SPOYLER NIMA VA NEGA AKSARIYAT KINOMENLAR UNI YOMON KO'RISHADI?
Spoyler atamasi ingliz tilidan "buzmoq" yoki "barbod qilmoq" deb tarjima qilinganadigan "spoil" so’zidan olingan bo’lib, u “buzg’inchi” yoki “buzg’inchilik” ma’nosini anglatadi. Zamonaviy media makonida spoyler - bu tomoshabinga muddatidan oldin ochilgan muhim syujet detali yoki ishning kutilmagan yakuni (ko'pincha kitob yoki kinolarda) haqidagi ma'lumot. U intrigani yo'q qiladi va o’z vaqtida namoyon bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
1970-yillargacha "spoyler" so'zi umuman kino yoki adabiyot bilan bog'lanmagan va uning bevosita ma'nosida ishlatilgan. 1971 yilning bahorida, jurnalist va ssenariynavis Duglas Kenni o'zining “National Lampoon” hajviy jurnalida "Spoilers"(Buzg’inchilar) nomli maqolani nashr etganidan boshlab o'zgarishlarni keltirib chiqargan. Unda u ko'plab mashhur asarlarning - Agata Kristi kitoblaridan tortib Alfred Xitchkok, Orson Uells filmlarigacha barcha syujetlarini ochib tashlagan. Kennining o'zi esa bu maqolasini tomoshabinlar va o'quvchilarga "vaqt va pulni tejashga" yordam beradigan "spoyler" deb atagan.
Bu atama 1970-yillarning oxirlarida Robert Uayzning "Star Trek" nomli amerikancha ilmiy-fantastik filmi muxlislari tomonidan faolr qo'llanila boshlagan. Ular film haqida o'z fikrlarini bildirgan yangiliklar hamjamiyatlarida spoylerli xabarlar maxsus belgi bilan belgilangan. Va faqatgina 2000-yillarning boshlariga kelib kino tanqidchilari va matbuot bu so'zni ishlata boshlashgan. Ular materiallarga “SPOILER ALERT”(Ehtiyot bo’ling, spoylerlar!) iborasini qo‘shib chiqarishga boshlagan. Kinoshunos Rojer Ebert birinchi bo'lib 2001-yilda "Irkit Joning sarguzashtlari" komediyasini sharhlashda va bir yildan so'ng The New York Times "Dog Eat Dog" teleo'yinini sharhlashda buni amalga oshirgan.
Vaqt o'tishi bilan ular hatto Butunjahon spoylerchilar kunini nishonlashni ham boshladilar - bu 4 iyunga to’g’ri keladi. Spoylerlardan juda bezovta bo'ladigan odamlar uchun ular "spoylerofobiya" maxsus atamasini o'ylab topishgan.
Spoyler hodisasini o'rganish uchun turli mamlakatlarda tadqiqotlar o'tkazila boshlandi. Ularning eng kattasi 2014 yilda AQShda tashkil etilgan. Netflix striming xizmati transatlantik “Spoylerlar bilan hayot” loyihasini ishga tushirgan, uning natijalari tomoshabinlarning spoylerlarga munosabatini solishtirishga mo‘ljallangan.
Spoylerlar kino, serial yoki asarning davomini o'qishga bo'lgan shijoatni so'ndirib ba'zan uni butunlay yo'qotadi. Ba'zi odamlar kino yoki kitoblarning voqealari nima bilan tugashi haqidagi spoylerni eshitganlaridan so'ng uning davomini ko'rmay yoki o'qimay qo'yishgan holatlar ham ko'p uchrab turadi. Ba'zan bu juda salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Misol uchun:
2018-yilda Hindistonlik 19 yoshli Agnik Ghosh ismli o'smir o'z do'stini uning eng kutgan kinosi haqida aytgan spoyleri uchun qasddan urib, o'ldirib qo'yadi.
Shunday ekan, spoyler aytishdan saqlaning, bu kelajagingizga havf solishi mumkin.))
Enigma Uz kanali uchun maxsus. 2023. Jamshidbek Toshpo'latov.