Ushbu asrning o‘rtalariga qadar ikki daraja. Global isish sayyorani qanday holatga olib kelishi mumkin.
Mart oyining o'rtalarida BMT sayyoradagi iqlim o'zgarishi bo'yicha hisobot e'lon qildi. 70 mamlakatdan 250 nafar olim besh yil davomida global isishning hodisasini o'rganib chiqdilar va 2050-yilga qadar butun dunyo bo'ylab millionlab insonlarni aynan iqlim isishi qurboni bo'lishini taxmin qilishdi. Hisobotda aytilishicha, "global iqlim o'zgarishi ta'sirida 2050-yilga kelib sayyorada o'rtacha havo harorati 2 darajagacha ko'tarilishi mumkin. Geologlarning ogohlantirishicha: Ulkan kataklizalar-uzoq kelajakka umidni borgan sari pasaytirmoqda. Ular allaqachon sodir bo'lmoqda. Insoniyatga zilzilalar, suv toshqinlari, o'limni olib keluvchi kasalliklar va qurg'oqchiliklar allaqachon jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda. 2050-yilga borib davom etayotgan kataklizalar tufayli, dunyo xaritasi tanib bo'lmas darajada o'zgarishi mumkin.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda dunyo miqyosida global isish bilan bog'liq sabablar tufayli, har yili 150 ming kishi halok bo'lmoqda. Iqlim o‘zgarishining qandaydir quroli, to'pponcha yoki portlatuvchi zirxli qurollari yo'q. U odamlarni butunlay boshqacha tarzda o'ldirishi mumkin. Misol uchun, ba'zi bir qit'ada yoki ayrim hududlarda juda katta qurg'oqchilik tufayli, don yetishmovchilgi kuzatiladi. Bu insonlarni nobud qilishi mumkin. Birinchi navbatda, ''bolalar'' "deydi Yashirin xavflar bo'yicha Nobel tinchlik mukofoti g'olibi Gennadiy Menjulin. Iqlim anomaliyalari butun dunyoda, shu jumladan, Rossiyada ham yuzaga keladi. 2010-yilning yozida Moskva shahrida yashovchi aholilarning yashash xonadonlari hovlisidagi tuproqlarning tarkibidagi moddalar norma atrofida kuzatilgandi. Hozir esa aynan Rossiyada ajabtovur iqlim anomaliyalar tufayli tuproq tarkibidagi konsentratsiya va zararli moddalar miqdori normadan o'n baravar oshdi.
Voeikov nomidagi Bosh geofizika observatoriyasi katta ilmiy xodimi Andrey Kiselevning so'zlariga ko'ra, "Juda issiq ob-havoning ko'p muddat kuzatilishi, inson salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Albatta, bu qo'shimchasiga o'limga olib kelishi ham mumkin.'' 2010-yilda amerikalik geolog Lawrence Smit bir kitob yozdi, u global isishning oqibatlari haqida ''2050-yildagi Yangi shimoliy dunyo''. Muallif, bu kitobi bilan hozirda sayyorada bir vaqtlar dinozavrlarning yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'lgan bir xil iqlimiy jarayonlar kuzatilmoqda deb izoh qoldirgan. 2013-yilda BMT mutaxassislari iqlim o'zgarishi bo'yicha hisobot e'lon qildilar. Kelajakda insoniyatning «hozirgi harakati» ga qarab, havo haroratining ko'tarilishi 1 dan 6 darajaga qadar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, agar o‘rtacha yillik havo harorati 2 darajadan oshmasa, sayyora bunga moslasha oladi. Ammo yerda o‘rtacha havo harorati 2 darajadan oshsa, qaytmas jarayonlar boshlanadi. Global iqlim nafaqat, ochlik va ichimlik suvi yetishmasligi, balki xavfli viruslarni ham uyg'otadi.