Tuproq eroziyasi iqlim o‘zgarishini yanada tezlashtirmoqda.
Biz tuproqni yo'q qilishda davom etar ekanmiz, iqlim o'zgarishini to'xtatib bo‘lmaydi. Bu haqda IPBES hisobotida aytib o‘tildi.
Tuproq tarkibida atmosferaga qaraganda uch barobar ko'proq uglerod moddasi bor. Hisobot mualliflari iqlim o'zgarishlariga o'z hissasini qo'shib, o'sib borayotgan dunyo aholisini oziqlantirishga bo'lgan ehtiyojining ortishi tuproqda unumdorlikni pasaytiradi degan to‘xtamga kelishdi.
Yerda mashinalarning haddan tashqari ko‘payishi ham tuproq eroziyasini yuzaga keltiradi.
Iqlim o‘zgarishi tuproqga quyidagicha ta'sir qiladi:
Birinchidan, u uglerodni atmosferadan siqib chiqaradigan o'simliklarning o'sishini kechiktiradi,
Ikkinchidan, yer ostida yig‘ilgan barglarni qayta ishlab chiqaruvchi qurtlar kamayishiga olib keladi.
IPBES o'zining hisobotini 6-may, dushanba kuni rasmiy ravishda e'lon qiladi. Dunyoda Yer yuzasi aholisining yarmi ya'ni 3,2 milliard qismi tanazzulga uchragan tuproqlardan azob chekmoqda, deydi IPBES rahbari professor Sir Bob Vatson:
Bu dunyo aholisining deyarli yarmi. Shubhasiz, biz butun dunyo bo'ylab tuproqni tahqirlamoqdamiz. Biz tuproqdan organik uglerodni yo'qotyapmiz, bu qishloq xo'jaligi samaradorligiga putur yetkazadi va iqlim o'zgarishiga yordam beradi. Biz avvalgi avlodlar oldidagi tanazzulga uchragan tuproqni qayta tiklashimiz zarur.
Yer sayyorasining atigi 3 foizi haydaladigan, ishlov berilgan tuproqlarga ekin ekishmoqda. Yerning tanazzulga uchrashi oqibatida, yiliga 75 milliard tonna unumdor yerlar yo'qolmoqda. 1 sm qalinlikdagi tuproq shakllanishi uchun naqt 300 yil vaqt ketadi.
IPBES(Biologik xilma-xillik va ekotizm xizmatlari bo‘yicha hukumatlararo Fan Siyosat Platformasi) mutaxassislari - tabiatning inson uchun foydali tomonlarini o‘rganuvchi guruh.
Meteorolog: Abdulaxatov E.I