Filmlar ro'yhati
November 17, 2024

Talabalik davrim mening... yohud bayram kuni ko'rish kerak bo'lgan 10 film

O'zingiz bilasiz qaysi filmdan (2009)

Bilaman, o‘zi semestr yakuniga ham kelib qoldi, ba’zilarda oraliq va yakuniylar ham boshlangandir. Siqilishni nima keragi bor? Sizdan oldingilar ham o‘tgan, sizdan keyingilar ham o‘tadi shu sessiyalardan. Undan ko‘ra quyida men sizga to‘plab kelgan komediya-dramalardan birini ko‘ringda, biroz hordiq chiqaring. Barchamiz yilni yaxshi yakunlab olaylik degan umid ila, marhamat, o‘zida o‘smirlik va talabalik davrlarini go‘zal yoritib bergan 10 ta film.

Rashmor (1998)

Rushmore
Rejissyor: Wes Anderson
IMDb: 7.6/10
Letterboxd: 3.9/5

Rashmor Akademiyasida o‘qiyotgan talaba, Maks Fisher, o‘z o‘qituvchilaridan biriga oshiq bo‘lib qoladi. Sevgisi tomon intilish yo‘lida u bir o‘rta yoshli industrialist bilan do‘stlashib qoladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, do‘sti ham Maksning sevimli domlasiga befarq emasligini anglab qoladi.


Rok Maktabi (2003)

School of Rock
Rejissyor: Richard Linklater
IMDb: 7.2/10
Letterboxd: 3.8/5

Ketmoni uchmay turgan sobiq rok guruhi a’zosi, boshlang‘ich maktabga musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishga joylashadi-yu, o‘z sinfidan musiqiy guruh tuzish ilinjiga tushadi. Jek Blek ishtirokidagi komediya. Ko'proq: https://t.me/tarantinov_uz/1682


Superbad (2007)

Superbad
Rejissyor: Greg Mottola
IMDb: 7.6/10
Letterboxd: 3.9/5

Ushbu komediya ikki maktabni bitirayotgan do‘stlarning kollejga ketishdan oldin boshdan kechirgan ichak-uzdi voqealarini yoritib beradi. Film sizni maktab nostalgiyalarini keltirsa ajab emas. Ko'proq: https://t.me/Sebs_channel/193


Sen Haqingda Yomon Ko‘radigan 10 ta Narsam (1999)

10 Things I Hate About You
Rejissyor: Gil Junger
IMDb: 7.3/10
Letterboxd: 4.0/5

Katta maktab o‘quvchisi Kemeron, opasi Kat yigit topmaguncha, o‘z sevgisi Bianka bilan gaplasha olmaydi. Shuning uchun Kemeron opasini boshini aylantirish uchun qandaydir sirli yigit, Patrikni ishga yollaydi. Hit Ledjer, Julia Staylz va Jozef Gordon-Levitt? 2 hissa bering.


O‘chib qolgan va Gangirab qolganlar (1993)

Dazed and Confused
Rejissyor: Richard Linklater
IMDb: 7.6/10
Letterboxd: 3.9/5

1976-yil may oyi. Maktabning so‘nggi kunini yoddan chiqmas darajada nishonlamoqchi bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilar sarguzashtlari haqida nostalgik komediya. Ro'yhatdagi ikkinchi Linkleyter, dastlabki ijod mahsullaridan biri.


21 Jamp Strit (2012)

21 Jump Street
Rejissyor: Phil Lord, Christopher Miller
IMDb: 7.2/10
Letterboxd: 3.6/5

Ishlari o‘ngidan kelavermayotgan ikki politsiyachi xavfli sintetik dori aylanmasini to‘xtatish topshirig‘i bilan mahalliy maktabga jo‘natiladi. Endi ular oʻzlarini maktab oʻquvchilaridek koʻrsatishlari kerak, 2-marta maktabni bitirish hammaga ham emas. Jonah Hill va komediya janri. Osh bilan shakarob. Ko'proq: https://t.me/Sebs_channel/204


A’lochi Qizning Aldovlari (2010)

Easy A
Rejissyor: Will Gluck
IMDb: 7.0/10
Letterboxd: 3.4/5

Oliviyaning o‘zi to‘qib chiqargan kichik yolg‘oni, tez orada shamoldek butun maktabga tarqab ketadi. O‘z obro‘-e’tiborini saqlab qolish uchun bechora qiz nimalar qilmadi deysiz. Emma Stoun? Nega yo‘q bo‘larkan.


O‘n Yetti Yosh Yoqasida (2016)

The Edge of Seventeen
Rejissyor: Kelly Fremon Craig
IMDb: 7.3/10
Letterboxd: 3.5/5

Nadin o‘zi zo‘rg‘a chidab yashayotgan katta maktab davri ustiga eng yaqin dugonasi, uning akasi bilan gaplashishni boshlaganda holat chidab bo‘lmas darajaga chiqib ketadi. O‘smirlik davrining baland-pastlarini ajoyib ko‘rsatib bergan Hailee Steinfeld ishtirokidagi drama.


Buksmart (2019)

Booksmart
Rejissyor: Olivia Wilde
IMDb: 7.1/10
Letterboxd: 3.7/5

Bitiruvchi bayramlari yaqin qolgan bir paytda, ikki dugona Emi va Molli, shuncha yilni kitoblar orasiga ko‘milib o‘tkazib yuborganini o‘ylab, 4 yillik kayf-safoni 1 kunda chiqarib olishni maqsad qiladi.


Qolgindilar (2023)

The Leftovers
Rejissyor: Alexander Payne
IMDb: 7.9/10
Letterboxd: 4.2/5

O‘tgan yili chiqqan, meni o‘zimga juda yoqqan filmlardan biri. Uylaridan juda uzoqda o‘qiydigan bir nechta maxsus maktab o‘quvchilari yangi yil bayramini maktabdagi eng rasvo o‘qituvchi bilan birga o‘tkazishga to‘g‘ri kelib qoladi. Eng Yaxshi Film, Original Ssenariy, Montaj, Paul Giamatti uchun Eng Yaxshi Bosh Rol ijrochisi nominatsiyalarini, Devine Joy Randolph uchun Eng Yaxshi Ikkinchi Darajali Aktrisa yo‘nalishida Oskar g‘olibligini keltirgan film. Mustwatch!

Honorable Mentions(Ro'yhatning Faxriy A'zolari): Good Will Hunting, Dead Poets Society, Lady Bird, The Breakfast Club, October Sky, Hiqchoq, The Social Network, Forrest Gump, Life of Pi

Uzun post uchun uzr. Mana sizga kartoshka:

E'tiboringiz uchun rahmat!

Enigma Uz - Biz bilan qoling!

© Jamshid Anvariy, 2024.

© Rasmlar https://www.themoviedb.org saytidan olindi.