Enigma Uz // Qo'llanma
Assalomu alaykum, avvalo sizni Enigma Uz kanalida ko'rib turganimizdan hursandmiz.
1-§. Kanalning maqsadi.
Ushbu kanal adminning hobbilariga asoslab ochilgan. Kanalda asosan o'zbek tilida mavjud bo'lmagan chet et filmlari inglizcha(yohud boshqa tilli) ovozda o'zbekcha(qo'shimchasizga rus, ingliz va boshqa tillardagi) subtitrlar bilan joylanadi. Kanal admini har kuni biror film joylash majburiyatini olmagan, student bo'lganligi uchun vaqt topgan paytlarida subtitr tarjima qilinadi va kanalga joylanadi. Asosiy maqsad chet tillarini bilmaydigan kino ishqibozlariga yordam sifatida ularni o'zbekcha subtitrda joylash va bundan tashqari endi ingliz tilini o'rganayotganlar uchun o'zbekcha tarjimasi foydali bo'ladi. Biz ovozli dublyaj qilmaymiz! Biz faqat subtitrlar bilan ishlaymiz. Qisqacha mazmun shundan iborat.
2-§. Texnik ishlar(video, subtitr, audio).
Kanalda joylab boriladigan aksariyat filmlar ingliz tilida. Ayrim filmlar ingliz tilidan boshqa tillarda yoki ko'p tilli qilib joylansa, postda keltirib o'tiladi.
Shuningdek, subtitrlar o'zbek, rus, ingliz (+10) xil turli subtitrda joylanadi.
Bunga bir necha omillar sabab bo'lishi mumkin.
- Siz videoni to'g'ridan to'g'ri telegramni o'zida ko'ryapsiz. Telegram playerining subtitr chiqarish funksiyasi yo'q, shuning uchun, filmni ochganingizda subtitr chiqmaydi.
- Telefon(shaxsiy kompyuter)ingizga o'rnatilgan player subtitrni qo'lab-quvvatlamaydi. Bu muammoni boshqa player yuklab olib to'g'rilash mumkin. Tavsiya etiladi; Telefonlar uchun: Uplayer, MX player. Kompyuter uchun: Pot player.
SUBTITR O'ZGARTISH BO'YICHA QO'LLANMA:
Agarda hech qanday imkon topa olmasangiz ADMIN bilan bog'laning yoki muhokama guruhiga yozing, qo'limizdan kelgancha yordam beramiz.
3-§. Tashkiliy masalalar.
Kanaldan film qidiryotganingizda #mundarija buyrug'idan foydalanishingizni maslahat beramiz. Biror serialning oldingi qismini topish uchun esa o'sha serial joylangan postdagi heshtegga e'tibor bering.
4-§. MONETIZATSIYA.
Kanal rivojlanishi uchun albatta unga moddiy va ma'naviy yordam kerak bo'ladi. Rivojlanish esa bevosita kanal adminlarining xohish-irodasiga. Avvalo maqsadimizda kanaldan birinchi o'rinda moddiy manfaat ko'rish yotmaydi. Lekin bitta subtitr jarayoni uchun statistikani ko'rib chiqaylik:
- 60 daqiqali filmda o'rtacha 800ta subtitr mavjud bo'ladi. Bu albatta filmning tavsifiga bog'liq, undan ko'p ham kam ham bo'lishi mumkin.
- Bitta admin ishlash tezligi soatiga 150-300ta subtitr yoki o'rtacha 200 sub/soat ga teng.
- Bundan kelib chiqadiki, bitta 60 minutli filmni subtitrlarini o'zbekchalashtirish uchun o'rtacha 4 soat vaqt ketadi.
O'z kunidan 4 soat sarflaganiga yarasha u ham qandaydir moddiy yengillik olishni xohlaydi albatta. Shuning uchun, monetizatsiya asosiy omil bo'lib qolaveradi. Hozirda kanal yangiligi uchun monetizatsiyaga hali to'xtalmaymiz. Vaqti kelganda batafsil gaplashib olamiz. Bu bo'lim, shunchaki sizni nega biz hayriya qilishimiz kerak degan savolingizga qisman javob berish uchun yozildi.
Agarda qurbingiz yetib admin mehnatnarini rag'batlantirmoqchi bo'lsangiz, donat qilishingiz mumkin. TELEGRAM KANAL
5-§. YouTube kanal haqida.
YouTube kanalimiz mavjud. Unga quyidagi HAVOLA orqali kirib , a'zo bo'lishingiz mumkin. YouTube kanalda asosan kanalga joylanadigan filmlarning o'zbekcha treylerlari va yangiliklar berib boriladi. Kanaldagi filmlar YouTube kanalga joylanmaydi!
YouTube bu film ko'ruvchi striming maydoni emas. Ayniqsa kanalda joylanadigan filmlar mualliflik huquqi bilan qattiq himoyalangan bo'lib, mabodo ular YouTube kanalga joylanadigan bo'lsa kanal ban bo'lishi, hatto katta jarimaga ham tortilishi mumkin.