Global iqlim o‘zgarishi yana bir dengiz hayvonining o‘limiga olib kelishi mumkin.
Leeds universiteti olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotga ko'ra, okean suvi o‘rtacha haroratining 3 darajadan oshib ketishi Avstraliyaning shimoli-sharqidagi Shark ko'rfazidagi delfinlarning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin.
G'arbiy Avstraliyada okean haroratining misli ko'rilmagan ko'tarilishi delfinlarning hayot davomiyligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, deya xabar beradi Weather Times.
Leeds universiteti olimlari 2011-yildan Avstraliya yaqinidagi Shark ko'rfazidagi delfinlarning omon qolish nisbati 12 foizga kamayganligini va shu vaqtdan boshlab ularning ko‘payishi normadan past darajaga ko'tarilganligini aniqlashdi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, ko‘rfazdagi dengizidagi suv harorati 32 daraja iliqga (odatdagidan 2,5 daraja yuqori) ko'tarildi. Harorat o'zgarishi tufayli YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Shark ko'rfazida begona o'tlar, baliq turlari va boshqa biologik xilma-xillikning katta qismi yo'q bo'lib, bu taxminan 13,6 ming kvadrat metr maydonni o'z ichiga oladi.
Ekspertlar, shuningdek, okeanning chuqur qismlarida oziq-ovqat izlayotgan delfinlar uchun suvning isishi - iliq suv havzasining nisbatan xavfli ekanligini ham aniqlashdi.
"Kelajakda iqlim o'zgarishi oqibatida, ko'tarilgan suvda suv haroratining ham isishi tez kuzatiladi. Bu kelajakda dengiz sut emizuvchilar uchun emas, balki butun okean ekotizimi uchun ham xavflidir." dedi Syurix universiteti professori Maykl Kruzen ''Science Daily''ga bergan intervyusida.
Meteorolog: Abdulahatov E.I