GIGANTLAR POYGASI YOHUD KASSABOP FILMLAR REKORDIDAGI AJOYIB ODAT | ENIGMA UZ
Bilasizmi? Kino rejissyorlari va yaratuvchilari o'rtasida bir-birining kassa rekordini yangilaganligi uchun turli ko'rinishda tabriklash odati bor. Bugun shu haqda.
1977-yil, YULDUZLAR JANGI filmi JAGʻLARni magʻlub qilib, tarixdagi eng kassabop filmga aylanganida, Stiven Spilberg VARIETY nashri orqali Jorj Lukasga quyidagi tabriknomani yoʻllaydi:
1982-yilda E.T YULDUZLAR JANGIning rekordini yangiladi va Lukas unga javoban Spilbergga quyidagi otkritkani joʻnatadi:
YULDUZLAR JANGIning maxsus soni 1997-yilda E.T.ning AQSHdagi rekordini yangiladi. Spilberg quyidagini Lukasga yubordi:
Atiga 1 yil oʻtib, TITANIK global kassa relordini buzib yubordi va Lukas buni Jeyms Kemeronga yuboradi:
Biroz vaqt oʻtib, ushbu odatga boshqa studiyalar ham qoʻshilishdi. 2015-yil Kevin Feyj(Marvel Studios rahbari) YURA DAVRI DUNYOSI haftalik ochilish rekordini yangilagani uchun UNIVERSAL PIC. ga quyidagi tabriknomani yuboradi:
2015-yil THE FORCE AWAKENS haftalik ochilish rekordini yangiladi va estafeta tayoqchasi Lucasfilm'ga qaytariladi.
2018-yil QASOSKORLAR: CHEKSIZLIK JANGI yangi haftalik ochilish rekordi bilan THE FORCE AWAKENSni ortda qoldiradi va Lucasfilm prezidenti Ketlin Kennedi Marvelga quyidagi xabarni qoldiradi:
Ushbu vaqtga kelib, jahon rekordida ikkinchi marta Kemeronning AVATARi TITANIKni quvib oʻtadi. 2019-yil QASOSKORLAR: INTIHO TITANIKni ikkinchi oʻringa tushirib qoʻyganida, Kemeron Marvelga quyidagini yuboradi:
Keyin, QASOSKORLAR: INTIHO AVATARdan tojni tortib olgach, Kemeron Marvelga yana bir xabar yuboradi:
2021-yil, AVATAR qayta chiqarilgandan soʻng tez orada 1-raqamli kassabop filmga aylanadi va Marvel qisqa video va eslatmani unga yoʻllaydi: "Jim Kemeron, Jon Landau va barcha Naʼvi xalqini kassa tojini qoʻlga kiritganlari bilan tabriklaymiz! Biz sizni 3000 marta sevamiz."
Va shu bilan bir vaqtda, QASOSKORLAR: INTIHO rejissyorlari, aka-uka Russolar, Kemeronga oʻz rasmini yuborib, izoh qoldirishdi: "Cheksizlik qoʻlqopini sizga qaytaramiz... Jeyms Kemeron ajoyib sanʼat asari uchun tashakkur."
Yanada qiziqarli ma'lumotlar va TOP filmlar uchun Enigma Uz kanalini kuzatib boring. Tayyorlovchi va tarjimon: Jamshidbek Toshpo'latov, 2023.