Iqlim o‘zgarmoqdami yoki iqlim isimoqdami? Yoxud muzliklarning kengayib borayotganligi to‘g‘risida.
Mart oyining oxiri va aprel oyining boshlanishi Rossiya hududlari qishki oylarga o'xshab qoldi. Moskvada havo harorati me'yordan ancha pasayib ketdi. Qor bo'ronlari nafaqat, Murmansk viloyatida, balki Volgograd cho'llarida ham kuzatildi. Rostov viloyatida qor yog'di. Hatto Qrimda ham qor uchqunladi.
Millionlab insonlar - bizning mamlakatimizda emas, balki boshqa boshqa hududlarda ham sovuq bo‘layotganligini ta'kidlamoqdalar. ''Nima uchun olimlar global isish haqida gapirishmoqda va tashqariga chiqmay turib, termometr ma'lumotlari asosida yashashmoqda, aslida unday bo‘lmayaptiku? Qat'iy ilmiy hisob-kitoblarni tasdiqlashdan bosh tortishmoqda?'' deya fikr bildirishmoqda Rossiya ahli.
Ko'pgina mamlakatlarda qish yanada yomonlashdi, yoz oylari bir oyga kechikmoqda va anomal ob-havo hodisalari (may oyida qor yog'ishi, qurg'oqchiliklar, bo'ronlar, tropik yog'ingarchiliklar) odatiy holga aylanmoqda. Bu iqlim o‘zgarishidan dalolat.
Iqlim o'zgarishi.
O'tgan hafta ushbu xabarlar Grenlandiya orolidan keldi. Orolning g‘arbiy qismida joylashgan "Jeykshavn" muzliklari, Titanikni vayron qilgan ayzberglardan yorilgan, mashhur ayzberglar makoni. Muz erishining, undan ayzberglar ajralib chiqishining hajmi o'sishda davom etmoqda. Bu eng tez eriydigan muzliklardan biri hisoblanadi. Dengizning bu suv o'tadigan qismida, o'tgan asrning 80-yillaridan beri dengiz suvi harorati haddan tashqari isigan va so'nggi yillarda muzlikning 150 metr qismi yo'qolgan.
Ammo, yangi o'lchovlarning qayd etishicha, 2016-yildan okean suvining sovuqlashishi kuzatilmoqda, bu esa, yana Jakobshavn muzliklarini qayta tiklanishiga imkon berdi.
Yerdagi iqlim o'zgarib turmoqda hamda ba'zida juda kutilmagan holatlarda, ayrim olimlar allaqachon "global isish" atamasidan qochishmoqda. Ular oddiygina aytganda - "iqlim o'zgarishi" deb tushuntirishmoqda. Iqlim isishi emas, ''iqlim o‘zgarishi''. Ha, yigirmanchi asrning boshidan sayyoramizdagi havo harorati deyarli bir darajaga ko'tarildi, uni inkor etish mantiqsiz albatta, biroq, turli hududlarda bu jarayon bir xil emas, shuning uchun kutilmagan hodisalar kuzatilmoqda.
Havoning isishi Shimoliy yarim sharda va ayniqsa, uning yuqori (ya'ni shimoliy) kengliklarida ancha ortgan. Iqlim o'zgarishi tufayli butun iqlim tizimi bir turga aylanib, noturg'un bo'lib qoldi.
Iqlim o'zgarishi argumenti Rossiyaga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida rekord darajadagi sovuq havo haroratlari fonida Rossiyaning Yevropa qismi hamda XXI asrning boshlarida janubiy Sibirda g'ayritabiiy sovuq qish mavsumi kuchayib ketdi. Shunda Arktikada global iqlim o‘zgarishi natijasida, atmosferadagi oqimlar davomiyligi namunalari juda g'alati bo‘ldi. Ayniqsa, Barens dengizida dengiz muzining kamayishi g‘ayritabiiy.
Rossiya Fanlar Akademiyasi Geografiya instituti Klimatalogiya laboratoriyasi boshlig'i, fizika-matematika fanlari doktori Vladimir Semyonov 1970-yildan boshlab Arktik muzining sirt maydoni 25% ga kamayganini va muz permafrost qatlami harorati 5 darajaga ko'tarilganini aniqladi. Olim Barens va Qora dengizlarda muz miqdorining kamayishi Stratosfera polyar girdobining Arktika ustida kamayishiga olib keldi va shu sababli, Rossiyada qishlar ancha sovuqlashmoqda degan xulosaga keldi. Xuddi shu sababli, Rossiyada may oyida ham bir hafta davom etadigan sovuq havo massalari davomiyligi ikki haftaga cho‘zilmoqda. Bu esa aksincha ancha sovushga olib keladi.
O‘zbekistonda ham xuddi shunday, faqat issiq havo foni kuchli kuzatilmoqda. Hozirda 2016-yildan bishlab O‘zbekistonning asosiy qismlari - Qozog‘istondagi sovuq havo massalari hamda janubdagi iliq, tropik havo massalari o‘rtasidagi haqiqiy chegaraga aylandi. Buning natijasida, 1 asr davomida iqlimshunos olimlar tomonidan o‘rganilgan O‘rta Osiyoga kirib keluvchi sinoptik jarayonlar ketma ketligida ''buzulishlar'' kuzatildi. Bu, hozirgacha, O‘zbekiston respublikasiga kirib keluvchi 15 ta sinoptik jarayonlarning qaysilaridir yo‘qolib, yangi turdagi sinoptik jarayonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi degani.
Meteorolog: Abdulaxatov E