki bo'lmoqchisan.
- 2 soatlik sokin dramalar sening janring emas. Boyevik-trillerlarga qiziqasan.
- Michelle Williamsni yana bir barbod bo'lgan oilasini ko'rishni xohlamaysan.
- Zerikkanda ko'rishga kino izlayapsan.