Enigma UZ
@enigma_uz
12 posts
Pinned

Talabalik davrim mening... yohud bayram kuni ko'rish kerak bo'lgan 10 film

Bilaman, o‘zi semestr yakuniga ham kelib qoldi, ba’zilarda oraliq va yakuniylar ham boshlangandir. Siqilishni nima keragi bor? Sizdan oldingilar ham o‘tgan, sizdan keyingilar ham o‘tadi shu sessiyalardan. Undan ko‘ra quyida men sizga to‘plab kelgan komediya-dramalardan birini ko‘ringda, biroz hordiq chiqaring. Barchamiz yilni yaxshi yakunlab olaylik degan umid ila, marhamat, o‘zida o‘smirlik va talabalik davrlarini go‘zal yoritib bergan 10 ta film.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa… yoxud Malika Diana hayotidan yarim-to'qima film "Spenser" haqida. 

Maqolada spoyler deb atashga arzimaydigan film syujeti elementlaridan foydalanilgan. Umid qilamanki, bu sizning filmga bo‘lgan qiziqishingizni susayishiga emas, aksincha, tomosha jarayonini bir qadar maroqli va iloji boricha ko‘proq detallarga e’tibor berishga undash yo‘lida xizmat qiladi.

Kuz Atmosferasida Ko'rish Uchun TOP 10 Filmlar | TO'RTINCHI DEVOR

Daraxt barglari sarg'ayib, yer qizg'ish rangga burkanishni, kunlar sovishni boshlagan payt uyda, iliq adyol qo'yniga burkanib, issiq qavha ila shunday yoqimli damlarni yanada go'zalroq his qilishga yordam beradigan film tomosha qilishga nima yetsin-a!? Quyida sizga kuz tarovatini baxshida eta oladigan TOP 10 filmlar ro'yhatini qoldirmoqdamiz:

"Dengiz Yoqasidagi Manchester"(2016)

Yakshanba kungi dam olish sifatida miyani qiynamaydigan film ko'rmoqchi bo'lgandim. Kompyuterimda juda ko'p haftalardan beri turgan shu filmni ko'rishga qaror qildim. bu film haqida hech qanday ma'lumotim yo'q edi. Shunchaki nom va poster yoqimli ko'ringandi. Hozir qisqacha shu film haqida ma'lumotlar berib o'tmoqchiman.

VENETSIYADA NIMA GAPLAR? | 80-VENETSIYA KINOFESTIVALI PROGRAMMASI

Bu yil 80 yillik yubileyini nishonlayotgan otaxon-festival o'z programmasiga ajoyib filmlarni qamrab olgan. To'liq ro'yhat quyida:

GIGANTLAR POYGASI YOHUD KASSABOP FILMLAR REKORDIDAGI AJOYIB ODAT | ENIGMA UZ

Bilasizmi? Kino rejissyorlari va yaratuvchilari o'rtasida bir-birining kassa rekordini yangilaganligi uchun turli ko'rinishda tabriklash odati bor. Bugun shu haqda.

OSKAR-95 | NOMZODLAR ANIQ | ENIGMA UZ

95-Oskar mukofoti nomzodlar roʻyhati eʼlon qilindi. Quyida siz asosiy toifalar boʻyicha nomzodlarni koʻrishingiz mumkin:

7+,18+, PG, R BELGILARI NIMANI ANGLATADI? REYTING SISTEMALARI HAQIDA | ENIGMA UZ

0+, 7+, 12+, 16+, 18+. Bu belgilarni biz televizor tomosha qilganimizda yoki, kitob, kino, serial va hokazo axborotning qabul qilinishi mumkin bo’lgan barcha shaklida uchratishimiz mumkin. O’zbekistonda bu qonun 2017-yilda qabul qilingan bo’lib u bilan quyidagi linkda tanishishingiz mumkin bo’ladi: LINK

SPOYLER NIMA VA NEGA AKSARIYAT KINOMENLAR UNI YOMON KO'RISHADI?

Spoyler atamasi ingliz tilidan "buzmoq" yoki "barbod qilmoq" deb tarjima qilinganadigan "spoil" so’zidan olingan bo’lib, u “buzg’inchi” yoki “buzg’inchilik” ma’nosini anglatadi. Zamonaviy media makonida spoyler - bu tomoshabinga muddatidan oldin ochilgan muhim syujet detali yoki ishning kutilmagan yakuni (ko'pincha kitob yoki kinolarda) haqidagi ma'lumot. U intrigani yo'q qiladi va o’z vaqtida namoyon bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.